Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati




Download 0,98 Mb.
bet66/108
Sana09.08.2024
Hajmi0,98 Mb.
#269317
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   108
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

4. Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati
Normalardan og‘ish holati sotsiologiyada deviatsiya nomi bilan ataladi. Deviant xulq-atvor — jamiyatda o‘rnatilgan axloq me’yorlariga mos kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xatti-harakat, ijtimoiy hodisa bo‘lib, yolg‘onchilik, dangasalik, o‘g‘rilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish va boshqa ko‘plab shu kabi holatlar ushbu xulq-atvor xususiyatlari hisoblanadi.
Quyidagilar deviant xulq-atvorning nisbatan kengroq tarqalgan ko‘rinishlari: jinoyatchilik, ichkilikbozlik, giyohvandlik, fohishabozlik, byurokratiya, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, boqimandachilik.
Keng ma’noda deviatsiya yozilgan va yozilmagan normalarga mos kelmaydigan barcha xatti-harakatlar. Tor ma’noda esa deviatsiya faqat yozilmagan qoidalarga mos kelmaydigan harakatlar, formal normalarning buzilishi esa delikvent harakatlar, deb nomlanadi.
Deviant va delikvent harakatlarni qat'iy farqlash buzilgan normalarning xususiyatlari asosida amalga oshiriladi. Deviant xatti-harakatlar nisbiy buzilishlar sanaladi, ya'ni yozilmagan normalarning buzilishi va ularning jamiyat tomonidan baholanishi, unga nisbatan ma'lum sanksiyalarning qo‘llanilishi. Misol uchun yoshi keksa insonga avtobusda joy bermagan yigitni faqat jamoatchilik fikri va munosabati orqali jazolash mumkin. Bunda atrofdagilar unga nisbatan pand-nasihat yoki dashnom qo‘llashlari mumkin.
Delikvent harakat esa yozilgan normalarni buzilishini nazarda tutadi. Misol uchun o‘g‘irlik. Buning uchun qonun tomonidan jazo belgilanadi.
Jamiyatda deviant xulq-atvor paydo bo‘lishining sotsial sabablari mavjud. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • Sotsial inqirozlar paytida jamiyatdagi nazoratning susayishi oqibatida yuzaga keladigan anomiya. Eski qadriyatlar barham topib, yangilari xali shakllanib ulgurmagan paytda jamiyat a'zolar hayotdagi yo‘nalishlarini yo‘qotib qo‘yishadi. (E.Dyurkgeym sotsiologik yondashuvi). XIX asr oxirlarida tabiiy fanlarda erishilgan ilmiy yutuqlar ijtimoiy fanlar taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Xususan, sotsiologiyada ijtimoiy me’yordan og‘ish holatlarini tushuntiruvchi dastlabki ta’limot — E.Dyurkgeymning «anomiya» g‘oyasi yaratildi. Ma’lumki, sotsiologiyaning fan bo‘lib shakllanishida ijtimoiy patologiya omiliga e’tibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada E.Dyurkgeymning to‘rtta asari chop etilgan bo‘lib, shulardan biri “O‘z joniga qasd qilish» (1897) kitobi deviantlik muammosiga bag‘ishlangan edi.

  • Madaniy qadriyatlar va jamiyat tomonidan mazkur qadriyatlarga yetishishdagi muqobil yo‘llar o‘rtasidagi nomuvofiqlik (R.Merton sotsiologik yondashuvi). Deviant xulq-atvor muammolarini tahlil qilishda R.Merton ishlab chiqqan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o‘rin tutadi. E. Dyurkgeymning anomiya g‘oyasini rivojlantirib, R.Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi: «Deviant xulq-atvor jamiyatda e’lon qilingan qadriyatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvor motivlari hamda mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natijasidir».

  • Sotsial guruhlar madaniyat normalari o‘rtasidagi nizo, qarama-qarshilik (A.Selin – kulturologik yondashuv);

  • Dominant madaniyat normalar bilan shaxs a'zo bo‘lgan submadaniyat normalarininng qarama-qarshiligi (V.Miller – kulturologik yondashuv);

  • Ta'siri yuqoriroq bo‘lgan guruhning o‘zidan kichik yoki nimjon bo‘lgan guruh faoliyatiga deviantlik “tamg‘a”sini qo‘yishga bo‘lgan ishtiyoqi (G.Bekker stigmatizatsiya nazariyasi);

  • Hukmron sinf o‘z manfaati yo‘lida qonun va qonunni himoyalovchi organlardan foydalanib, quyi turuvchilarni kamsitishi.

Deviant xulq-atvor nisbiy xarakterga ega. Chunki bir inson uchun og‘ish sanalgan harakat boshqasi uchun tabiiy xol va norma sifatida baholanishi mumkin. Misol uchun elita o‘zining xatti-harakat normalari asosida quyi sinf vakilini baholasa, albatta uni deviatsiya sifatida ko‘radi. Ammo quyi sinf vakili uchun u tabiiy bo‘lishi mumkin.


Sotsiologiyada devatsiyaning ko‘plab ta'riflari bor. Ulardan biri R.Merton tomonidan taklif qilingan bo‘lib, u madaniyat maqsadlari va ularga jamiyat tomonidan ma'qul bo‘lgan yetishi yo‘llari o‘rtasidagi nomuvofiqlik tufayli sodir bo‘lgan anomiya holati oqibatida yuzaga keladi. Olimning fikricha, konformistlik – yagona deviant bo‘lmagan xatti-harakat sanaladi. Konformistlar jamiyatning maqsad va vositalarni qabul qilib, umum tomonidan e’tirof etilgan qadiryatlar va ularga erishish uchun belgilangan vositalarga amal qiladilar, bunda ularning muvaffaqiyatga erishish yoki erishmasliklari ahamiyatga ega emas. Aholining ko‘pchiligi mana shu toifaga mansub bo‘ladi.
Merton deviatsiyaning to‘rtta mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan tipini ajratib ko‘rsatadi.
Innovatsiya –jamiyatning maqsadlarini tan olgan holda, ushbu maqsadlarga yetishishning umum qabul qilingan yo‘llarini inkor qiladi. Innovatorlar - jamiyat qabul qilgan qadiryatlarga amal qilishda davom etadilar, biroq erishish uchun qonunga yaqin yoki noqonuniy vositalardan foydalanadilar. Reaksiyaning bunday tipi qonunga xilof harakatlar yordamida farovonlikka erishgan jinoyatchilar uchun xos. “Innovatorlar” toifasiga “moliyaviy piramida”larning yaratuvchilari, shantaj bilan foyda oluvchilar, fohishalik bilan shug‘ullanuvchilarni kiritish mumkin. Shu bilan birgalikda buyuk kashfiyotchi va olimlarni ham kiritish mumkin.
Ritualizm – jamiyatning maqsadlarini inkor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan holat, shu bilan birgalikda ushbu maqsadlarga yetishish yo‘llariniga juda katta e'tibor qaratadi. Misolu uchun byurokrat tomonidan har bir hujjatning maksimal ravishda to‘ldirilishi, kamida ikki marta qayta tekshirilishi kerakligining so‘ralishi. Ammo mazkur ishlarning bari nima maqsadda amalga oshirilayotgani esdan chiqariladi. «Ritualizim » - ular amal qilayotgan qadriyatlar o‘z mazmunini yo‘qotgan bo‘lsa ham, ulardan chetga chiqmaydigan odamlar. Qoidalarga maqsadsiz, beixtiyor shu qoidaning o‘zi uchun amal qilinadi. Ritualistlar, odatda o‘zlarini qiziqarli bo‘lmagan va charchatadigan, istiqbolsiz va kam haq to‘lanadigan ishga bag‘ishlagan odamlar.
Retretizmhaqiqatdan qochish, jamiyat tomonidan tan olingan maqsadlar va ularga yetishish yo‘llarini inkor qilish. «Retriatislar» - raqobatchi dunyoqarashni rad etadiganlar, ayni paytda qabul qilingan qadriyatlar va ularga erishish vositalarni ham rad etadigan odamlar. Misol tariqasida xo‘jalik hisobidagi mustaqil namunalarni keltirish mumkin. Ularga giyohvandlar, uysizlar ham kiradi.
Isyon – jamiyatning maqsad va maqsadga yetishish yo‘llarini inkor qilish bilan ularning o‘rniga yangi maqsad va yo‘llarni o‘rnatishga harakat qilish. Misol uchun bolsheviklar kapitalizmning, xususiy mulkning yakun topishini va uning o‘rnini sotsializm egallashini istagan. Evolyusion yo‘lni inkor qilib, inqilobni yoqlashgan. «Isyonchilar»-mavjud qadriyatlar va me’yoriy vositalarni rad etadilar, yangi qadriyatlarni kiritish va ijtimoiy tizimni o‘zgartirish uchun faol harakat qiladilar.Bu toifaga radikal siyosiy guruhlarning a’zolarini kiradi.
Amerika sotsiologiyasida muhim o‘rin tutuvchi ta’limotlardan biri E.Saterlendning differentsial aloqalar ta’limotidir. Bunga ko‘ra, har qanday xulq-atvor, shu jumladan, deviant xulq-atvor ham o‘rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga o‘rgatiladi.
Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta omilni ko‘rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi.
Shaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan uchta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular: 1) irsiy omillar; 2) psixo-fiziologik omillar; 3) shaxsning bilim darajasi.
Shuningdek, ijtimoiy og‘ishlarning yuz berishiga shaxsning qat’iyatli yoki qat’iyatsizligi, qoidalarga bo‘ysunish yoki bo‘ysunmaslik odatlari, biron-bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta’sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psixofiziologik holatlari, mijozi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, deviant xolatlarini Z.Freyd va uning shogirtlari A.Adler,K.Yung,E.Frommlar psixologik nuqtai nazardan chuqur o‘rganib chiqishgan.
Psixoanalitik maktabning asoschisi Zigmund Freydning fikricha, insonning faoliyatiga ikkita instinkt kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Insohlar o‘limdan qo‘rqib yoki lazzatlanish uchun harakat qiladilar. U«Deviant xulq-atvor»ni aynan mana shu nuqtai nazardan baholaydi. Freydning «Bokiralik tabusi» asarida u qadimiy xalqlarda me’yorlarning paydo bo‘lishi va shakllanishini tariflab beradi. Uning fikriga ko‘ra, insonning o‘z naslini saqlab qolishga bo‘lgan intilishi, aynan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni bekor qilinishiga, qat’iy ta’qiqlanishiga olib kelgan. Tabuni buzish o‘lim bilan jazolangan.


Download 0,98 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   108




Download 0,98 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Deviant xulq-atvor sotsiologiyasining mohiyati

Download 0,98 Mb.