• Internet tarmog‘i.
  • Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti




    Download 1.79 Mb.
    bet107/109
    Sana18.01.2021
    Hajmi1.79 Mb.
    #13041
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
    6.4-§. INTERNET

    Internet – bu butun dunyoni qamrab oluvchi global kompyuter tarmog‘idir. 1995 yidda Internet 150 dan ortiq mamlakatda 40 milli-on atrofidagi abonentga ega edi. Internet tarmog‘i har oyda 7 - 10 % ga ko‘paymoqda. U dunyodagi muassasalar yoki xususiy shaxslarga tegishli turli axborot tarmoqdarini ta’minlovchi yadroni tashkil etadi.

    Internet tarmog‘i. Internet – xuddi shu nomdagi jamiyat tomoni-dan tuzilgan halqaro axborot tarmoqlarining global tarmog‘i sana-ladi. Bu butun jahon aloqa tarmoga orqali sizning kompyuteringiz har qanday turdaga kompyuter bilan o‘zaro aloqa qilish imkoniga ega. Halqaro assotsiatsiyani tashkil etishda ishtirok etgan tashkilot-lar 1991 yil Internet jamiyatini tashkil qilishdi. Uning asosiy va-zifasi Internet texnologiyasini keng joriy etish va axborot tarmoq-larining global axborot tarmog‘iga birlashishiga ko‘maklashishdir.

    Internet Assotsiatsiyasi 1995 yil boshida 16 mingdan ortiq tarmoqni birlashtirar edi. Ularning ichida birinchi navbatda quyidagilarni ajratib ko‘rsatish lozim:

    Izenet – global tarmoq bo‘lib, asosiy vazifasi turli mavzularda keng ko‘lamda yangiliklarni tarqatish va telekonferensiyalar tashkil etish sanaladi.

    Bithet – foydalanuvchilarga ko‘p sonli ma’lumotlar bazasini taqdim etadi va ilmiy telekonferensiyalarni tashkil etadi. Shuningdek, abonentlarning pochta kugisiga axborotlar yuboradi.

    Internetga AQSH dagi NBONE, Anshet, Yevropadagi NORDUnet, EUNET kabi bir qator baza tarmoqlari kiradi.

    Internet da uchta asosiy tarmoq xizmati ajralib turadi. Bular:



    • oddiy protokolga (SMTP) muvofiq har qanday foydalanuvchiga yoki ko‘plab sheriklarga xabar jo‘natish imkonini beruvchi elektron pochta;

    • ma’lumotlarni uzatish protokoliga (FTP) muvofiq fayllarni bir abonent tizimidan boshqasiga uza­tish;

    • terminallarning olisdan turib kirish interfeysi. U TELNet deb nomlanib joriy vaqt rejimida tarmoqning tizimlarida bo‘lgan amaliy dasturlar bilan ishlashini anglatadi.

    Internet da yangi tarmoq xizmatlari paydo bo‘lgan. Unga birinchi galda WWW – global birlashuv xizmatini kiritish mumkin. Mazkur xizmat barcha qit’alardagi hujjatlarga kirish imkonini beradi. Dasturiy ta’minotni elektron tarqatish xizmati, shuningdek real vaqt rejimida ishlovchi kitob tashabbusi xizmati mavjud. Bu tarmoq xizmati buyurtmachilarga Internet orqali kitoblarning to‘liq matnini (illyustratsiyalari bilan) uzatadi. Barcha tarmoqlar AQSH Milliy ilmiy fondi (NSF) tomonidan belgilangan kommunikatsiya servisini amalga oshiradi.

    Intemet ga ikki xil usulda kirish mumkin. Ulardan biri odatiy aloqa, ya’ni TCP/ip protokolidan foydalanib amalga oshiriladi. Bu uslub Internet lokal tarmoqdariga ulanishda ayniqsa samaralidir. Ikkinchi uslub Internet ga kommunikatsiya telefon tarmoga orkdpi ulanish bilan bog‘liq.

    Word-Wide-Web (WWW) – global ulanish tarmo­ga – Internet ma’lumotlar tarmog‘i bazasiga kirishning gipermuhit yaratish xizmati tarmog‘idir.

    WWW xizmati modeli – bu o‘ta katta assotsiatsiyali ma’lumotlar ba-zasi konsepsiyasidir. Ularning ichida axborot bloklari bo‘lgan turli hujjatlar ham bor. Hujjatlar matn, ovoz va tasvir kabi har xil ob’ektlarga ega.

    WWW xizmati 1991 yil European Particle Physic Laborstory (Jeneva)da ishlab chiqilgan. Uning asosiy g‘oyasi katta jadval yaratishdan iborat bo‘lib, uning cho‘qqisini hujjatlar tashkil etadi. Ulardagi so‘z va iboralar o‘zaro aloqalarni belgilaydi. Natijada hujjatlar serverlarning ko‘p sonli ma’lumotlar bazasida joylashadi va ularning assotsiativ aloqasi Inter­net da bir-biriga bo‘lgan murojaatlarning o‘ziga xos «turi»ni tashkil etadi. WWW serverlarida foydalaniladigan hujjatlar gipermatnli, yuqori daraja-dagi til (HTML) talablariga ko‘ra yozilgan bo‘lishi kerak. WWW xizma-tiga kiruvchi barcha ma’lumotlar bazalari yagona grafiklik interfeysga ega. U Mosaic deb ataladigan amaliy dasturlarni super qayta ishlovchi AQSH Milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan dastur bilan belgilanadi. Giper-matnni uzatish protokoli (HTTP) minglab ma’lumotlar bazasi bilan o‘zaro ishlash imkonini beradi va quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:


    • abonentlarning gipermuhit bo‘ylab harakatlanish imkoniyati;

    • har qanday namunadagi ma’lumotlar bilan ishlash;

    • bazalar bilan dialogni ushlab turish;

    • gipermuhitda foydalanilgan o‘tishlar tarixini eslab qolish.

    Ushbu protokolga muvofiq mijozlar uchun amaliy dasturlar ishlab chiqilgan. Mazkur amaliy dasturlar asosida firmalar, banklar va muassasalar uzlarida mavjud kzlmmatli hujjatlarni yangi usulda saqlash, kshshrish va o‘ziga kerakli hujjatlarni bir zumda oladi.

    Internet da ishlash uchun nima qilish kerak?



    1. Kompyuterni tanlash:

    1. Protsessor Internet ga kirish uchun mos keladigan IBM kompyu-terlariga masalan, Intel 486 pposecsorlari to‘g‘ri keladi. Ammo, Pentium protsessorli Netscape va Internet Expolorer kabi dasturlar nisbatan tezroq ishlaydi. Boshqa teng sharoitlarda katta chastotali SHK ancha tez ishlaydi. Minimal takt chastotasi 100 MGs ga teng.

    2. Operatsion tizim. Internet tarmog‘ida ishlashi uchun ko‘proq Windows – 95 va undan yuqori, professionallar uchun esa Windows – NT tizimi ancha samarali.

    3. Xotira Windows - 95 va undan yuqori, Windows bilan ishlash-dagi eng minimal xotira hajmi – 16 Mb ga teng. Xotira hajmi 8 Mb ga teng bo‘lganda kompyuter ishlay olmaydi, ammo toshbaqa tezligida harakat qiladi.

    4. Displey. Internet da ishlash chog‘ida rang bu shunchaki chiroyli narsa emas, bu zaruriyat hamdir. Displeylar ishlashi uchun 2 Mb video xotira hajmga ega alohida videoplata zarur bo‘ladi.

    5. Diskdagi hajm ko‘lami. Juda katta disk talab etiladi. Bunda bir necha dasturlarni installash kerak bo‘ladi va shundan so‘ng diskda murojaat etilgan ma’lumotlar nusxasini saqlash uchun kamida 50 – 75 Mb joy qolishi kerak.

    6. Boshqa kerakli jihozlar: «sichqon», ovoz platasi va ovoz kuchaytirgich (yoki kolonka, akustik tizim), CD o‘tkazgichi.

    7. Tarmoqqa kirish uchun tizim:

    • modem – kompyuterga telefon liniyalari orqali boshqa kompyu-terlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi qurilma Internet modemdan tashqari boshqa tez harakatlanuvchi texnologiyalar ham mavjud;

    • raqamli telefon marshrut (ISDN – Integrated Services Digital Network);

    • kompleks xizmat ko‘rsatuvchi raqamli aloqa. Bu texnologiyaning ustun tomoni shundaki, unda har bir 64 K/bit axborotni o‘tkaza oluvchi ikkita liniyaga ega. ISDN vositasining asosiy kamchiligi – bu ularning narxi (maxsus qurilmalar – adapter va raqamli tele­fon zarur);

    • tarmoq kompyuterlari (network computer);

    • telefon liniyalari (ajratilgan).

    1. Kirish xizmati ko‘rsatuvchilardan yoki Internet (Internet Service Provider – ISP) provayderlardan birining abonenti bo‘lish.

    Provayder Internet – bu modemlardan foydalangan holda Internet ga kirishga imkon beruvchi kompaniya. Ayrim Internet provayderlarning faoliyat sohasi umummilliy, hatto halqaro ko‘lamda joriy etiladi, boshqalari esa nisbatan kichikroq hududlarga xizmat ko‘rsatadi. Shunisi muhimki, xizmat ko‘rsatish darajasi talablaringiz darajasiga javob bersin.

    Ko‘pchilik Internet provayderlari quyidagi xizmat turlarini ko‘rsatadi:



    • vaqtinchalik saqlash uchun elektron pochta va poch­ta qutisi manzili;

    • Internet ning guruh yangiliklariga kirish;

    • Netscape Navigator va Internet Explorer kabi brouzerlardan foyda-langan holda World Wide Web resurslariga cheklanmagan holda kirish;

    • Internet Relay Chat (IRC) kabi ilovalar.

    1. Provayder bilan quyidagi masalalarni hal etish:

      • cheklanmagan kirish uchun qattiq plata o‘rnatilganmi? Har doim cheklanmagan kirish imkoniyatidan foydalanish;

      • ishtirok etishning mahalliy punkti mavjudmi? Ishtirok etish punkti – bu mahalliy kompyuter xiz­mati bo‘lib, unga mahalliy telefon raqami orqali kengroq kirish mumkin. Agar mahalliy punktga ruxsat bo‘lmasa, shaharlararo telefon gaplashuviga pul kerak bo‘ladi;

      • texnik jihatdan ko‘mak beriladimi? Bu o‘rinda biror muammo yuzaga kelganda telefon qilib yordam so‘rash mumkin bo‘lgan biror kishining bor yoki yo‘qligi haqida gap ketayapti;

      • xizmat ko‘rsatish imkonyayatlari qanday? Ya’ni ish tig‘iz paytda bemalol ishlash uchun modemlar soni yetarlimi?

      • vaqtinchalnk cheklovlar bormi? Ya’ni Interaet da bir sutka davomida necha soatgacha ishlash mumkin. Bun­da har qanday vaqtda Internet ga ki-rish uchun provayder barcha kerakli dasturiy ta’minotni taqdim etadimi? Bunday dasturiy ta’minotlar CD-ROM diskida (yoki disketalar to‘plami-da) bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham u quyidagi masalalarni hal etishi lozim:

    1. Internetra kirish uchun Windows tizimini konfiguratsiyalash;

    2. mahalliy Internet provayderi bilan aloqani ta’minlovchi aloqa dasturini installyaniyalash va konfiguratsiyalash;

    3. taqdim etiladigan dasturiy ta’minotga barcha kerakli ilovalar kirishi lozim.

    • Web tizimiga axborotni joylash uchun joy bepul ajratiladimi?

    1. Nimaga ega bo‘lish kerak? Kundalik ishlash uchun kompyuterda saqlanadigan asboblar to‘plash zarur. Ma­salan, World Wide Web tizi-midagi hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun brouzer (Netscape Navigator) kerak bo‘ladi. Pochta dasturlarini (Email program) o‘qish va jo‘natish uchun, ya’ni telekonferensiyaning bahs guruhida ishtirok etuvchilar odamlarning fikrini bilishi uchun kompyuterga yangiliklarni ukish dasturini (New reader) o‘rnatish lozim. Internetdan foydalanish chog‘ida qiziqarli va foydali ishlarni qiladigan boshqa dasturlar ham bor.

    2. Nimalarni bilish va uddalay olish kerak? Avvalo Internet dasturlari bilan ishlay olish kerak.

    Internet ni o‘rganish avvalo, ushbu tarmoqda ishlash uchun dasturlarni o‘rganishni nazarda tutadi. Bu dasturlar asosan, Windows-95 va undan katta operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydigan kompterlardan foydalanish uchun mo‘ljallangan.

    Ularning ko‘pchiligidan bepul foydalanish mumkin. Biroq ayrimlaridan ma’lum bir vaqt davomida (odatda o‘ttiz kun) foydalansa bo‘ladi. Agar bunday dastur bilan keyinchalik ham ishlashga to‘g‘ri kelsa tegishli badalni to‘lash talab etiladi.

    1). O‘rganish zarur bo‘lgan dastur – bu Web brouzer (masalan, Netscape Navigator yoki Microsoft Internet Explorer).

    2). Web tizimida ishlashni o‘rganish.

    3). Elektron pochta bilan ishlashni o‘rganish. Amaliyotda foydalanish oson (masalan, Pronto 96), ammo elektron pochtaning ko‘plab funksiyalari mavjud bo‘lgan dasturlar bor.

    4).Internet telekonferensiyasidan foydalana bi­lish. Yangiliklarni o‘qishning oson dasturlaridan (ma­salan Netscape Navigator yoki Micro-soft Internet Explorer brouzerlar tarkibiga kiruvchi) foydalaniladi.



    5). Internet orqali suhbatlashish. Internet dan borgan sari joriy vaqt rejimida muomala qilish uchun foydalanilmoqda. Bundan tashqari global tizim orqali suhbatlashish mumkin (Pelay Chat), ya’ni klaviatura yordamida kishilar O‘z gaplarini matn orqali uzatishlari mumkin.

    1. Fayllar bilan ishlash. Internet da milliondan ortiq fayllar mavjud.

    2. O‘z sahifalarini yaratish (home). Buning uchun provayder o‘z mijozlariga Web – sahifalarida reklamalar joylashtirish uchun ma’lum bir joy ajratilishi mumkin. Uni FTP Explorer dasturi yordamida provayder serveriga jo‘natish mumkin.

    Shuni qayd etish lozimki, Internet tarmog‘ining keng bazasi, qulay dasturlari, tez va arzon global tarmog‘i, hamkorlikda ishlash uchun qulayligi keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi.

    Global tarmoqdan foydalanuvchilar AQSH, Kana­da, Avstraliya va boshqa mamlakatlarning tijorat va notijorat axborot xizmatla-riga kirib borishlari mumkin. Internetning erkin kirib boriladigan tarmoq arxivlarida ilmiy kashfiyotlardan tortib ertangi kun ob-havosi haqidagi ma’lumot-largacha olish mumkin. Ishbilarmonlar uchun shu narsa muhimki, tarmoq butun dunyodagi hamkorlar bilan aloqaaa bo‘lish imkoniyatini beradi. Bu boradagi axborot hajmi esa tom ma’noda fantastik darajada.



    Bundan tashqari, Internet butun jahon bo‘yicha eng arzon, ishonchli va konfendensial aloqa imkoniyatini beradi. Bu butun dunyo bo‘yicha o‘z filiallari bo‘yicha transmilliy korporatsiya va boshqaruv strukturalariga ega firmalar uchuy juda qulay. Shu bois yo‘ldosh kanal yoki telefon orqali halqaro aloqadan ko‘ra Internet infratuzilmasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompyuter orqali foydalanish ancha samarali va arzonga tushadi.



    Download 1.79 Mb.
    1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




    Download 1.79 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    Download 1.79 Mb.