Xotirada saqlovchi qurilma (XQ)




Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/77
Sana15.01.2024
Hajmi1,86 Mb.
#137907
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77
Bog'liq
Toshkent davlat texnika universiteti-fayllar.org

6.1. Xotirada saqlovchi qurilma (XQ)  
Xotira nimtizimining xarakteristikalari va strukturasi ham EHM unumdorligiga katta ta‟sir
qiladi; ular xotirada saqlovchi qurilmalar majmuida realizatsiya qilinadi.
XQlarining asosiy parametrlariga sig„im, ildamlik (
быстродействие) va informatsiyani
saqlashning solishtirma narxi kiradi.
XQ sig‘imi – XQda saqlanishi mumkin bo„lgan ma‟lumotlarning maksimal miqdori (bit, bayt
va h.k.larda ifodalanadi).
XQ ildamligi informatsiyani yozish va o„qishga sarflanadigan vaqtni tavsiflaydi. XQ


ildamliligini baholash uchun informatsiyani yozish va o„qish jarayonlarining turli vaqt nisbatlari
dan
foydalanishadi. Masalan, tanlash (
выборка) vaqti
t
выб
– XQga ma‟lumotlarni o„qishga so„rov
kelganidan to XQ chiquvchi shinalarida informatsiya paydo bo„lgunicha ketadigan vaqt; sikl vaq
ti
t
ц
– XQga ikki ketma-ket murojaatlar orasidagi eng qisqa vaqt.
Informatsiyani saqlashning solishtirma narxi – bir birlik informatsiyani saqlash narxi, u kapital
va ekspluatatsion xarajatlarni hisobga oladi.
XQni har xil belgilar bo„yicha klassifikatsiya qilish mumkin.
E H M x o t i r a s i n i n g u m u m i y s t r u k t u r a s i d a b a j a r i l a d i g a n f u n k t s 
i y a l a r
b o „ y i c h a xotiraning uch darajasini ajratishadi (mos ravishda XQning uch turi):
o‘ta operativ xotira (O„OXQ);
operativ xotira (OXQ);
tashqi xotira (TXQ).
EHM xotirasini bir necha ierarxik darajalarga bunday bo„linishi bir darajali XQlarida qato
r


qarama-
qarshi talablarni qoniqtirish imkoni bo„lmaganligi bilan tushuntiriladi: xotiraning katta
sig„imi, yuqori ildamlik, informatsiyani saqlash solishtirma narxining pastligi va gabarit
o„lchamlarining kichikligi. TXQ eng katta sig„imga ega, o„ta operativ O„OXQ eng yuqori ilda
mlik
bilan tavsiflanadi. O„OXQ sifatida ko„pincha kesh-
xotiradan foydalanishadi; unda asosiy OXQdan
eng ko„p foydalanadigan komanda va ma‟lumotlarning nusxalari saqlanadi. Kesh-
xotira ichidagi
narsalarni shakllantirish dastur ishtirokisiz apparat vositalari bilan amalga oshadi; ular OX
Qga
murojaat qilib, amalda ko„p hollarda kesh-xotiradan tanlab olingan informatsiya bilan ishlanadi.
X o t i r a d a s a q l a y d i g a n e l e m e n t l a r ( X E ) l a r n i n g i s h l a s h p r i n t s i 
p i
b o „ y i c h a XQlari yarimo‘tkazgichli, qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchi XE magnitli, optik v
a
boshqalar. Hozirgi paytda O„OXQ va OXQlar uchun asosan yarimo„tkazgichli XQlaridan, 
TXQlar
uchun qo„zg„aluvchi XEli magnitli XQlaridan foydalanilmoqda.
X Q g a
m u r o j a a t
q i l i n a y o t g a n
o p e r a t s i y a l a r
t a r k i b i
b o „ y i c h a
informatsiyalarni yozib olish va o‘qish imkoniyatiga ega XQ, informatsiyani faqat o‘qiydig
an 
XQlarni farqlashadi. Doimiy XQlarini ikki turga ajratishadi:


- dasturlanadigan; ularda informatsiyani faqat bir marta yozish mumkin;
- qayta dasturlanadigan; ularda kichik tezlikda bo„lsa ham informatsiyani bir necha marta qayta
yozish mumkin
47
I n f o r m a t s i y a g a k i r i s h ( д о с т у п ) n i t a s h k i l q i l i s h b o „ y i c h a ixtiy
oriy 
(to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va ketma-
ket kiradigan XQ, informatsiyani faqat o‘qiydigan XQlarni farqlashadi.
Ixtiyoriy kiriladigan XQlarda [O„OXQ, OXQ va magnit disklarida to„plovchilar (MDT)]
informatsiyani qidirish vaqti informatsiya joylashishiga bog„liq emas yoki juda kam bog„liq bo„l
adi.
Ketma-
ket kiriladigan XQlari uchun informatsiyani qidirish vaqti informatsiyaning tashuvchida
joylashishi bilan aniqlanadi, masalan, magnit lentasida to„plovchilarda (MLT). XQga muro
jaat
qilinganda baravariga ikkilangan razryadlarning ma‟lum miqdori o„qiladi; bu tanlab olish
kengligi
deb ataladi.
I n f o r m a t s i y a n i j o y l a s h t i r i s h v a q i d i r i s h u s u l i b o „ y i c h a XQni
adresli
[XQda saqlanayotgan informatsiyaning har bir birligiga (bayt yoki so„z) qandaydir kod mos kela
di;
bu kod xotirada informatsiya joylashishini aniq (bir ma‟noda) aniqlaydi] va adressiz (bun
da
informatsiya adresi bo„yicha emas, balki boshqa belgilari bo„yicha qidiriladi)ga bo„lishadi.


Adressiz XQlari orasida ularning uch turi keng tarqalgan:
1) stek (stekli xotira), unda informatsiya xotiraning bir o„lchovli zonasidagi bittagina
yacheykasi (steka cho„qqisi) orqali yoziladi va o„qiladi. So„z yozilib yoki o„qilib borilgani sari s
tek
ichidagi bor narsa surilib boradi. Stekda informatsiyani o„qish: «oxirgi yozilgan so‘z birinchi bo‘
lib 
o‘qiladi» qoidasiga bo„ysunadi. Bu mini va mikro-
EHMlarda uzilishlarga ishlov berishda protsessor
holatini eslab qolish uchun stekdan keng foydalanish imkonini beradi;
2) magazinli xotira – bu ham bir o„lchovli xotira; unda yozuv doim boshlang„ich yacheykada
yoziladi, o„qish esa – oxirgi to„ldirilgan yacheykadan boshlanadi. Unda o„qishda: «birinchi yozil
gan  
so‘z birinchi o‘qiladi» printsipi amalga oshadi;
3) assotsiativ xotira; unda informatsiyani qidirish xotiraning hamma yacheykalarida unda bor
narsa (assotsiativ belgi) bo„yicha baravariga amalga oshadi. Bu ba‟zi hollarda ma‟lumotlarni qid
irish
va ularga ishlov berishni sezilarli tezlashtirdi.

Download 1,86 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   77




Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish