• Innovatsion infratuzilma subyektlari
  • Institutsional mexanizmlarni takomillashtirish.
  • Yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratish.
  • Taʼlim sohasidagi innovatsiya.
  • Innovatsion faollikni cheklaydigan asosiy muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari




    Download 4,13 Mb.
    bet16/19
    Sana06.06.2024
    Hajmi4,13 Mb.
    #260791
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    BMI Gavsiddin

    3.3. Innovatsion faollikni cheklaydigan asosiy muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari

    Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi. Bu strategiya 2022-2026 yillarga moʼljallangan va Oʻzbekistonni Global Innovatsion Indeks reytingida jahonning 56 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishini bosh maqsad qilgan. Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari quyidagicha belgilangan:


    Innovatsion infratuzilma subyektlari. Bu subyektlar innovatsion texnologik park, texnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya markazi, startap akselerator, inkubator kabi tuzilmalardan iborat. Bu tashabbuslar orqali startaplar yaratish va yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital yaratish) oshirish maqsad qilinadi.
    Institutsional mexanizmlarni takomillashtirish. Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning institutsional mexanizmlari orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini oshirish maqsad qilinadi.
    Kichik tadbirkorlikni oshirish. Innovatsion faoliyatni oshirish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy jadal oʻsishini taʼminlash maqsad qilinadi.
    Yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kompleks tizim yaratilgan. Bu tizim orqali innovatsiyalarga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish va yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yoʻnaltirish maqsad qilinadi.
    Taʼlim sohasidagi innovatsiya. Taʼlimning barcha bosqichlarida yaratuv-chanlik, innovatsion tadbirkorlik va ratsionalizatorlik koʻnikmalarini rivojlantirish orqali inson kapitalini yanada rivojlantirish maqsad qilinadi.
    Bundan tashqari, strategiya ichida innovatsion faoliyat subyektlari (sanoat ishlab chiqarish tashkilotlari) sonini 613 dan 2,250 tagacha oshirish, innovatsion infratuzilma subyektlari sonini 3 baravarga oshirish, innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi ish oʻrinlari sonini 4 baravarga oshirish maqsad qilinadi. Innovatsion startaplar sonini esa 1,437 tagacha oshirish koʻzda tutilmoqda. Bunda ham, innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil etilgan.

    Download 4,13 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 4,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Innovatsion faollikni cheklaydigan asosiy muammolar va ularni bartaraf etish strategiyalari

    Download 4,13 Mb.