Odam zaharlanganida ko„rsatiladigan birinchi tibbiy yordam. Avvalo, kuchli
zaharli moddalar ko‗p ishlatiladigan muassasa va korxonalarda zarur dori-darmonlar
mavjud bo‗lgan birinchi tibbiy yordam ko‗rsatish dori qutichasi bo‗lishi zarur.
Zaharlovchi modda kishining nafas yo‗li orqali ichki a‘zolarga kirgan bo‗lsa,
bemorni darhol xavfli joydan ochiq havoga olib chiqish, agar zaharli modda teri
orqali kirgan bo‗lsa, zararlangan joyni oqar suv bilan sovunlab yuvish, suv yohud
kuchsiz ishqor eritmasiga botirilgan bir parcha mato bilan artish zarur.
Zaharlovchi modda ko‗zga tushganida suv, natriy gidrokarbonatning (ichimlik
sodasining) 2 %li eritmasi yoki borat kislotasi bilan yuviladi.
166
Zaharlovchi modda me‘da-ichak yo‗liga kirgan bo‗lsa, bemorga bir necha
stakanda suv yoki kaliy permanganatning pushti rangdagi kuchsiz eritmasi ichiriladi
yoki barmoq bilan halqumni qitiqlab, o‗qchitiladi, 2-3 marta qustiriladi. Keyin yarim
piyola iliq suvga 2-3 osh qoshiq faollashtirilgan ko‗mir (20-25 mg) yohud 40-50 dona
karbolen tabletkasi solib ichiriladi. Shundan so‗ng esa, yarim stakan suvga 20 mg
magniy sulfat yoki natriy sulfat aralashtirib, tuzli surgi ichiriladi.
Zaharlangan kishining nafas olishi qiyinlashganda paxtaga ammiak (novshadil
spirti) eritmasi shimdirib, ehtiyotlik bilan hidlatish, nafas to‗xtab qolgudek bo‗lsa,
tezlik bilan sun‘iy nafas oldirishga kirishmoq zarur. Bemorga suni nafas oldirish
uchun uni ochiq havoga olib chiqish, kiymining tugmachalarini yechib, og‗iz-burnini
shilimshiqlardan tozalash darkor.
Birinchi tibbiy yordam. Tibbiy xodim yetib kelguncha is tekkan odamni iloji
boricha sof havoga olib chiqish, novshadil spirti yoki archilgan piyoz hidlatish,
ko‗kragini uqalash, ko‗rpaga o‗rash, atrofiga isitgich qo‗yish, achchiq, qaynoq choy
yoki qahva, qatiq ichirish zarur.
Buning uchun ham har bir fuqaro ishlab chiqarishda bo‗lgan va favqulodda
holatlarda keng qo‗llaniladigan shaxsiy, individual dori quti (AI-2)ning tuzilishi va
ishlatilish bilan yaqindan tanish bo‗lishi lozim.
Individual dori quti (AI-2)da radiofaol zaharlovchi moddalar va bakterial
vositalardan shikastlanishning shaxsiy muhofazasi uchun mo‗ljallangan zarur tibbiy
vositalar mavjuddir. U yetti xonali plastmassa qutichadan iborat. Shu xonalarda
tibbiy vositalar solingan maxsus penallar mavjud.
1-xona - og‗riqqa-qarshi vosita joylangan tubik-shprits uchun;
2-xona - fosfor organik zaharlovchi moddalarga qarshi qizil rangli 6 ta antidot
(ziddizahar) uchun. Muhofaza maqsadida 2 tabletka ichiladi. Zaharlanishning
dastlabki belgilari paydo bo‗lganida esa, yana bitta tabletka ichiladi.
3-xona - cho‗zinchoq penalda bakteriyalarga qarshi №2 vositadan ja‘mi 15 ta
tabletka bo‗ladi. Bular radiatsion nur ta‘sir etganidan so‗ng me‘da-ichak faoliyati
buzilgan paytda ichiladi; dastlab 7 ta tabletka, keyin 2 kecha-kunduz mobaynida har
kuni 4 tabletkadan ichiladi.
Bakteriyalarga qarshi №2 xonadagi vosita yuqumli kasalliklarning oldini olish
maqsadida ichiladi, chunki nur ta‘siriga yo‗liqqan organizmning himoya xususiyati
susayib, shunday kasalliklarga beriluvchan bo‗lib qoladi.
4-xona - oq qopqoq bilan berkitilgan pushti rangli ikkita penalda radiatsiyadan
himoya qiluvchi 2-raqamli vositadan 12 ta tabletka bo‗ladi. Radiatsion
shikastlanishdan saqlanish maqsadida ―Radiatsion xatar!‖ degan ogohlantiruvchi
167
signalga muvofiq, nur ta‘sir qila boshlashidan 30-60 daqiqa oldin yoki FM xodimlari
alohida tayinlagan vaqtda bir yo‗la 1 ta tabletka ichiladi.
5-xona - bo‗yalmagan ikkita panelda bakteriyalarga qarshi 2-raqamli vositadan
jami 10 ta tabletka bo‗ladi. Bakterial vositalarning yuqish xavfi tug‗ilganida yoki
kasallik yuqib, odam jarohatlanib, kuyib qolganida shoshilinch muhofaza chorasi
sifatida shu tabletkadan 6 tasini, oradan 6 soat o‗tgach, yana 6 tasini ichishi shart.
6-xona - oq rangli panedda radiatsiyadan himoa qiluvchi 2-raqamli vositada
ja‘mi 10 ta tabletka bo‗ladi. Radiofaol moddalardan zaharlangan joylarda o‗tlab
yurgan sigirlarning sutidan foydalaniladigan bo‗lsa, 10 kun davomida har kuni bir
donadan ichiladi.
7-xona - oq rangli panealda jami 5 ta tabletka bo‗lib, ular qusishga qarshi
vositadir. Odamning boshi lat yegani, silkinganida yoki birlamchi nur reaksiyasi
ta‘siri natijasida paydo bo‗lgan qusishning oldini olish maqsadida shu tabletkadan bir
donadan ichiladi.
Umuman, mazkur shaxsiy dori qutichasidagi tibbiy vositalar 8 yoshgacha
bo‗lgan bolalarga va har safar katta yoshdagi kishilar dozasining 1/4 qismi
miqdorida, 8 yoshdan 15 yoshgacha bo‗lgan bolalarga esa, 1/2 qismi miqdorida
beriladi. Radiatsiyadan himoya qiluvchi 2-raqamli vositalar bu hisobga kirmaydi, bu
vositalar bolalarga to‗liq dozada beriladi.
Quticha qopqog‗ining ichki tomonida qaysi xonada qanday tibbiy vositalar
mavjudligi ko‗rsatilgan, shuningdek, ularni qanday ishlatish zarurligi haqida eslatma
ham bo‗ladi.
Fosforli zaharli moddalar bilan shikastlanganda so‗lak oqishi, ko‗z
qorachig‗ining torayishi, ko‗zdan yosh oqishi, nafas olishga qiynalishi,
mushaklarning tirishib tortishishi qayd etilganida, tibbiy xodim yetib kelgunicha 3-4
tabletka bemalol ichiriladi yoki darhol tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etiladi.
Bunday holatlarda kimyoviy zararlanish o‗chog‗iga kirishdan oldin shaxsiy
individual dori quti /AI 2/ dan muhofazaviy dozada 1 tabletka (antidot-ziddizahar)
olib ichib, kimyoviy muhofaza kiyimi, rezina etik, qo‗lqop va protivogaz
(gazniqob)larni kiyib olish zarur.
Fosforli zaharli moddadan shikastlanish ro‗y berganida gazniqob kiyib
olingandan keyin darrov og‗ir shikastlangan kishiga 2 doza, o‗rtacha shikastlangan
kishiga esa, 1 doza miqdoridagi ziddizahar tubik-shprits yordamida mushaklari orasi
yoki terisi ostiga yuboriladi. Yengil darajada shikastlangan kishiga gazniqob
kiydirishdan oldin tilining tagiga tashlash uchun shaxsiy dori qutining 2-xonasidagi
qizil rangli 2 ta tabletka ziddizahar olib ichiriladi yoki tubik-shprits yordamida 1 doza
ziddizahar yuboriladi. So‗ngra badan terisining ochiq joylari kimyoviy moddaga
qarshi shaxsiy, individual paket maxsus suyuqlik bilan qisman sanitariya ishlovidan
o‗tkaziladi. Bunday maqsadlarga IPP-8, IPP-9 va IPP-10 lardan ham keng
foydalanish mumkin.
Gazniqob kiyib olingan bo‗lsa, paketni ochib, tamponni suyuqlik bilan ho‗llash
va badan terisining ochiq joylari, bo‗yin va qo‗llarni, kiyim yoqasi va yeng
uchlarining badanga tegib turgan joylari, shuningdek, gazniqobning yuz qismini ham
artish zarur.
Gazniqob kiyilmagan bo‗lsa, ko‗zni mahkam yumib, yuz va bo‗yin terisini
168
maxsus suyuqlik bilan ho‗llangan tampon yordamida artish joiz. Ko‗zni ochmay
turib, uning atrofidagi teri quruq tampon bilan artgach, gazniqob kiydiriladi. So‗ngra
yana tamponi ho‗llab, qo‗l panjalari, kiyim yoqasi bilan yenglarning badanga tegib
turadigan sohalari artiladi. Bu suyuqlik bilan yuz te-risiga ishlov berilayotganida
ko‗zni nihoyatda ehtiyot qilish lozim.
FVlar yuz berganda aholining muhofazasi uchun shaxsiy himoya vositalari
mavjud. Shaxsiy himoya vositalari inson tanasi ichiga, terisiga va kiyim-boshlariga
turli zaharlovchi, radiofaol moddalar, bakterial vositalar tushmasligini ta‘minlash
uchun mo‗ljallangan. Bular avvalambor GP-5 va eng yangi rusumdagi GP-7 fuqarolar
gazniqoblaridir. Nafas yo‗llarini, ko‗z va yuzni zaharli moddalardan ishonchli
muhofaza qiladi.
Bir yarim yoshgacha bo‗lgan bolalar uchun shaxsiy himoya vositasi sifatida
KZD-3 maxsus bolalar himoya kamerasidan foydalanish mumkin. Uning korpu-siga
o‗rnatilgan ko‗rish oynasi bolaning nima bilan mashg‗ul ekanligini kuzatish imkonini
beradi. Kamera qo‗lda va yelkada ko‗tarib yurishga mo‗ljallangan uni chang‗i yoki
bolalar aravachasining shassisiga ham o‗rnatish mumkin, shuningdek, respiratorlar
ham mavjud bo‗lib, ular nafas yo‗llarini radiofaol, ishlab chiqarishdagi va tabiiy
changlardan himoyalanish uchun ishlatiladi. Ulardan bakterial vositalar bilan
zaharlangan yerlar, aerozol ko‗rinishdagi havoga yoyilgan bakterial vositalarga qarshi
himoyalanishda ham foydalanshi mumkin. 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‗lgan bolalar
uchun kattalarnikidan o‗lchami bilan farq qiladigan bolalar respiratorlari ham
mavjud.
Bundan tashqari yuqorida ta‘kidlaganimizdek, shaxsiy bog‗lam paketi,
kimyoviy moddalardan shaxsiy muhofaza paketi, shaxsiy dori qutichasi ham
muhofaza vositalari turkumiga kiradi.
Gaznniqob va respiratorlardan tashqari nafas olish a‘zolarini himoyalash
maqsadida uy sharoitida oddiy vositalaridan ham foydalanish mumkin. Ularga paxta-
doka yoki satin bog‗lamlari, changga qarshi mato niqoblar kiradi.
Terini himoyalashning oddiy vositalariga esa, ishlab chiqarish jarayoniga
moslangan (brezeyat yoki uning aralashmasidan tikilgan maxsus kapushonli plashlar,
rezina aralashmasi, xlorvinil bilan qoplangan matolardan tikilgan) kiyimlar kiradi.
Bunday murakkab sharoitlarda faqat zarurat tug‗ilsagina, bunga tegishli shart-
sharoitlar bo‗lsagina, shikastlanganlarga sun‘iy nafas oldirish usullari qo‗llanadi va
ular iloji boricha tezroq davolash muassasasiga jo‗natilishi shart. Zaharli
moddalardan shikastlanishga yo‗l qo‗ymaslik yoki uning oqibatlarini susaytirish
maqsadida shikastlanganlar sanitariya ishlovidan o‗tkazilishlari zarur. Bunda ularning
kiyim-kechaklari, himoya vositalari, shuningdek, barcha anjomlari tegishli usullar
bilan zararsizlantiriladi, ya‘ni degazaniya qilinadi. Bunday sanitariya ishlovi sharoit
va zaruratga qarab, qisman yoki to‗liq bo‗lishi mumkin.
|