• Jamoatchilik fikri tushunchasining shakllanish tarixi
  • -mavzu. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi




    Download 0,98 Mb.
    bet68/108
    Sana09.08.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #269317
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

    8-mavzu. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi
    Reja:

    1. Jamoatchilik fikri tushunchasining shakllanish tarixi

    2. Jamoatchilik fikri tushunchasining mohiyati, sub'ekti, ob'ekti, xususiyatlari

    3. Jamoatchilik fikrining tarkibiy komponentlari va vazifalari

    4. Jamoatchilik fikrining shakllanish bosqichlar va uni o‘rganish metodologiyasi

    5. Jamoatchilik fikrining ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishi

    6. Stereotip va mish-mishlar




    1. Jamoatchilik fikri tushunchasining shakllanish tarixi

    Volter ta'biri bilan aytganda, “jamoatchilik fikri dunyoni boshqaradi, ammo oxir oqibat jamoatchilik fikrini donolar boshqaradi”.
    Qadim Yunonistondayoq jamoatchilik fikrining jamiyat rivoji va hayotidagi o‘rniga alohida e'tibor qaratilgan. Klassik feodalizm davrida “jamoatchilik fikri” tushunchasi ingliz yozuvchisi va davlat arbobi Solsberi tomonidan XII asrning ikkinchi yarmida birinchi bor ishlatilgan, ammo u keng tarqalmadi. Mazkur tushunchani 1759 yil Djon Solbern toomnidan parlamentda so‘zlagan nutqi davomida ishlatilgach, keng yoyildi va qo‘llanila boshlandi. Jamoatchilik fikri tushunchasi Angliyada 18 asrda so‘rov usuli orqali ommaviy muhokamaga qo‘yilgan masalalar yuzasidan bildirilgan ijobiy va salbiy baholovchi fikrlarning yig‘indisini anglatgan.
    Tarixiy rivojlanish davomida tadqiqotchi olimlarning jamoatchilik fikri to‘g‘risidagi qarashlari taraqqiy etib bormoqda. Jamoatchilik fikriga sotsial fenomen sifatidagi asosiy yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz.
    Antik davr. Qadimgi Yunonistonda erkin fuqarolarning fikrlari xalq yig‘inlari va forumlarida ularning bildirgan ovozlari orqali inobatga olingan. Qadim Yunonistonning adabiyotlarida xalq fikri va uni inobatga olish masalasi keng yoritilgan. Aristotel o‘zining “Siyosat” asarida “xalq ommasini yig‘in va muhokamalrga jalb qilish” orqali jamoatchilik fikriga davlat ishlarini boshqarish imkonini berish lozimligi ta'kidlagan.
    Qadimgi Rimda jamoatchilik diskussiyalari amaliyoti keng qo‘llanilib, ularning natijalari va axborotlar devoriy “Akt diurna” nomli gazetalarda chop etilgan. Aytib o‘tish kerakki, xalq fikri - «vox populi» haqida ilk bora rimliklar fikr bildirishgan va uning jamiyatdagi ahamiyatining ortishiga hissa qo‘shgan. Xalq fikri, Sitseronning yozishicha, Rim sud amaliyotida keng qo‘llanilgan. Rimda jamoatchilik fikrini bildiruvchi mahsus organ tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi fuqarolarning ahloqiy qarashlarini nazorat qilishdan iborat bo‘lgan. Rimning xalq yig‘inlari oxir oqibat fikrlarni bildirish makoni maqomini yo‘qotib borgan.134
    Platon, Sokrat, Protagor, Aristotelning asralarida jamoatchilik fikri to‘g‘risidagi qarashlarni ko‘rish mumkin. Ular birinchilardan bo‘lib, jamoatchilik fikrining roli va jamiyat hayotidagi ahamiyatini ochib berishga harakat qilishgan.
    Sofistlar demokratik davlat tarafdorlari sifatida uning ishlarida jamoatchilik fikriga katta ahamiyat berishgan.
    Protagorning fikricha, jamoatchilik fikri adolat va adolatsizlik, haqiqat va yolg‘on borasida bir fikrga kelish uchun o‘rganilishi kerakli sanalgan. Olimning mazkur yondashuvi ko‘p hollarda fuqarolik jamoasining kuchli pozitsiyalari bilan asoslanadi. Bunda jamoatchilik fikrining jamiyat, davlat, jamiyat hokimiyat tizimi bilan uyg‘unlashuvi nazarda tutilgan.
    Sokratning maktabi vakillari dono va bilimlilarning aristokratik boshqaruvi xalqning o‘zboshimcha boshqaruvini yengishi uchun jamoatchilik fikridan xabardor bo‘lish kerakligini ilgari surishgan. Mazkur fikr Platonning ishlarida o‘z rivojini topgan. Uning fikricha, dono va bilimli insonlarning fikrlari keng ommaning fikriga qaraganda ahamiyatliroq, qadrliroq, jamiyat uchun foydaliroq, to‘g‘riroq sanaladi.
    Aristotel “Siyosat” asarida turli masalalarni tahlil qilish paytida yakka insonning imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi. Jamiyatdagi ayrim voqyea va hodisalarni tushunishda ko‘pchilikning mushohadasi o‘rinliroq va samaraliroq sanaladi. Olim boylik va ilmiy asosga ega bo‘lmagan erkin fuqarolarning jamiyat hayotining qaysi jabhasini boshqarishi kerak, degan savolga javob qqidirishga intilgan. Bir tomondan, yetarlicha ko‘nikma va bilimg ega bo‘lmagan keng ommani yuqori lavozimlar ustidan nazoratini o‘rnatish u qadar xavfsiz emas. Chunki ular adolatsizlikka va noto‘g‘ri qarorlarga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Ikkinchi tomondan, ularni hhokimiyatdan butkul chetlatish ham xavf tug‘dirishi mumkin. Chunki davlatda ko‘pchilik siyosiy huqulardan mahrum qilinsa, qashshoqlar soni ko‘p bo‘lsa, bunday davlatda norozilik va qarshilik kayfiyati kuzatilib, nizolarga sabab bo‘lishi mumkin. Aristotel mazkur yo‘nalishda fikr olib borib, oddiy xalqni yig‘inlarda va sub hokimiyatidagi huquqlarni cheklash lozimligini ko‘rsatgan.135

    Download 0,98 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   108




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavzu. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi

    Download 0,98 Mb.