Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti




Download 4,13 Mb.
bet10/19
Sana06.06.2024
Hajmi4,13 Mb.
#260791
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
BMI Gavsiddin

Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytadigan bо’lsak, innovatsion tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan va ishlab chiqarish jarayoniga xorij tajribasini qo‘llab, yangiliklar joriy etilgan zamonaviy korxonalarda, an’anaviy korxonalarгa nisbatan ish haqi 2-3 barobar, ish unumdorligi 2 barobar oshganligi, ayniqsa ishchi xizmatchilar turmush darajasining ilgariga nisbatan sifati va farovonligi ta’minlanayotganligi bugungi innovatsion iqtisodiy islohotlarining ijobiy tomonlarini ko‘rsatmoqda. Ammo erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda hal etilishi lozim muammolar ham mavjud.
Xususan:
➢ tadbirkorlarimiz biznesni boshqarishda yetarlicha malakaga ega emasligi;
➢ ishchi хodimlarning yangiliklarni tez o‘zlashtira olmasligi;
➢ ular ichki va tashqi risklarni, innovatsiyalarga bo‘lgan ehtiyojni va jahon bozoridagi o‘z holatini yetarlicha baholay olmayotganligi;
➢ korxonalarni rivojlantirish, raqobatbardoshlikni oshirishga yetarlicha e’tibor qaratilmaganligi;
➢ ishbilarmonlik muhitini tashkil etish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish tuzilmasini ishlab chiqishda ham ko‘plab muammolar mavjudligi.
Ushbu muammolarni hal etishda quyidagi taklif va tavsiyalarni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:
➢ ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish jarayonida xususiy biznesning rolini oshirish kerak, bu esa tadqiqot va ishlanmalarga investitsiyalar samaradorligini oshirishga turtki berаdi;
➢innovatsiyalar uchun zarur bo‘lgan investitsiyalar darajasini oshirish va raqobatni kuchaytirish kerak;
➢ O‘zbekistonda yaratilgan ilmiy ishlanmalarini xorijiy patentlashni va innovatsiyalarni rag‘batlantirishning asosiy elementi bo‘lgan ishlanmalar uchun marketing qidiruv tizimini qo‘llab-quvvatlash kerak.
Bundan tashqari Oʻzbekistonning global innovatsion kontekstga qanchalik mos kelishini oʻrganish uchun Global Innovatsiyalar Indeksi (GII) va OECD standartlari ma’lumotlariga asoslanish zarur. Natijalar Oʻzbekistonning soʻnggi oʻn yillikdagi GII reytingidagi holati asosida, biznesni rivojlantirish, bilim va texnologiyalar koʻrsatkichlari, ijodiy faollik kabi sohalardagi sezilarli oʻzgarishlar mavjudligini koʻrsatadi. Institutsional muhit va infratuzilmadagi ijobiy oʻzgarishlar innovatsiyalar uchun yaxshilangan sharoitlarni aks ettiradi. Biroq, inson kapitali resurslari va bozorni rivojlantirish bilan bogʻliq muammolar mavjud, ular qoʻshimcha e’tiborni talab qiladi. Tadqiqot innovatsiyalar sohasidagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhimligini va Oʻzbekistonning global innovatsion ekotizimdagi oʻrnini yaxshilash uchun jahon tendensiyalariga moslashish zarurligini ta’kidlaydi.



Download 4,13 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Download 4,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti

Download 4,13 Mb.