• 8.5-rasm. Elektronikada ISO tarmoq modeli
  • -rasm. Metallarda enegetik zonalar




    Download 4,71 Mb.
    bet44/125
    Sana16.11.2023
    Hajmi4,71 Mb.
    #99646
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125
    Bog'liq
    ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)

    8.4-rasm. Metallarda enegetik zonalar



    • Metallarda energetik zona yarim to’ldirilgan shuning uchun ular yaxshi elektr o’tkazuvchanlik xossaga ega bo’lishi mumkin. (2-holat).

    • Yarimo’tkazgichlar va dielektriklar orasidagi farq valent zona bilan, o’tkazuvchanlik zonadagi energetik qobiq ER<3eV bo’lsa, dielektriklarga bu energetik qobiq ER<3eV tengdir.




    8.5-rasm. Elektronikada ISO tarmoq modeli

    Modelda 7 qatlamli tugun server, mijoz, brandmaurer, ma’lumotlar bazasini aks ettiradi, 3 qatlamli tugun marshrutlovchini, 2 qatlamli tugun ko’prikni, 1 qatlamli tugun takrorlovchini, nolinchi qatlam aloqa muhitini (kabelli ulanishlarni) aks ettiradi. Modelning 0-,1-,2-3-qatlamlari Intranetning aloqa qismini 4-qatlam aloqa qismi bilan birgalikda TSP/IP tarmog’ini aks ettiradi.


    - model tugunidagi har bir ko’p qatlamli tugun aslida Intranet elementini iyerarxiya tizimi tarzida ifodalaydi. Tugundagi har bir qatlam faol dasturiy va yoki texnikaviy ob’ektlardan tashkil topgan bo’lib , axborot uzatish bo’yicha ma’lum vazifalarni ado etadi va tarmoqdagi o’zi bilan teng qatlamda joylashgan ob’ektlar bilan aloqaga kirishadi. Qatlamlarning asosiy dasturiy tashkil etuvchilari protokollar bo’lib vazifasi tegishli protokollarga binoan ostki qatlam xizmat (service)idan foydalanib ustki qatlamga xizmat ko’rsatishdir. Tugunning qo’shni qatlamlari o’z vazifalarini bajarishda axborot ayriboshlaydilar. Bunda server yo mijoz tugunidagi tadbiqiy jarayonlarning axborot o’qimi 7 chi qatlamdan past tomon 0 chi qatlamga o’tib, undan uzatish muhiti (simli yo simsiz muhit) va aloqa elementi (takrorlovchi, ko’prik, marshrutlovchi, shlyuz tugunlari) orqali boshqa mijoz yo server tugunining tadbiqiy jarayonida borib qo’shilishi sodir bo’ladi. Axborot oqimi birliklari qatlamdan qatlamga o’tganda o’zgarib boradi. Masalan, tadbiqiy qatlam, ifodalash, seans va transport qatlamlari uchun ma’lumotlar birligi xabar bo’lsa, tarmoq qatlamida ma’lumotlar birligi paketdir. Ma’lumotlar birligi kanal qatlamida kadr bo’lsa, fizikaviy qatlamda 1 yo 0 ni bildiruvchi bit erur. Ma’lumotlar bir qatlamdan boshqasiga o’tgan sari ularning formatlari ham qatlamga mos tarzda o’zgartirilib qo’yiladi. Ko’p qatlamli modelning afzalligi shundaki, tarmoqning apparat va dasturiy vositalarini yaratuvchilar tegishli qatlam uchun o’z ishlanmalarini yuzaga keltirishda shu qatlamga qo’yilgan talablar bilan cheklanib boshqa qatlamlarning qanday tarzda yaratilishiga parvo ham qilmaydilar. Bu tarmoq yaratishda turli platformalarga oid apparat va dastur vositalaridan foydalanishga keng yo’l ochib beradi. Quyida qatlamlar vazifalari bayon etilgan.



    Download 4,71 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   125




    Download 4,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Metallarda enegetik zonalar

    Download 4,71 Mb.