• 1-rasm. AutoCAD interfeysi
  • Menyu qatori.
  • Asboblar paneli.
  • Grafik maydon.
  • Holat qatori.
  • Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali




    Download 12,65 Mb.
    bet66/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    AutoCAD interfeysi. AutoCAD dasturiy ta’minoti Windows operatsiya tizimi qobig`ida ishlashi uchun yaratilganligini hisobga olsak, u operatsion tizimga xos interfeys (“tashqi ko’rinish”)ga ega. Agar siz Windows OT dagi boshqa dasturlar interfeysi bilan tanish bo`lsangiz, oyna elementlari yoki buyruqlarni kiritish bo`yicha qiyinchiliklar yuzaga kelmaydi.
    AutoCAD dasturi ishga tushirilgandan so`ng u ekranda 1-rasmda ko`rsatilgan holatda (interfeysda) namoyon bo`ladi. Ushbu interfeysdagi asosiy elementlar quyidagilar:
    dastur hamda yaratilayotgan fayl (chizma) nomi (ekranning eng yuqori qismida joylashgan);
    menyu qatori (buyruqlarni vazifasiga ko`ra guruhlarga bo`lib aks ettirish);
    holat qatori (ekranning quyi qismida joylashgan);
    grafik oyna (chizmalar chizish uchun mo`ljallangan maydon);
    buyruqlar qatori (klaviatura orqali bevosita buyruq kiritish uchun mo`ljallangan);
    xochsimon kursor (sichqonchani grafik oynadagi harakatini ko`rsatuvchi o`zaro kesishgan ikki chiziq shaklidagi kursor);
    asboblar paneli.


    1-rasm. AutoCAD interfeysi
    Yuqorida aytib o`tilgan asosiy elementlarga qisqacha to`xtalib o`tamiz.
    Eng yuqori qatorda Windows OT qobig`iga xos tarzda ishlatilayotgan dastur hamda yaratilayotgan fayl nomi joylashadi. Masalan, ishga tushirilgan dastur – AutoCAD, yaratilayotgan fayl (chizma) – Drawing1.dwg. Fayl nomi dastur yuklanganda AutoCAD tomonidan yaratiladi, keyinchalik foydalanuvchi tomonidan o`zgartirilishi mumkin.
    Menyu qatori. AutoCAD bir necha yuzlab buyruqlar mavjud bo`lib, ularni foydalanuvchi tomonidan oson topilishini ta’minlash uchun ish maqsadiga ko`ra guruhlarga ajratiladi. Masalan, Drawing (Chizish) menyusida chizma chizish uchun mo`ljallangan buyruqlar: chiziq, nur, aylana, yoy, ellips va h. lar ro`yxati o`rin olgan.
    Asboblar paneli. Umum maqsadni bajarish uchun mo`ljallangan turli buyruqlarni tez topish uchun ularni piktogrammalar shaklidagi to`plam holatiga keltirilgan. Piktogrammaning vazifasi menyuda mavjud bo`lgan yoki foydalanuvchi tomonidan yaratilgan buyruqlarni oson va zudlik bilan ishga tushirishdan iborat. Buyruq piktogrammasi buyruq bajaradigan ishga mos rasmcha bilan ifodalangan.
    Grafik maydon. Chizmalarni qurish jarayoni AutoCAD ning asosiy oynasida kechadi. Grafik maydon cheksiz. Istalgan kattalikda ob’yektlarni 1:1 masshtabda chizish va uni ekranda ko`rinishi qulay bo`lishi uchun kichraytirish – “zum”lash mumkin. Lekin bu yerda masshtab va tasvir ko`rinishi bir narsani aks ettirmaydi, ya’ni ekranda ko`rinishi qulay bo`lishi uchun kichraytirilgan-“zum”langan ob’yekt masshtabi o`zgarmay qoladi.
    Buyruqlar qatori. AutoCAD dasturida buyruqlar menyu, asboblar paneli, buyruqlar qatori va qisman sichqonchaning o`ng tugmasini bosilganda paydo bo`luvchi menyu orqali berilishi mumkin. Buyruqlar qatorida tanlangan buyruqni boshqarish, parametrlar va qiymatlar kiritiladi. Bajarilayotgan barcha buyruqlar avtomatik tarzda buyruqlarni bajarilish protokoliga qo`shib boriladi. Shuningdek, AutoCAD 2007 buyruq parametrlarini dinamik kiritish funksiyasi orqali ham kiritish mumkin.
    Holat qatori. Holat qatorida kursorning koordinatasi va chizma chizish rejimi holati: qadam (SNAP), to`r (GRID), orto (ORTHO), bog`lash (OSNAP) va h. aks etgan. U yo bu rejimni yoqish yoki o`chirish uchun sichqonchaning chap tugmasini mos rejim ustiga bosish yoki F3-F11 funksional tugmalarini bosish orqali amalga oshiriladi.

    Download 12,65 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   83




    Download 12,65 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali

    Download 12,65 Mb.