• Xossalar palitrasi.
  • FUNKSIONAL TUGMALAR
  • Kursor va tanlash nishoni




    Download 12,65 Mb.
    bet67/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    Kursor va tanlash nishoni. Kursor chizmadagi nuqtani (asosan sichqoncha yordamida) ko`rsatish uchun, tanlash nishoni – ob’yektlarni tahrirlash maqsadida tanlash uchun mo`ljallangan. Ekranda chizmani qulay harakatlantirish uchun sichqoncha g`ildirakchasidan foydalanish maqsadga muvofiq: g`ildirakchani aylantirish orqali “zum”lashtirish va g`ildirakchani bosib turib sichqonchani harakatlantirish bilan “panorama” – chizmani ixtiyoriy tomonga surish mumkin.
    Xossalar palitrasi. AutoCAD tomonidan qurilgan istalgan ob’yekt – chizmaning eng kichik birligi uchun uni tavsiflovchi aniq to`plamdagi xossalar mavjud: qavat, qalinlik, rang, chiziq turi, shuningdek ob’yektning geometrik parametrlari, masalan, aylana uzunligi, doira yuzasi va b. Ushbu xossalarni qulay ask ettirish va ularni o`zgartirish uchun “Xossalar” (Properties) palitrasi qo`llaniladi.


    FUNKSIONAL TUGMALAR
    CTRL+0 – sof ekran rejimini yoqish/o`chirish;
    CTRL+1 – “Xossalar” (Properties) palitrasini yoqish/o`chirish;
    CTRL+2 – boshqaruv markazini yoqish/o`chirish;
    CTRL+3 – asboblar panellari oynasini yoqish/o`chirish;
    CTRL+4 – adib (“подшивка”) dispetcherini yoqish/o`chirish;
    CTRL+5 – ma’lumot palitrasini yoqish/o`chirish;
    CTRL+6 – MB bog`lash dispetcherini yoqish/o`chirish;
    CTRL+7 – “Izoh-belgi” to`plami dispetcherini yoqish/o`chirish;
    CTRL+8 – tezkor kalkulyator palitrasini yoqish/o`chirish;
    CTRL+9 – buyruqlar oynasini yoqish/o`chirish;
    CTRL+A – chizmaning barcha ob’yektlarini belgilash;
    CTRL+SHITF+A – guruhlarni yoqish/o`chirish;
    CTRL+B – qadamli bog`lashni yoqish/o`chirish;
    CTRL+C – ob’yektlarni almashinuv buferiga saqlash;
    CTRL+SHIFT+C – ob’yektlarni almashinuv buferiga tayanch nuqta orqali saqlash;
    CTRL+F – ob`ekt bog`lanishining joriy rejimini almashtirish;
    CTRL+G – to`r (GRID)ni yoqish/o`chirish;
    CTRL+J, CTRL+M, Enter, “bo`sh katak” (“пробел”) – oxirgi buyruqni qayta bajarish;
    CTRL+N – yangi chizma (fayl) yaratish;
    CTRL+O – mavjud chizma faylini ochish;
    CTRL+P – joriy chizmani chop etish;
    CTRL+S – joriy chizmani saqlash;
    CTRL+SHIFT+S - "Сохранить как" (“Qanday saqlash …”) dialog oynasini ochish;
    CTRL+V – almashinuv buferidan ma’lumotlarni qo`yish;
    CTRL+SHIFT+V - almashinuv buferidan ma’lumotlarni bir blok qilib qo`yish;
    CTRL+X - almashinuv buferidan ma’lumotlarni qirqib olib qo`yish;
    CTRL+Y – oxirgi bajarilgan operatsiyani inkor etish;
    CTRL+Z – oxirgi harakatni inkor qilish;
    CTRL+[, CTRL+\- joriy buyruqni to`xtatish;
    F1 – yordamchi ma’lumotlarni chaqrish;
    F2 – tekstli oynani yoqish/o`chirish;
    F3 – Ob’yektli tutashtirishni yoqish/o`chirish;
    F4 – TABMODE rejimini yoqish/o`chirish;
    F5 – izometrik tekisliklar rejimlarini ketma-ket almashtirish;
    F6 – UCSDETECT rejimini yoqish/o`chirish;
    F7 – GRIDMODE rejimini yoqish/o`chirish;
    F8 – ORTHOMODE rejimini yoqish/o`chirish;
    F9 – SNAPMODE rejimini yoqish/o`chirish;
    F10 – qutbiy kuzatish rejimini yoqish/o`chirish;
    F11 – Ob’yektli tutashtirish kuzatish rejimini yoqish/o`chirish;
    F12 – dinamik kiritishni yoqish/o`chirish.

    Download 12,65 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   83




    Download 12,65 Mb.