|
Toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 41/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)8.1-rasm. Boshqaruvchi p-n o’tishli tranzistorning kirish (a) va chiqish (b) xarakteristikalari.
Zatvor kuchlanishining ustki va pastkn kambag’allashgan sohalarni(p-n o’tishlarni) bir-biriga tutashtiradigan Uzo qiymati chegaraviy (ostonaviy) kuchlanish deb ataladi.
Ustki va pastki kambag’allashgan sohalarning tutashishi zatvor kuchlanishining chegaraviy qiymatidan kichik qiymatlarida ham sodir bo’lishi mumkin. Buning uchun istok bilan stok orasidagi kuchlanish musbat bo’lib, son jihatdan Uc = Uz - Uzo qiymatga teng bo’lishi kerak. 8.1-rasmda bu kuchlanish koordinat boshidan o’tuvchi parabola orqali tasvirlangan. U tranzistorning chiziqli va to’yinish sohalarini bir-biridan ajratib turadi. Bu parabola Uz=0 bo’lgandagi xarakteristikani M nuqtada kesib o’tadi. Uning koordinatlari Uc=-Uco va Is = Iso stok tokining to’yinish qnymatini ifodalaydi.
Agar parabola tenglamasi Is =k·Us2 ga (k - proporsionallik koeffitsienti) M nuqtaning koordinatalarini qo’ysak, quyidagi munosabat hosil bo’ladi:
(8.4)
U zatvor kuchlanishining o’zgarmas qiymatlari uchun parabola chizig’ining xarakteristikalar bilan kesishadigan nuqtalariga mos keladigan stok tokining kattaligini ifodalaydi.
To’yinish sohasida xarakteristika deyarli gorizontal holatga ega bo’lgani uchun (8.4) ifoda taqribiy hisoblanadi va unipolyar tranzistorning barcha turlari uchun o’rinli bo’ladi.
Unipolyar tranzistorning parametrlarini aniqlash uchun (8.1) ifodadan stok tokining to’liq differensialini aniqlash kerak:
va (8.5)
Agar
(8.6)
deb belgilasak, u quyidagi ko’rinishga keladi:
(8.7)
(8.6) ifoda unipolyar tranzistorning xarakteristik tenglamasi deb ataladi. U stok tokini biror miqdorga o’zgartish uchun stok kuchlanishini zatvor kuchlanishiga nisbatan μ marta ko’proq o’zgartnsh kerakligini ko’rsatadi. Binobarin, zatvor kuchlanishi stok tokiga stok kuchlanishidan kuchliroq ta’sir etadi. Shu ta’sirni xarakterlovchi μ kattalik tranzistorning statik kuchaytirish koeffitsienti deb ataladi.
(8.5) ifodada S kattalik xarakternetikaning qiyalik koeffitsienti, Ri- tranzistorning differensial yoki ichki qarshiligi deb ataladi. S zatvor kuchlanishi I V ga o’zgarganda, stok tokining qanchaga o’zgarishini ko’rsatadigan kattalikdir. Statik kuchaytirish koeffisientiga teskari miqdor
(8.8)
tranzistorning singdiruvchanlik koeffitsienti deyiladi. S, Ri, μ va D kattaliklar unipolyar tranzistorning statik parametrlaridir.
Unipolyar tranzistorlarning asosiy afzalligi shundaki, kirish qarshiligi juda katta (1015 Om), ishchi chastotasi o’ta yuqoridir (GGs). Undan tashqari ular issiqlik va radiaktiv nurlanishlarga chidamli bo’ladi.
Elektron asboblar ishlatilganda ularga biror yuk-yuklama ulanadi. Uni ekvivalent qarshilik snfatida belgilanadi. Umumiy holda ekvivalent qarshilik kompleks kattalik bo’lib, u elektron asbobning elektrodlaridan birortasiga ulanadi.
Elektron asbobning yuklama ostida ishlashi uning dinamik ish rejimi deb ataladi. Dinamik rejim dinamik xarakteristika va parametrlar orqali ifodalanadi. Ular statik xarakteristika va parametrlardan farq qiladi va har bir xususiy hol uchun alohida aniqlanadi. Misol uchun unipolyar tranzistorning ish rejimi bilan tanishaylik. Qulaylik uchun yuklama qarshiligini sof aktiv qarshilik deb hisoblaymiz. U tranzistorning stokiga ulangan Rs rezistordan iborat (8.2 a-rasm). Lekin dinamik ish rejimni tekshirish uchun tranzistorning xarakteristikasidagi ishchi sohasi ham ko’rsatilishi kerak. Faraz qilaylik, ishchi soha chiqish xarakteristikasining to’g’ri chiziqli qismida tanlangan bo’lsin. Ma’lumki, bu soha zatvor kuchlanishining manfiy qiymatlariga to’g’ri keladi (8.2-rasm).
|
| |