• ALTning texnik vositalari
  • Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali




    Download 12,65 Mb.
    bet64/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    1-Laboratoriya ishi

    Mavzu: ALTning texnikaviy vositalari.
    1. Ishdan maqsad:
     ALTning texnik vositalari qanday masalalarni yechadi;


    2. Kerakli jihozlar:
    Pentium 4 shaxsiy kompyuteri;
    Proyektor.


    3. Ishni bajarish tartibi
    Nazariy ma’lumotni o`rganish;
    Keltirilgan amaliy ko`rsatma bajarish;
    Shaxsiy topshiriqni olish va bajarish;
    Laboratoriya ishi bo`yicha hisobotni rasmiylashtirish;
    Nazorat savollariga javob berish.

    ALTning texnik vositalari
    Texnik vositalar (TV) va umumtizimiy dasturli ta‘minot (DT) ALTning instrumental bazasini tashkil qiladi. Ular fizikaviy muhitni hosil qiladi; bu muhitda ALTning boshqa turdagi ta‘minotlari (matematik, lingvistik, informatsion va h.k.) realizatsiya qilinadi. Muhandis ushbu muhit bilan o‗zaro muloqotda bo‗lib va loyihalashning turli masalalarini yechib, texnikaviy ob‘yektlarni avtomatlashtirilgan loyihalashni amalga oshiradi. Loyihalash jarayonida texnikaviy vositalar va umum dasturli ta‘minot informatsion qayta shakllantirish va uni masofada va vaqtda uzatishni ta‘minlash bo‗yicha turli, lekin o‗zaro bog‗liq funktsiyalarni bajaradi.
    Texnik vositalar ALTda quyidagi masalalarni yechadi:
    - loyihalash ob‘yekti bayonining birlamchi ma‘lumotlarini kiritadi;
    - kiritilgan informatsiyani nazorat qilish va muharrirlash maqsadida uni aks ettiradi;
    - informatsiyani qayta shakllantiradi (ma‘lumotlar taqdim qilinishini shaklini o‗zgartirish, qayta kodirovka qilish, translyatsiya qilish, arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish, ma‘lumotlar strukturasini o‗zgartirish va sh.k.);
    - turli informatsiyalarni saqlaydi;
    - yechimning natijaviy va oraliq natijalarini aks ettiradi;
    - masalani yechish jarayonida loyihalovchining tizim bilan operativ muloqotini ta‘minlaydi.

    Ushbu vazifalarni bajarish uchun ALTning texnikaviy vositalarni o‗z ichiga protsessorlar, operativ xotira (OX), tashqi xotirada saqlovchi qurilmalar (TXQ), informatsiyani kirituvchi- chiqaruvchi qurilmalar (IKChQ), insonning EHM bilan operativ muloqotini ta‘minlovchi qurilmalar, EHMning masofadagi terminallar va boshqa mashinalar bilan aloqasini ta‘minlaydigan qurilmalarni oladi. ALTning ishlab chiqarish jihozi bilan bevosita aloqasini yaratish zarurati tug‗ilganda texnikaviy vositalar tarkibiga loyihalash natijalarini dastgohlar, texnologik komplekslar va avtomatlarni boshqaruvchi signallarga o‗zgartiradigan qurilmalar kiritilishi kerak.


    Yuqorida qayd qilingan masalalarni texnikaviy vositalar umumtizimiy DT bilan birgalikda yechadi.Umumtizimiy dasturli ta’minot deganda EHMning operatsion tizimi (OT) nazarda tutiladi. EHM texnikaviy vositalari va uning dasturli ta‘minoti majmui hisoblash tizimi (HT) deb ataladi.
    OT vazifasi - HTda hisoblash jarayonini tashkil qiladi; yechilayotgan alohida masalalar orasida hisoblash resurslarini ratsional taqsimlash; foydalanuvchilarga dasturlash jarayonini va ularning masalalarini sozlashni yengillatuvchi har xil servis vositalarini taqdim qilishdir.
    Operatsion tizim qayd qilingan funktsiyalarni HTning o‗tkazish qobiliyatini oshirish, loyihalovchi so‗roviga tizim reaktsiya qiladigan vaqtni kamaytirish va HT resurslaridan foydalanish samarasini oshirish maqsadida bajaradi. ALTda odatda hisoblash texnikasining keng tarqalgan universal vositalari va vazifasi umumiy bo‗lgan operatsion tizimlardan foydalanishadi. Texnik vositalarning muammoli yo‗nalishi hisoblash texnikasining har xil qurilmalari ALT texnikaviy vositalari kompleksiga birlashtirilganida amalga oshadi. Umumtizimiy DT tarkibini aniqlashda odatda HTning talab qilinadigan ish rejimlarini eng samarali ta‘minlaydigan va uning hamma resurslaridan ratsional foydalanishni ta‘minlaydigan OTni tanlashadi.
    Operatsion tizim foydalanuvchi va HT orasida o‗ziga xos interfeys vazifasini bajaradi, ya‘ni OT foydalanuvchiga virtual hisoblash tizimini taqdim etadi. Demak, HT foydalanuvchida HT imkoniyatlari, u bilan ishlash qulayligi, uning o‗tkazuvchanlik qobiliyati haqida tushuncha shakllantiradi.Turli OTlar bir xil texnikaviy vositalarda foydalanuvchiga hisoblash jarayonini tashkil qilish yoki ma‘lumotlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish uchun har xil imkoniyatlar berishi mumkin.
    OT ko‗p sonli har xil yordamlarni, servis vositalarini, amaliy dasturlar unumdorligini oshirish usullarini ham taqdim etadi; ularni bilish ham yangi dasturlarni yaratishda va ham mavjud ALT komplekslaridan foydalanishda foydalanuvchining imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.
    MS-DOS operatsion tizimi IBM PC kompyuteri dunyosini deyarli o‗n besh yil boshqardi. Haqiqatda qulay bo‗lgan grafikaviy operatsion tizim 1995 yil oxirida paydo bo‗ldi, ungacha dasturlarning asosiy massasi MS-DOS tizimi uchun chiqarildi.
    1995 yil oxirida Microsoft korporatsiyasi Windows 95 OTni chiqardi. Bu OT MS-DOS ni butunlay almashtirdi. 1998 yilda Microsoft korporatsiyasi OTning yangi versiyasi - Microsoft Windows 98 ni taqdim qildi. Bu OT mukammal bo‗lib tuyuldi, lekin Windows 98 tizimi qanchalik yaxshi bo‗lmasin, u kompyuterning apparat qismidan juda «uzoqda». MS-DOS tizimi kompyuterga «yaqinroq».kompyuter MS-DOS tizimida start oladi va undan keyingina Windows 98 ni tashkil qiluvchi juda katta dasturlar paketini yuklaydi. MS-DOS kompyuter va Windows 98 tizim orasida «ko‗prik» vazifasini bajaradi. «ko‗prik»larning bunday zanjiri resurslarning bir qismini o‗ziga «tortib oladi». Turli operatsion tizimlarning operativ xotirasi talab qiladigan hajm 1.1-jadvalda ko‗rsatilgan.



    1.1-jadval Tavsiya qilinadigan hajm

    Yil

    Operatsion tizim

    Minimal talablar

    1992-1995

    Windows 3.1

    4 Mbayt

    8-16 Mbayt

    1995-1998

    Windows 95

    8 Mbayt

    16-32 Mbayt

    1998-2000

    Windows 98

    16 Mbayt

    32-64 Mbayt

    2001

    Windows Millenium

    32 Mbayt

    64-128 Mbayt

    2002

    Windows XP

    64 Mbayt

    128 Mbayt-4 Gbayt




    Download 12,65 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   83




    Download 12,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali

    Download 12,65 Mb.