• 1- bob. Jamiyatni axborotlashtirish 1.1. Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish jarayonlari
  • va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini




    Download 2.86 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/148
    Sana09.11.2022
    Hajmi2.86 Mb.
    #29601
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   148
    Bog'liq
    21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh
    4-AMALIY, 2-лекция (2), 2,3,4,7,5 sinf matematikadan testlar(@Elektron kitoblar N1), Полупроводник lab-praktikum1, 2021 Тулиновская конференция 239-141 бетлар, ВИДЫ И ФОРМЫ ОРГАНИЗАЦИИ ОБРАЗАВАНИЯ, dmografiya, kurs ishi (2), Turizm firmasining sayt tahlili, 4-amaliy mashg’ulot. Mavzu O’qitishning interaktiv strategiyasi, 1.2. C dasturlash tilining asosiy tushunchalari (2), 1-mavzu, nozova ozoda, beyjik01, Individ, shaxs va individuallik
    va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini 
    keng joriy etish orqali mamlakatimiz maktablarida, kasb-hunar kollejlari, 
    litseylari va oliy o’quv yurtlarida o’qitish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim 
    muassasalariningg o’quv-labaratoriya bazasini zamonaviy turdagi o’quv va 
    labaratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustaxkamlash; zamonaviy 
    axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli 
    telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda internet tizimini yanada 
    rivojlantirish, ularni har bir oila hayotiga joriy etish va keng o’zlashtirish ... “ 
    shu kunning dolzarb vazifalaridir. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



    1- bob. Jamiyatni axborotlashtirish 
     
    1.1. Axborotlashgan jamiyatni shakllantirish jarayonlari 
    YAngi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan 
    iqtisod shakliga aylanmoqda. YA’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan 
    o’rni tobora yuksalmokda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamg’arilgan 
    axborot va bilimlarning 90 % i so’nggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va 
    bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida, 
    jumladan, ta’limda ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng 
    ko’lamda samarali foydalanishni talab etmoqda. 
    Axborot xuddi an’anaviy resurslar kabi izlab topish, tarqatish mumkin bo’lgan 
    resursga aylandi. Ushbu resursning foydalanadigan umumiy hajmi kelgusida 
    davlatlarning strategik imkoniyatini, shuningdek mudofa qobiliyatini ham belgilab 
    beradi, deyishga jiddiy asos bor [`13,18,19]. 
    Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot 
    texnologiyasi, 
    modellash, 
    ma’lumotlar 
    manbai, 
    dasturlashtirish, 
    shaxsiy 
    kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar 
    jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi. 
    Axborot - ijtimoiy, iqtisodiy tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti 
    natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilarning amaliy faoliyati 
    davomida to’plagan tajribalari majmui demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar 
    ekan, turli-tuman voqea, xodisalar va jarayonlarning bir - biriga aloqadorligini, o’zaro 
    munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko’rish maqsadida 
    ko’pdan ko’p dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariy bilimlar 
    amaliyot bilan birlashadi. 
    Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborot oqimining juda ham 
    kengayishiga olib keldi. Axborot oqimining tobora kengayib borganidan shu narsa 
    ham dalolat bera oladiki, o’tgan asrning 70-yillar o’rtalariga keliboq ishlab chiqarish 
    kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga etgan ediki, ulardan oqilona foydalanish, 
    ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun yiliga 10
    16
    arifmetik amalni bajarish 
    kerak bo’ladi. Tabiiyki, bunday murakkab hisob - kitobni cho’t qoqib amalga oshirib 
    bo’lmaydi. 10 milliard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shuncha 
    arifmetik amalni echa olishi mumkin.
    Axborot resurslarini oqilona tashkil etish va foydalanishda ular mehnat, 
    moddiy va energetik resurslar ekvivalenti sifatida namoyon bo’ladi. Ayni paytda 
    axborot — bu boshqa barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanish hamda 
    ularni asrab-avaylashga ko’maklashuvchi yagona resurs turidir. 
    XXI asrga kelib insoniyat tarixida ilk bor sanoati rivojlangan mamlakatlar 
    ishlab chiqarishida axborot ish quroliga aylandi. Moddiy ishlab chiqarish sohasidan 
    mehnat resurslarining og’ishmay axborot sohasiga o’tib borishi tendentsiyasi tobora 
    yaqqol sezilmoqda. Buning asosiy sababi shundaki, ishlab chiqarish sur’ati o’sishi va 
    rivojlanishi jarayonida qarorlar qabul qilish hamda boshqarish uchun zarur bo’lgan 
    axborot hajmi oshib bormoqda. Bu o’sish avvalo, iqtisodiy, texnik, ilmiy, texnologik 
    va ijtimoiy tizimlar va jarayonlarda namoyon bo’lmoqda. 


    10 
    Axborot hajmining ortishi va uni qayta ishlash vositalarining 
    rivojlanmaganligi insonning u to’g’risida ta’savvurga ega bo’lishi va ulardan 
    foydalanishini qiyinlashtiradi. Ko’plab vaqt axborotni qidirishga, ajratishga va 
    foydalanishga ketadi. Axborot fondlari har bir insonga xizmat qilishi uchun yangi, 
    zamonaviy vositalar kerak bo’ladi. SHuning uchun XX asr o’rtalariga kelib 
    axborotni ishlash sohasida ko’p odamlar shug’ullana boshladi. Axborot bilimlar 
    manbai sifatida jamiyat uchun strategik resursga aylandi. Bu resurslardan samarali 
    foydalanish esa jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog’liq. 

    Download 2.86 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   148




    Download 2.86 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimediya vositalarini

    Download 2.86 Mb.
    Pdf ko'rish