|
§ 7.2. Maydon tranzistorlarini qo’llanilishi
|
bet | 39/125 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 4,71 Mb. | | #99646 |
Bog'liq ENG SO\'NGGI Birinchi qism tipografiya uchun (1)§ 7.2. Maydon tranzistorlarini qo’llanilishi
Maydon tranzistorlari radiotexnikada elektr signallarini generatsiyalash va uni kuchaytirishda keng qo’llanilmoqda. Zamonaviy ishlab chiqarilayotgan tranzistorlar asosan yassi tranzistorlardir. Bu tranzistorlar p-n o’tish xossalariga asoslangan bo’lib p-n-p yoki n-p-n strukturalarga ega bo’ladi. Ularning qanday materialdan tayyorlanishiga qarab,bir-biridan farq qilishi mumkin. Maydon tranzistorlari uch guruhga bo’linadi.
1 guruh chastotasi – 3 Mhz signallarda ishlaydi.
2 guruh chastotasi – 30 Mhz signallarda ishlaydi.
3 guruh chastotasi – 120 Mhz signallarda ishlaydi.
Uchta guruh tranzistorlari signallarni kuchaytirib boradi. Maydon tranzistorlari uch xil usulda elektr zanjiriga ulash mumkin.
7.3-rasm.Maydon tranzistorlarini zanjirga ulash chizmalari.
Tranzistor B-bazasi signallarni boshqarish tur vazifasini; E-emitter katod vazifasini ya’ni elektron chiqarish vazifasini; K-kollektor anod vazifasini bajaradi.
Tranzistorlar ichidan signal (tok) o’tishi vaqtida elektronlar va teshiklar harakatlanadi, ularning harakati yarim o’tkazgich moddalarning kristall panjaralarida bo’ladigan jarayonlar bilan chambarchas bog’liqdir.
Hozirgi zamonda tranzistorlarni yangi-yangi benuqson ishlaydigan, hajmi o’ta kichik, quvvati katta, issiqlikka chidamli va volt-amper tavsifi belgilangan talablarga to’liq javob beradigan qilib yaratilmoqda. Tranzistorlarni vakuum lampalarga nisbatan ancha afzalliklarga ega bo’lib, vakuum hosil qilish, cho’g’langan katod muhitini yaratish zaruriyati yo’qligi bu elektron asboblarning o’lchamlarini, og’irliklarini keskin kamaytirishga, mexanik mustahkamlikga erishishga, ishlash vaqtini ancha oshirishga imkon yaratadi, ular arzon turadi va foydalanish uchun ancha qulayliklar yaratadi.
Maydon tranzistorlari radiotexnika, energetika, avtomatika, telemexanika va elektron hisoblash texnikasining ba’zi sohalarida maydon tranzistorlari elektron vakuumli asboblarni ishlab chiqarishdan siqib chiqarilmoqda.
|
| |