5.7. Zaharlanishlar
161
Zaharlanish biror zaharli kimyoviy moddaning me‘da-ichak, nafas yo‗llari
orqali organizmga kirgani, teridan so‗rilgani, teri osti, mushaklar orasi yohud vena
qon tomiriga yuborilganida sodir bo‗ladigan kasallik holatidir.
Zaharlanish ikki guruhga bo‗linadi: tasodifiy va qasddan zaharlanish. Tasodifiy
zaharlanishlar hayotda ko‗p va tez uchrab, umumiy zaharlanishlarning deyarli 80%ini
tashkil etadi. Turli dorivor vositalarni shifokorlarning maslahatisiz, o‗z holicha
me‘yoridan ziyod katta miqdorda iste‘mol qilish, sifatsiz kimyoviy modda yoki dorini
ichimlik o‗rnida ichib qo‗yish tasodifiy zaharlanishlar turkumiga kiradi. Qasddan
zaharlanish hayotda kam uchrasa-da, biror ruhiy kasallikka chalingan yoki beqarorroq
odamlarga xos. Bunday kimsalar biror kuchli ta‘sir etuvchi dorivor moddani katta
miqdorda iste‘mol qilib, zaharlanadilar, o‗z hayotlariga suiqasd qiladilar.
Ro‗y beradigan joyiga qarab, o‗tkir zaharlanishlar kundalik turmush va ishlab
chiqarish jarayonida sodir bo‗lishi mumkin. Barcha kimyoviy moddalar organizmga
turlicha ta‘sir etadi. Shunga ko‗ra, ular yuz-ko‗z, teri achish-tiradigan, kuydiradigan,
ko‗zdan yosh oqizadigan, teri zararlab yiringlatadigan nafas yo‗lini bo‗g‗adigan,
ruhiyatga ta‘sir etib bezovta qiladigan uxlatadigan, mushaklarni tirishtiradigan va
boshqa xususiyatli guruhlarga bo‗linadi. Tanlab ta‘sir etishga ko‗ra, qon hujayralari,
tanachalariga ta‘sir etadigan zaharlar (is gazi, selitra va h.k); markaziy va perifyerik
asab tizimini zaharlaydigan toksik zaharlar (spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar
va b); buyrak va jigarlarning ish faoliyatini buzadigan zaharlar (og‗ir metall
birikmalari, ba‘zi zamburug‗larning zaharlari va b); yurak zaharlari (ba‘zi
alkoloidlarga mansub o‗simliklar zahari); me‘da va ichakni zaharlaydigan (kislota va
ishqorlar, ularning kuchli eritmalari) moddalar qayd etiladi.
Turmushda ishlatiladigan kimyoviy ashyolar turkumiga kosmetik, ya‘ni
pardoz-andoz vositalari kiradi. Turli losion odekolon soch va tirnoq bo‗yaydigan
vositalar tarkibida asab tizimiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadigan butil spirti bo‗ladi. Bu
moddalar ichga kirganida organizmni zaharlab, nafas olish a‘zolari va yurak
faoliyatini buzishi mumkin. Turmushda, uy va bog‗ hasharotlari, kalamush va
sichqonlar, pashsha, chivin, suvaraklarga qarshi ishlatiladigan insektistid,
zoostidlarga xlorofos va karbofos va boshqalar kiradi. Kundalik hayotimizda ko‗p
ishlatiladigan 80 % sirka kislotasi (sirka zssensiyasi), xlorid, karbod oksolat
kislotalari va boshqa o‗yuvchi ishqorlar ham og‗ir zaharlanishlarga olib kelishi
mumkin.
Mahalliy ta‘sir etadigan moddalar turkumiga sulfat, xlorid, simob tuzlari va
162
boshqa kislotalar, ularning bug‗lari, ammiak, ishqorli moddalar, ftor, xlor saqlovchi
birikmalar kiradi. Kuchli kislota va ishqorlar organizmga kirgan zahotiyoq, og‗iz,
halqum, nafas-yo‗llari qattiq og‗riydi, shilliq pardalar kuyganida shishib ketadi, ko‗p
miqdorda so‗lak ajrala boshlaydi, bemor yutina olmaydi, so‗lak nafas yo‗liga ketib,
nafas olish qiyinlashadi.
Shuningdek,
qishloq
xo‗jaligida
zararkunanda
hasharotlar,
kanalar,
kemiruvchilar, chuvalchanglar, shillaqurtlarni qirish, o‗simliklarning zamburug‗
kasalliklariga qarshi kurashish, begona o‗tlarni yo‗qotish, o‗simlik barglari, ortiqcha
gullar, tugunchalarni to‗kish va suvsizlantirish maqsadida ham bir qator pestitsidlar
zaharli moddalar ishlatiladi. Bu moddalar belgilangan me‘yorda va qattiq nazorat
ostida ishlatilmasa, nafaqat odam, balki hayvonlar uchun ham nihoyatda zararli va
zaharlidir.
Yilning issiq paytlari, ayniqsa, bahor, yoz, kuz oylarida ko‗pchilik odamlar
dala, bog‗, tog‗larga chiqib, o‗zlari yaxshi bilmagan holda har xil o‗simliklar,
qo‗ziqorinlar terib, shifokorlar maslahatisiz turli dori-darmonlar tayyorlaydilar,
qishda esa, noto‗g‗ri saqlangan don, no‗xat mahsulotlari, kartoshka va boshqalarni
iste‘mol qilib, zaharlanadilar. Bundan tashqari turli hayvonlar (it, mushuk, tulki,
bo‗ri)nnng tishlashi, ari, qoraqurt, chayoq zaharli ilonlar chaqishi yoki daryo, qo‗ldan
tutilgan baliqlarning urug‗i-uvildiriqlarini ist‘emol qilishlari oqibatida ham
zaharlanish mumkin.
Ma‘lumki, turmushda, sanoatda, xalq xo‗jaligining ko‗plab obyektlari,
korxonadari, shuningdek, suv to‗plash va tozalash inshootlari, aeratsiya bekatlarida
ko‗plab kuchli ta‘sir qiluvchi kimyoviy zaharlovchi moddalar (KTQKZM) xlor, azot,
nitrolaktil, ammiak, uglerod oksidi, uch xissa xlorli fosfor, ftorli vodorod, ishqor,
sinil kislota va boshqalar keng ishlatiladi.
Demak, bir qator xalq xo‗jaligi sohalarida KTQKZMlar ishlab chiqarish,
omborlarda saqlash, ulardan sovutkich (xladagent) sifatida foydalanish, bu moddalar
qog‗oz qoplar, yog‗och bochkalar, sisternalarga solib, ba‘zan ochiq yuk mashinalari,
temir yo‗l transporti vositalarida bir manzildan ikkinchi manzilga tashiladi. Shunday
paytlarda tasodifiy ravishda ro‗y bergan Favqulodda hodisalar (yer silkinishi, yong‗in
chiqishi, avtomobil yoki temir yo‗ldagi halokatlar, texnika xavfsizligi qoidalarinig
buzilishi) oqibatida avariyalar sodir bo‗lishi, turli zaharlovchi moddalarning yon-
atrofga oqib, sochilib ketishi nafaqat havo, atrof-muhitni bulg‗ashi, balki o‗sha
joydagi aholini ham zaharlashi mumkin.
Ko‗rinib turibdiki. ko‗z oldimizda kimyoviy shikastlashning ikkilamchi
o‗chog‗i paydo bo‗ldi. Bundan farqli o‗laroq, nopok kimsalar tomonidan
qo‗poruvchilik maqsadlarida zaharlovchi moddalar ishlatilganida birlamchi kimyoviy
shikastlash o‗chog‗i vujudga keladi. Har ikkala holatda ham shikastlanish o‗chog‗i,
odatda zaharlovchi moddalar to‗kilib sochilgan zonaga, shuningdek, ularning hidi,
bug‗i yon-atrofga tarqalayotgan zonalarga bo‗linadi, Tabiiyki, zaharlovchi
moddalarning to‗kilishi, sochilishi mumkin bo‗lgan hududlarning katta-kichikligi,
ta‘sir etish muddati, davomiyligi, ya‘ni shikastlashning barqarorligi zaharlovchi
moddalar keltiradigan ofat, oqibatlarning eng muhim xususiyatidir. Demak,
shikastlanish miqdori va miqyosi aholining mazkur zaharlovchi moddadan o‗zini
nechog‗lik himoya qilishga ruhan, ma‘nan, jismonan tayyorgarligi bilan chambarchas
163
bog‗liq. Shuning uchun bu zaharlovchi moddalarning ba‘zi xossalari haqida tegishli
ma‘lumotga ega bo‗lishlari zarur deb hisoblaymiz.
Qaynash darajasi 20°C gacha bo‗lgan KTQKZMlar (uglerod oksidi, ammiak,
oltingugurt angidridi), odatda tez bug‗lanib ketadi. Shuning uchun ham ular to‗kilgan
sochilgan hududlarda zaharlash barqarorligi unchalik katta bo‗lmaydi. Vaqt jihatdan
zaharli moddaning bevosita to‗kilib sochilgan paytidan bir oz ortiqroq muddat
zaharlash kuchi ta‘siri saqlanib qoladi. Bunday moddalarning hidi, bug‗i, shuningdek,
ularning xavfli konsentratsiyadagi bug‗lari modda to‗kilgan joydan ancha uzoq (bir
necha kilometrgacha) massofada ham sezilishi mumkin.
Qaynash darajasi 20°Cdan yuqori bo‗lgan KTQKZMlar (uch xissa xlorli
fosfor, oltingugurt uglerodi) aksincha juda sekin bug‗lanadi. Shuning uchun ham
zaharlovchi moddalar to‗kilgan sochilgan hududlarda zaharlanish barqarorligi uzoq
vaqt (bir necha soatgacha) davom etadi. Bunday moddalarning hidi, bug‗i xavfli
konsentratsiyalarda uncha uzoq bo‗lmagan (bir necha yuz metrgacha, kamdan-kam
hollarda esa, bir necha kilometrgacha) masofaga tarqaladi, xolos.
KTQKZMlarning odamlarga shikast yetkazuvchi ta‘siri kishining terisiga
sachragan suyuq tomchi tarzida bo‗lsa-da, uning bug‗lanishi nafas olishga salbiy
ta‘sir qilishi mumkin. Bu moddalar zaharlash xossalari jihatidan ham, asosan
organizmga umumiy, shuningdek, bo‗g‗uvchi sifatida ta‘sir ko‗rsatadi. Bunday
holatda: bosh og‗rishi va aylanishi, ko‗z oldi qorong‗ilashishi, quloq shang‗illashi,
umumiy ahvolning yomonlashishi, ko‗ngil aynishi, qusish, harsillab nafas olish
kuzatiladi. Zaharlanish darajasi kuchli bo‗lganida shikastlangan odamni titroq
bosishi, uning o‗zidan ketib qolishi, hatto hayotdan ko‗z yumishi ham mumkin.
Ta‘kidlash joizki, aholi zich yashovchi joylarda bu moddalarning zaharlash
barqarorligi yon-atrofi keng, ochiq joylardagidan ko‗ra ko‗proq bo‗ladi. To‗kilgan-
sochilgan zaharlovchi moddalarning tez bug‗lanishiga g‗ir-g‗ir esgan shabada, ochiq
joy qo‗l kelgani tufayli aholi zich yashovchi makonlarda bug‗lanish jarayoni asta-
sekin kechadi. Bundan tashqari aholi yashovchi serdaraxt joylar, ishlab chiqarish
korxonalaridagi yer osti inshootlari, kommunikatsion tunnel, yerto‗la, yo‗laklarda
ham zaharlovchi moddalarning ta‘siri uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Yuqorida aytilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, turmushda, sanoatda keng
qo‗llaniluvchi KTQKZMlardan ayrimlari, xususan, xlor va ammiak haqida qisqacha
ma‘lumotlar berishni lozim topdik. Zero ularning bir-birlariga butunlay qarama-
qarshi xususiyatlarini e‘tiborga olib, ular bilan shikastlanganda qanday aniq va dadil
xatti-harakatlar qilish zarurligi muammosi ham o‗z-o‗zidan ma‘lum bo‗ladi.
Xlor odatdagi sharoitda o‗tkir qo‗lansa hidli sarg‗ish-yashil gaz bo‗lib,
havodan 2,5 baravar og‗ir, 34 S haroratda suyuq holatga o‗tadi. +20°C haroratda (bir
hajm suvda ikki hajm xlor) organik erituvchilarda ham yaxshi eriydi. Kuchli
oksidlovchi modda: ma‘danlar, ko‗pchilik noma‘dan va organik moddalar bilan
o‗zaro reaksiyaga kirishadi, ularni zanglatadi. Bo‗g‗uvchi ta‘siri bor. Havodagi
mumkin bo‗lgan miqdori 0,03 mg/m. kub. Agar moddaning miqdori 10 mg/m.kub.
bo‗lsa, inson organizmiga salbiy ta‘sir etadi, mivdori 2500 mg/m.kub. tashkil etsa,
o‗limga olib kelishi mumkin.
Xlor nafas olish yo‗llarini qichishtiradi, o‗pkani shishiradi, yuqori darajada
quyuqlashgani esa o‗ldiradi. Zaharlanganlik belgilari: konyuktivit (ko‗z jildining,
164
shilliq pardasining yallig‗lanishi), tanglay va tomoqning qizarishi, azob beradigan
quruq yo‗tal, shilimshiq va qon aralash balg‗am ajralishi, badan ko‗karishi, xushdan
ketish. Teriga ta‘sir qiladigan: qizarish, ekzema. Shuningdek, muvozanatning
nomutanosibligi (koordinatsiyaning
buzilishi) kuzatiladi.
Bunday holatda shikastlangan odamni xavfsiz joyga olib chiqish, suniy nafas
oldirish, namlangan kislorod berish, isitish, yuz-ko‗zi, og‗iz-burni, terisini 2 %li
ichimlik soda, ishqorli eritma bilan yuvish, unga gazniqob kiydirish, respirator,
paxta-doka bog‗lamidan foydalanish zarur.
Ammiak odatdagi sharoitda o‗tkir novshadil (nashatir) spirti hidi bor rangsiz
gaz, havodan yengil. 33°C haroratda yoki yuqori bosimlarda osongina suyuq holatga
o‗tadi. Suvda yaxshi eriydi va kislorod muhitida yonadi. Ammiak bilan havoning
quruq aralashmasida (agar harorat 18°C, aralashma tarkibida 16-28 % atrofida
ammiak bo‗lsa) kuchli portlash ro‗y beradi. Shuningdek, ammiak bo‗g‗uvchan bo‗lib,
asab tizimiga qattiq ta‘sir etadi.
Ammiak gazining odamlar yashaydigan havodagi mumkin bo‗lgan miqdori
0,04 mg/m.kub. eng ko‗gga bilan 0,2 mg/m. kubga teng. Agar gaz miqdori 40-80
mg/m.kub. bo‗lsa, ko‗z yoshlanadi, nafas olish yo‗llari qattiq achishadi.
Gazning o‗limga olib kelishi mumkin bo‗lgan miqdori 1500-2700 mg/m.kubga
teng bo‗lib, uning suvdagi 10 % eritmasi novshadil (nashatir) spirti deb nomlanadi,
18-20 % eritmasi esa, ammiakli suv deb aytiladi.
Suyuq ammiak gazi sanoat miqyosidagi sovutkichlarda sovutuvchi modda
sifatida ishlatiladi. Ammiak gazi joylarda saqlash va ma‘lum masofaga tashish uchun
siqilgan holda 6-18 kg/sm.kub. bosimga ega metall idishlarda olib boriladi. Ammiak
bilan shikastlanganda ham ko‗z og‗rishi, yosh oqishi, yo‗tal nafas qisishi, bosh
aylanishi, yurakning tez urishi, qusish, hiqichoq tutishi, mushaklarda tirishib-
tortishishi kuzatiladi.
Bunday holatda shikastlangan odamni xavfsiz joyga olib chiqish, sun‘iy nafas
oldirish, namlangan kislorod berish, yuz-ko‗zi, og‗iz-burni, terisini 2 %li borat, limon
yoki sirka kislotasi bilan yuvish, unga gazniqob kiydirish, respirator, paxta-doka
bog‗lamidan foydalanish zarur.
Umuman, so‗nggi yillarda jahon miqyosida terror harakatlarining tobora avj
olayotganligi, ko‗plab begunoh kishilarning nobud bo‗layotganligi bizni doimiy
ogohlik va xushyorlikka chorlashi bejiz emas. Sababi, bunday harakatlarda kuchli
ta‘sir qiluvchi kimyoviy zaharlovchi moddalar KTQKZMlarning qo‗llanilayotganligi
nihoyatda xavflidir. Bu esa, o‗z navbatida, birinchi belgilari kelib chiqishi noma‘lum
bo‗lgan tomchilar, tutun va tumanlarning o‗ziga xos hid, zaharlashning boshlang‗ich
ko‗rinishlari paydo bo‗lishi va nihoyat, kimyoviy razvedka va nazorat asboblarining
ko‗rsatkichlaridir.
Shunday ekan, kuchli xafvli kimyoviy moddaning qo‗llanilganligi to‗g‗risida
axborotni eshitgach (uni albatta, radio va televidenie kanallari, harakatdagi
mashinalarga o‗rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar yordamida berishadi), kechiktirmay
darhol gazniqoblarni kiyib olish tavsiya etiladi. Ular bo‗lmagan vaqtda respirator,
paxta-doka bog‗lami yoki suvda namlangan ro‗mol, sharf, sochiqlardan foydalanish
mumkin. So‗ngra deraza va darchalarni zichlab yopish, isitish va maishiy elektr
asboblarini o‗chirish hamda vahimaga tushmay uydan chiqish lozim. Ko‗p qavatli
165
uylarda yashovchilar yaxshisi liftdan foydalanmaganlari ma‘qul, chunki zararlangan
hududlarda elektr energiyasi bunday vaqtlarda o‗chirib qo‗yiladi. Faqat mahalliy
FVlar boshqarma (bo‗lim)lari tomonidan ko‗rsatilgan yo‗nalishlarda, agar harakat
yo‗nalishi ko‗rsatilmagan bo‗lsa, shamol yo‗nalishiga ko‗ndalang ravishda harakat
qilish kerak.
Zararlanish hududini tashlab chiqib ketishning iloji bo‗lmasa, tezlikda xonadon
ichidan panoh topish lozim. Buning uchun deraza va eshiklarni yopishqoq tasma yoki
plastr bilan, shamol kiradigan barcha teshiklarni esa qog‗oz yordamida havo
kirmaydigan qilib yopish zarur. Shuningdek, eshik va derazalarni namlangan
choyshab bilan to‗sib qo‗yish darkor.
Zararlangan hududda tez, chaqqonlik bilan harakat qilish lozim. Ammo zinhor
chopish va chang ko‗tarish, atrofdagi buyumlarga tegish, uchrashi mumkin bo‗lgan
suyuqlik tomchilari yoki notanish kukunsimon moddalarni bosish kerak emas.
Mabodo ularga tegib ketgudek bo‗linsa, darhol qog‗oz, latta yoki dastro‗mol
yordamida artib tashlash joiz. Shikastlangan odamlarni zararlanish hududidan xavfsiz
joyga olib chiqilgandan so‗ng, ularning ustki kiyimlarini yechib, xonadan
tashqarisida qoldirish (sanitar ishlovidan o‗tkazish), yuz-ko‗z, og‗iz-burunni toza suv
bilan yaxshilab sovunlab yuvish, chayish darkor.
Biologik xavfli moddalar (BXM) qo‗llanilganda murakkabroq vaziyat yuzaga
keladi. Sababi, bunday moddalar ishlatilganligi darhol sezilmaydi. Tashqi muhit
ta‘siriga chidamli, o‗zaro muloqotda yoki havo-tomchi yo‗li bilan yuqadigan,
davolash ancha qiyin bo‗lgan xavfli yuqumli kasalliklar keltirib chiqarishi mumkin
bo‗lgan BXMlarni qo‗llash ehtimoli ko‗proqdir.
Odamlarning BXM bilan zararlanishi bunday moddalarning inson organizmiga
nafas olish a‘zolari, oshqozon-ichak yo‗li, shilliq pardalar (og‗iz, buruq ko‗z va b.),
shikastlangan teri qoplami orqali tushishi yo‗li bilan sodir bo‗lishi mumkin.
BXMning nafas olish yo‗llari orqali organizmga kirishining oldini olish uchun
paxta-doka bog‗lami, respiratorlar yoki gazniqoblardan foydalanish zarur.
Shuningdek, chekishdan voz kechishga to‗g‗ri keladi. BXMning organizmga
oshqozon-ichak yo‗li bilan tushishining oldini olish uchun faqat qaynatilgan suv
ichish, eng oddiy shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, ovqatga BXM qo‗llanilishi
ehtimoli bo‗lmagan joylarda maxsus issiqlikk ishlovidan o‗tkazilgan mahsulotlarni
ishlatish tavsiya etiladi.
Har bir xonadonda oddiy dizenfeksiyalovchi vositalar: monoxloramin vodorod
pereksi, spirt, kaliy pyermanganat (marganstovka) bo‗lsa zarar qil-maydi.
|