• 2. Maqom (status) sotsial dinamikasi
  • 4. Ma`naviy hayot dinamikasi
  • «Sotsial rivojlanish» sotsiologiyaning muhim tushunchalaridan hisoblanadi.
  • Bajaradigan vazifalari, sohalariga qarab sotsial dinamikaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin




    Download 0,98 Mb.
    bet94/108
    Sana09.08.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #269317
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108
    Bog'liq
    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

    Bajaradigan vazifalari, sohalariga qarab sotsial dinamikaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
    1. Reproduktiv dinamika. Sotsial dinamikaning bu turi tug‘ilish, ishlab chiqarish, ekologiyaning sotsial jihatlarini o‘z ichiga oladi. Aholi sonining o‘sishi, tug‘ilish miqdori, ularni belgilovchi omillar reproduktiv sotsial dinamika sohasiga kiradi. Ishlab chiqarish, ekologiya va sotsial sub'ektlar reproduktiv o‘rnashmalarga aloqodor bo‘ladi.
    2. Maqom (status) sotsial dinamikasi. U o‘z ichiga xizmat lavozimlarida ko‘tarilishi yoki pasayishni, turmush darajasi va sifatini qamrab oladi.
    3. Hududiy sotsial dinamika. Aholi ko‘chishlari sur’ati va miqdorlarining sotsial jihatlari, katta shaxar vujudga kelishi bilan paydo bo‘lgan sotsial muammolar, ishlab chiqarishning joylashtirilishi uning sotsial oqibatlari hududiy(territorial) sotsial dinamika ob`yektlaridir.
    4. Ma`naviy hayot dinamikasi manfaatlar, qadriyatlar, fikrlar, normalar harakati, o‘zgarishi va rivojlanishi bu soha doirasida bo‘ladi.
    5.Siyosiy dinamika jamiyat sotsial-sinfiy tarkibi, hokimiyat shakllari o‘zgarishini tushuntirib beradi.
    6. Fan-texnika dinamikasi. Fan-texnika taraqqiyotining sotsial jihatlari, ishlab chiqarish vositalari o‘zgarishlarining ijtimoiy sub’yektlari hayotiga ta’siri, axborot va kommunikatsiya bilan bog‘liq sotsiodinamik o‘zgarishlar fan-texnika dinamikasiga kiradi.
    Sotsial dinamika abstrakt, mavhum qonuniyat ifodasi emas. Har bir mintaqa, ijtimoiy tuzumda o‘ziga xos sotsiodinamikani ko‘rishimiz mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o‘tkazilajak sotsiologiya tadqiqot albatta mintaqaviy, maxalliy sharoitlarga mos «tuzatish koeffitsientini ham o‘z ichiga olishi lozim.
    «Sotsial rivojlanish» sotsiologiyaning muhim tushunchalaridan hisoblanadi. Hozirgi zamon sotsiologiyasining yetmishdoshlari deb aytsa bo‘ladigan qadimgi va o‘rta asr Sharq va G‘arb ijtimoiy falsafasi vakillari Konfutsiy, Aflotun, Suqrot, Arastu, Forobiy, Beruniy, Foma Akvinskiy, Ibn Xaldunlar jamiyat rivojlanishi omillari, xarakalantiruvchi kuchlari, kelgusi jamiyat «loyihasi» va unga erishish yo‘llari haqidagi masalalar o‘z tarixiy davrlari chegarasida qo‘ya bilishgan edi. Ayniqsa, ularning ijtimoiy rivojlanishni abstrakt, mavhum tarzda emas, balki hayotiy muammo sifatida tahlil qilishgani diqqatga sazovordir. Jumladan, Abu Nasr Forobiy shunday yozgan edi: «Insoniy vujuddan maqsad — eng oliy baxt — saodatga erishuvdir, avvalo u baxt — saodatning nima va nimalardan iborat ekanligini bilishi, unga erishuvni o‘ziga g‘oya va eng oliy maqsad qilib olishi, butun vujudi bilan maftun bo‘lishi kerak. Keyin bu baxt saodatga olib boradigan ish-amal va vositalarning nimalardan iborat ekanligini bilib olishi zarur. So‘ngra esa baxt saodatga ergashtiradigan ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog‘i lozim bo‘ladi.

    Download 0,98 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   108




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bajaradigan vazifalari, sohalariga qarab sotsial dinamikaning quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin

    Download 0,98 Mb.