|
-§. VIDEOKONFERENSIYALARNI
|
bet | 105/109 | Sana | 18.01.2021 | Hajmi | 1,79 Mb. | | #13041 |
6.3-§. VIDEOKONFERENSIYALARNI TASHKIL QILISH
Inson faoliyatining turli sohasida axborot almashish, muam-moni jamoa bo‘lib muhokama qilish natijasida yangi natijalarni olish zaruriyati konferensiya, seminarlar, yig‘inlar kabi muloqot shakllarini keltirib chiqardi. Hozirda biror bir jiddiy ishni oraliq natijalar, yakunlar, variantlar, qarorlar variantlari, opponentlarni tinglash va tegishli qarorlar qabul qilishning turli darajalarida hal qilmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi.
Axborotni uzatish va qayta qabul qilishning raqamli texnikasi imko-niyati telekonferensiya – yangi texnik darajada telefon va televideniyening birga qo‘shilgani – telekonferensiyani tashkil etish imkoniyatini beradi. Telekonferensiyani o‘tkazish texnologiyasi bir paytning o‘zida turli muas-sasalarning turli masofadagi kishilari bilan birgalikda muloqot qilish imko-nini yaratadi. Ishtirokchilar bunda nafaqat bir-birini ko‘rish va eshitish bilan birga yonma-yon, yuzma-yuz turgandek sharoitga ega bo‘ladilar.
Telekonferensiyaning asosiy afzalliklari kuyi-dagilar:
Dolzarb masalalar muhokamasini tezkor tashkil etish va hududiy jihatdan uzoqda bo‘lgan, bu masalaga qiziqqan o‘rtoqlarni o‘z vaqtida xabardor qilib qo‘yish. Bu holatda biror joyga borishga va transport harajatlariga zaruriyat qolmaydi. Mutaxassis o‘z ish joyidan uzoq vaqt ketmaydi.
Muhokama qilish uchun ishtirok etuvchi tashkilotlardan biridagi har qanday materialdan – jadval, diagramma, matndan foydalanish mumkin. Ba’zan ayrim hisob-kitoblar qilish yoki model vaziyatlarni qaytarish kerak bo‘lib qoladi. Bularning barini telekonfe-rensiya uchun foydalaniladigan texnika yordamida bajarish mumkin.
Telekonferensiya apparaturalari mavjud bo‘lganda, muhokama etiladigan muammo bo‘yicha qaror qabul qilish uchun katnashishi zarur mutaxassislar doirasini kengaytirish mumkin. An’anaviy usullar orqali esa ishni amalga oshirish mushkul.
Telekonferensiya paytida ma’lumotlar bazasi bilan aloqa bo‘lganda deyarli har qanday ma’lumotnoma axborotidan foydalanish va u bilan butun telekonferensiya ishtirokchilarni tanishtirish mumkin bo‘ladi.
1.32-rasmda telekonferensiyani o‘tkazish uchun binoga (zalga) joylashtirilgan apparaturalar ko‘rsatilgan.
|
| |