Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti




Download 4,13 Mb.
bet17/19
Sana06.06.2024
Hajmi4,13 Mb.
#260791
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
BMI Gavsiddin

Xulosa. Bizning tadqiqotlarimiz shuni koʻrsatadiki, Oʻzbekiston uchun oʻrta muddatli istiqbolda innovasion rivojlanishning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardir:
• biznesni rivojlantirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ustuvor tarmoqlarning innovasion va investisiyaviy jozibadorligini oshirish;
• korxona va tashkilotlarning yuqori darajadagi innovasion faoliyatiga erishish;
• muvozanatli fundamental amaliy tadqiqotlar, intellektual kapitallashuv, bilim va texnologiyalarni respublika va mintaqalararo darajada uzatish asosida samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkiletish;
• oliy va oʻrta ta’lim sohasini xalqaro standartlarga yoʻnaltirish, xususan, PIRLS, PISA, TIMSS dasturlarining oʻrta ta’lim tizimida amalga oshirilishini ta’minlash;
• ilgʻor texnik va texnologik tuzilmani shakllantirish va innovasion mintaqaviy makonning jozibadorligini ta’minlash uchun shart-sharoitlarni ta’minlash. Uzoq muddatli maqsad va oʻrta muddatli istiqbolda innovasion rivojlanishning asosiy yoʻnalishlariga muvofiq quyidagi vazifalarni belgilashni taklif etamiz:
• inson potensialiga mos innovasiya iqtisodiyotini shakllantirish, innovasiya mahsulotlariga yuqori ehtiyojga ega boʻlgan bilimli va ragʻbatlantirilgan fuqarolar uning asosini tashkil etishiga e’tibor qaratish;
• zamonaviy texnologik tuzilmalarning jadal rivojlanish sohalarida investisiyaviy faollikni oshirish;
• respublika iqtisodiyotini raqamli iqtisodiyotning zamonaviy tamoyillariga asoslangan holda jadal modernizasiya qilish;
• tadqiqot va ishlanmalarning raqobatbardosh sektorini yaratish va uni koʻpaytirish uchun sharoit yaratish;
• innovasiya sohasiga investisiya resurslarinikengjalbqilish;
• innovasion rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini jamoatchilik tanlovi mexanizmlarini ishlab chiqish;
• innovasiyalar ekspertizasi va ishlanmalarga mulk huquqini himoya qilish;
• innovasiya koʻrsatkichlarini ishlab chiqish va uning monitoring tizimini rivojlantirish; • innovasiyalar sohasida ishlaydigan menejerlarni keng miqyosda tayyorlash;
• yoshlarni fanga faol jalb qilish.
Mamlakatning innovasion rivojlanishi boʻyicha va zamonaviy milliy innovasiya tizimini shakllantirishga qoʻyilgan vazifalarni tizimli hal etish, bizning ishonchimizcha, fan, ta’lim, ilmiy-texnikaviy salohiyatni rivojlantirish va yuqori texnologiyalarni oʻzlashirish va uning asosida iqtisodiy oʻsishning yangi manbalaridan foydalanish aholi farovonligini oshirishga imkon beradi.



Download 4,13 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 4,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti

Download 4,13 Mb.