TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI HUZURIDAGI
“O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY ASOSLARI
VA MUAMMOLARI” ILMIY-TADQIQOT MARKAZI
AXBOROT XATI
TDIU huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy
asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida 2023-yil 31-may kuni
“Milliy iqtisodiyotni isloh qilish va barqaror rivojlantirish istiqbollari”
mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada muhokama qilinadigan mavzular yo‘nalishlari:
1-sho‘ba. Milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini taʼminlashning
ilmiy asoslari
2-sho‘ba. Iqtisodiy tizimning moliyaviy infratuzilmasini rivojlantirish
3-sho‘ba. Inson kapitalini takomillashtirish va aholi turmush darajasini
oshirish
4-sho‘ba. Mintaqaviy rivojlanishning davlat iqtisodiy siyosati
Mazkur konferensiyada ishtirok etishni xohlagan professor-o‘qituvchilar,
yosh olimlar, tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar 2023-yil 15-may sanasiga
qadar tezislarni yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zbek, rus
va ingliz tillarida taqdim
etishlari mumkin.
Ilmiy-amaliy konferensiya ishida yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari,
respublikamiz OTM va ilmiy tadqiqot muassasalarining professor-
o‘qituvchilari,
mutaxassislari, ilmiy xodimlari, izlanuvchilari
hamda iqtidorli
talabalari qatnashishlari mumkin.
Konferensiya to‘plamiga kiritilgan va nashr qilingan har bir tezis Google
Scholar bazasida indeksatsiya qilinadi va DOI kodi belgilanadi.
Konferensiyaga taqdim etiladigan tezislarni rasmiylashtirilishga
qo‘yilgan talablar:
Tezisda muallifning tadqiq qilinayotgan muammoga o‘z qarashlari to‘liq
aks etishi, aniq ilmiy xulosalari, amaliy taklif va tavsiyalari keltirilishi zarur;
Matn formati Microsoft Word, satr oralig‘i 1 intervalda, shrifti Times New
Roman 14 kegel. Matn formatining chegarasi tepa va pastdan 2,0 sm, chapdan
3 sm, o‘ngdan 1,5 sm bo‘lishi lozim;
Tezisning tepa qismida bosh harflar bilan mavzu, satr qoldirib o‘ng
burchagida muallif haqida quyidagi maʼlumotlar ko‘rsatilishi zarur: F.I.Sh.
(to‘liq), ishlash joyi, ilmiy darajasi va unvoni, talabalar uchun taʼlim olayotgan
joyi, yo‘nalishi va mutaxasislik nomi, satr qoldirib asosiy matn yozilishi talab
etiladi.
Tezis mualliflari 2 (ikki) nafardan oshmasligi lozim. Har bir muallif 1 (bir)
dona tezis taqdim etishi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati tezis oxirida keltiriladi.
Matnda tegishli manbaga
beriladigan iqtiboslar to‘rtburchak qavslar ichiga olinishi kerak (masalan [1]).
Matn hajmi 3-4 bet to‘liq hajmda bo‘lishi hamda qaysi shoʻbaga tegishliligi
tezisni nomlanishida keltirilishi kerak (masalan: 1-B.Ahmedov).
Konferensiya materiallarini to'plam shaklida
chop etish va tashkiliy
ishlarni amalga oshirish uchun badal mablag'i har bir tezis uchun 50 000 so'mni
tashkil etadi.
Ushbu talablarga javob bermaydigan tezislar qabul qilinmaydi. Matnda
foydalanilgan misol, ko‘chirma va maʼlumotlar
aniqligi uchun javobgarlik
muallif zimmasida bo‘ladi. Tashkiliy Qo‘mita tanlovdan o‘tmagan tezislarni
mualliflarga qaytarish va izoh berish majburiyatini olmaydi.
Maqola
va
tezislar
elektron
shaklda
+998974026787
(https://t.me/CEDR_conference)
telegram
manzili
yoki
conference_cedr@mail.ru elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.
Taqdim etilgan tezislar mazmuni belgilangan
talablarga mos kelgan
taqdirda tashkiliy qo‘mitaning qaroriga binoan tanlov asosida konferensiya
to‘plamiga kiritiladi va ITM rasmiy saytida (www.cedr.uz) eʼlon qilinadi.