• 6. Tavsiya etilgan adabiyotlar
  • 3-Laboratoriya ishi Mavzu
  • «Слои»
  • Создать слой
  • «Выбор типа линий»
  • «Загрузка/перезагрузка типов линий»
  • «Диспетчер свойств слоев»
  • Ishi bo`yicha topshiriqlar




    Download 12,65 Mb.
    bet68/83
    Sana03.02.2024
    Hajmi12,65 Mb.
    #151095
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83
    Bog'liq
    Компютрли лойихалаш УМК 03.11.2018

    4. Ishi bo`yicha topshiriqlar:
    1. AutoCAD dasturini ishga tushiring.
    2. Ekrandagi asboblar panellari haqida ma’lumot bering.
    3. “Ko`rinish” (View) va “Zumlash” (Zoom) asboblar panelini ekranga chiqaring va ularni ekran bo`ylab harakatlantiring.
    4. Agar ekranda “Chizish” (Draw) paneli mavjud bo`lmasa, uni ekranga chiqarish.
    5. To`rni yoqish/o`chirish.
    6. To`r qadamini 10 birlik qilib sozlang.
    7. “Mening hujjatlarim” (Мои документы) papkasining ichiga o`zingizni familiyangiz bilan nomlab papka yarating va uning ichiga chizmani “Birinchi chizma” deb nomlab saqlang.
    8. AutoCAD ishini yakunlang.
    9. Avval saqlangan chizma faylini oching.
    10. Kursorning surilish qadamini 5 birlik qilib sozlang.
    11. Qadamli bog`lanishni yoqing.
    12. ORTHO rejimini yoqing.
    13. Fayl nomini o`zgartirmasdan saqlang.


    5. Hisobot tarkibi:
    1. Ishning maqsadi.
    2. Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
    3. Topshiriq varianti.
    4. Topshiriq yechimining bayoni.
    5. Ish bo`yicha xulosa.


    6. Tavsiya etilgan adabiyotlar
    1. Q.J.Xolliyev. AutoCAD. Toshkent, 2009. - 96 b.
    2. AutoDesk, Inc. Справочник команд. AutoDesk, 2006.
    3. Уваров А.С. AutoCAD 2007 для конструкторов. Москва, 2007. - 400 с.
    4. Аббасов И.Б. Создаем чертежи на компьютере в AutoCAD 2007-2008. М.:ДМК Пресс 2007.–136 с.
    3-Laboratoriya ishi

    Mavzu: AutoCAD grafik muharririda matnlar bilan ishlash, standart stillar yaratish.
    AutoCAD tizimida ob’yektning xususiyatlaridan biri bo‘lgan chiziq turlari bilan ishlovchi yana bir «Слои» - qatlamlar tuzish paneli mavjud (1 – rasm).

    1 – rasm. «Слои» - qatlamlar tuzish paneli.

    Ushbu qatlamlar tuzish panelidagi buyruqlar, murakkab geometrik ob’yektlarni chizish jarayonida, ob’yektning xususiyatlariga nom berib, ularni chizish va boshqarish, hamda ob’yektning ayrim elementlarini muzlatib qo‘yish kabi funksiyalarni amalga oshiradi. (2 – rasm). Unda asosan, chiziladigan ob’yektlarning xususiyatlarini tartibga solgan holda, chizmalrini chizish va ularni boshqarish nazarda tutilgan.



    2 – rasm. «Слои» - asboblar panelidagi buyruqlarning tugmalari.

    Bizga chizmachilik fanidan ma’lumki, mashinasozlik detallarining chizmalarini chizish jarayonida O‘z.DSt. 2.303:68da qabul qilingan «Chiziq turlari»ning qoida va talablariga rioya qilingan holda chiziladi. Chizmalarda asosan detalning tashqi va ichki kontur chiziqlari asosiy tutash (uzluksiz) chiziq bilan uning yo‘g‘onligi 0,6mm dan 1,4mm gacha qalinlikda chiziladi. Qirqim va kesim yuzalarini shtrixlash hamda chizmalarga o‘lchamlar qo‘yish uchun ingichka tutash (uzluksiz) chiziqdan foydalangan holda chiziladi. Ushbu holda ingichka tutash chiziqning yo‘g‘onligi, asosiy tutash chiziqqa nisbatan uch yoki ikki marta ingichka qilib chiziladi. Detalning ko‘rinmas qismidagi chiziq shtrix chiziq bilan uning yo‘g‘onligi esa, asosiy tutash chiziqqa nisbatan uch yoki ikki marta ingichka qilib chiziladi. Aylananing markaz chiziqlari, aylanish va simmetriya o‘qlari shtrix-punktir chiziq bilan, hamda uning yo‘g‘nligi, asosiy tutash chiziqqa nisbatan uch yoki ikki marta ingichka qilib chiziladi. Mazkur Davlat standartida chizma chiziqlarini rangli qilib chizish nazarda tutilmagan. Qatlamlar tuzish jarayonida chizma chizig‘ining xususiyatlaridan biri bo‘lgan, asosiy tutash chiziqni - uzluksiz, qalinligini 0,90mm va rangini oq-qora qilib olish tavsiya etiladi. Ingichka tutash chiziqni – uzluksiz, qalinligini 0,30mm va rangini oq-qora, shtrix chiziqni – невидимая2, qalinligini 0,30mm va rangini oq-qora hamda shtrix – punktir chiziqni – осевая2, qalinligini 0,30mm va rangini oq-qora qilib olish kerak bo‘ladi. Barcha chiziqlarning ranglarini turli ranglarda olish mumkin. Lekin mashinasozlik chizmalarini oq-qora rangda chizish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yuqorida tanlangan chiziqning qalinliklaridan foydalanib A4, A3 va A2 formatlardagi chizilgan chizmalarini Printer yoki Plotter orqali qog‘ozga chiqarilsa, nihoyatda chizma yaxshi chiqadi. Agar chiziq turlari aniq tanlanmasa va chizma formati ham chizmaga mos kelmasa, u holda qog‘ozga chiqarilgan chizmaning chiziqlari bir – biriga jipslashib ketishi mumkin. Shularni barchasini nazarda tutgan holda, quyida qatlamlar tuzib chiqamiz.


    Qatlamlar tuzish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi. 5 – rasmga qarang!
    1. 2 – rasmdagi «Слои» - qatlamlar panelining ushbu qatlamlar va uning xususiyatlarini boshqarish tugmasi LM bilan belgilanadi. Undan so‘ng, «Диспетчер свойств слоев» – Qatlamlar xususiyatlarining dispetcheri muloqatlar oynasi ochiladi (3 – rasm). Uning ro‘yxadiga bitta qatlam kiritilgan bo‘lib, uni o‘chirib bo‘lmaydi. Mazkur oynaning Создать слой ushbu qatlam tuzish tugmasi LM bilan belgilanadi (5 – rasmga qarang!).
    2. Имя ustunida ochilgan so‘zni o‘chirib, kalviatura orqali “Asosiy chiziq” nom terib
    kiritiladi;
    3. “Asosiy chiziq” so‘zi kiritilgan satrdagi ushbu , , , va tugmalar o‘zgartirishsiz qoldiriladi;
    4. Ushbu chiziqning yo‘g‘onligi tugmasi LM bilan bosiladi. Undan so‘ng, «Вес линии» Muloqatlar oynasi ochiladi (4 – rasm). Mazkur oynaning ro‘yxatidan chiziq yo‘g‘nligi 0.90mm tanlanib LM bilan belgilanadi va OK tugma LM bilan bosiladi. Davomida o‘zgartirish kiritilmaydi.



    3 – rasm. «Диспетчер свойств слоев» muloqatlar oynasi.



    4 – rasm. «Вес линий» muloqatlar oynasi.

    5. Yana Создать слой ushbu qatlam tuzish tugmasi LM bilan belgilanadi.


    6. Имя ustunida ochilgan so‘zni o‘chirib kalviatura orqali “Ingichka chiziq” nom terib kiritiladi;
    7. “Ingichka chiziq” so‘zi kiritilgan satrdagi ushbu , , , va
    tugmalar o‘zgartirishsiz qoldiriladi;



    5 – rasm. «Диспетчер свойств слоев» muloqatlar oynasi.

    8. Ushbu chiziqning yo‘g‘onligi tugmasi LM bilan bosiladi. Undan so‘ng, «Вес линий» muloqatlar oynasi ochiladi 4 – rasm. Mazkur oynaning ro‘yxatidan chiziq yo‘g‘nligi 0.30mm tanlanib, LM bilan belgilanadi va OK tugma LM bilan bosiladi. Davomida o‘zgartirish kiritilmaydi;


    9. Yana Создать слой ushbu qatlam tuzish tugmasi LM bilan belgilanadi;
    10. Имя ustunida ochilgan so‘zni o‘chirib kalviatura orqali “Shtrix-punktir” nom terib kiritiladi;
    11. “Shtrix-punktir” so‘zi kiritilgan satrdagi ushbu , , va tugmalar o‘zgartirishsiz qoldiriladi;



    6 – rasm. «Выбор типа линий» muloqatlar oynasi.

    12. “Shtrix-punktir” so‘zi kiritilgan satrdagi ushbu chiziq turi tugmasi LM bilan belgilanadi. Undan so‘ng, «Выбор типа линий» - Chiziq turini tanlash muloqatlar oynasi ochiladi 6-rasmga qarang! Mazkur oynaning yuklash tugmasini LM bilan bosiladi. Undan so‘ng, «Загрузка/перезагрузка типов линий» - Chiziqlar turini yuklash/qayta yuklash muloqatlar oynasi ochiladi. Ushbu oynadan kerakli bo‘lgan осевая2 chiziq turi tanlab olinadi va OK tugma LM bilan bosiladi (7 – rasm). Undan so‘ng, yana «Выбор типа линий» muloqatlar oynasi ochiladi undagi ro‘yxatdan осевая2 chiziq turi LM bilan belgilanib, so‘ng OK tugma LM bilan bosiladi(8 – rasm);





    7-rasm. 8-rasm.

    13. Ushbu chiziqning yo‘g‘onligi tugmasi LM bilan bosiladi. Undan so‘ng, Вес линии muloqatlar oynasi ochiladi 1.5 – chizma. Mazkur oynaning ro‘yxatidan chiziq yo‘g‘nligi 0.30mm LM bilan belgilanadi va OK tugma LM bilan bosiladi. Davomida o‘zgartirish kiritilmaydi;


    14. Yana Создать слой ushbu qatlam tuzish tugmasi LM bilan belgilanadi;
    15. Имя ustunida ochilgan so‘zni o‘chirib kalviatura orqali “Shtrix chiziq” nom terib kiritiladi;
    16. “Shtrix chiziq” so‘zi kiritilgan satrdagi ushbu , , va tugmalarni o‘zgartirishsiz qoldiriladi;
    17. “Shtrix chiziq” so‘zi kiritilgan satrdagi ushbu chiziq turi tugmasi LM bilan belgilanadi. «Выбор типа линий» - Chiziq turini tanlash muloqatlar oynasi ochiladi (6 –rasm).



    9 – rasm. 10 – rasm.

    Mazkur oynaning yuklash tugmasini LM bilan bosiladi. Undan so‘ng, «Загрузка/перезагрузка типов линий» - Chiziqlar turini yuklash/qayta yuklash muloqatlar oynasi ochiladi (9 – rasm). Ushbu oynadan kerakli bo‘lgan невидимая2 chiziq turi tanlab olinadi va OK tugma LM bilan bosiladi. Undan so‘ng, yana «Выбор типа линий» muloqatlar oynasi ochiladi, undagi ro‘yxatdan невидимая2 chiziq turi LM bilan belgilanib, so‘ng OK tugma LM bilan bosiladi (10 – rasm);


    18. Ushbu chiziqning yo‘g‘onligi tugmasi LM bilan bosiladi. Undan so‘ng, «Вес линии» muloqatlar oynasi ochiladi 4 – rasm. Mazkur oynaning ro‘yxatidan chiziq yo‘g‘nligi 0.30mm tanlanib LM bilan belgilanadi va OK tugma LM bilan bosiladi. Davomida o‘zgartirish kiritilmaydi.
    Shu bilan qatlam tuzish tugatiladi va mazkur «Диспетчер свойств слоев» muloqatlar oynasi LM yordamida yopiladi. Tuzilgan qatlamlarning nomlari «Слои» asboblar panelining ro‘yxatiga kiritilgan(11 – rasm). Chizma chizish jarayonida avval ushbu ro‘yxatdan tegishli chiziq turi tanlanib, so‘ng chizmalar chiziladi.



    11 – rasm. «Слои» - qatlamlar panelining ro‘yxati.


    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   83




    Download 12,65 Mb.