• Kirish
  • Toshkent davlat transport universiteti




    Download 5.24 Mb.
    bet2/17
    Sana05.06.2023
    Hajmi5.24 Mb.
    #70017
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    TDTU o\'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni tahlil
    Jahongir PTA, 1, 4-amaliy ish 4s, 4-lab, LABORATORIYA MAShG, Хаёт фаолияти хавфсизлигининг назарий асослари, психологик паспорт лотин - копия, 4-qayta topshirish, 15, 5.1, Металларга резба кесиш , diplom ishi yakuniy ish (2) (2)

    Mundarija:


    Kirish 8
    I-bob. Toshkent davlat transport universitetining tuzilma va boshqaruv organlari 10
    1.1. Toshkent davlat transport universitetining umumiy qoydalari va strukturasi 10
    1.2. Toshkent davlat transport universiteti strategik rivojlantirish dasturi 16
    II-bob. Tarmoqlarni rejalashtirish va qurish 18
    2.1. Kompyuter tarmoqlarining o’rni va vazifasi 18
    2.2. Mahalliy hisoblash tarmoq topologiyasi 23
    III-bob. TDTU o'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni loyxalashtirish 30
    3.1. O'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni “Cisco packet tracer” dasturida loyxalashtirish 30
    3.2. O'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni sozlash uchun qo’shimch dasturiy ta'minotini ishlab chiqish 38
    IV-bob. Mehnat muhofazasi bo’limida dasturlovchilarni ish joylarida ishlash uchun sharoit yaratish. Ish joylariga qo’yiladigan talablar. 44
    4.1 Umumiy ma’lumotlar 44
    4.2 Dasturchilar uchun qulay va xavfsiz ish o’rnini yaratish. 45
    4.3 Dasturlovchining ish vaqtida xonadagi yorug’lik va qanday darajada yoritish haqida 46
    4.4 Dasturlovchi ish joyini qanday tashkil etish haqida 51
    4.5 Dasturlovchining ish joylarida uzining sog’ligiga tasir qilmaydigan shaxsiy kompyuterlar. 52
    4.6 Kompyuterning zarari nimada va uning sog'liq uchun zararli ta'siridan qanday qochish kerak? 54
    Xulosa 59
    Foydalanilgan adabiyotlar 60


    Kirish


    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 19 mart kuni yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtii mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbusining 3-chisida “Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish” ning muhimligiga e’tibor qaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga ko’ra Oliy ta’lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar etib 2017-2021 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o’quv-ilmiy laboratoriyalar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash kompleks chora-tadbirlari belgilansin, deb ta’kidlangan.
    Keyingi paytlarda axborot resurslari davlatlarning o’zaro bir-biriga qarshi turishlari, geopolitik maqsadlari uchun bir maydon sifatida ham faol qo’llanila boshlandi. Bu hol ayniqsa zamonaviy axborot texnologiyalariga ega bo’lgan rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, bunday zamonaviy texnologiyalariga ega bo’lishlari ularning bu sohada sezilarli darajadagi ilg’orliklarini ta’minlaydi.
    Axborot-kommunikatsiya tizimlarida ma’lumotlar almashinuvini samarali amalga oshirishni tashkil etish bugungi rivojlangan jamiyatda katta ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanib borishi, jamiyat faoliyatining keng sohasida turli axborot xizmatlarining vujudga kelishiga olib keldi. Ayniqsa, bank va boshqa to’lov tizimlarida, davlat va jamiyat manfaatlari bilan bog’liq muhim ma’lumotlarni almashish hamda tahlil qilishda, tez va ishonchli ma’lumot almashinuvi talab etiladigan tizimlarda tabiiy ravishda axborot muhofazasi masalalari dolzarbdir. Haqiqatan ham, har qanday ma’lumot u yoki bu ma’noda axborot-kommunikatsiya tizimi foydalanuvchilarining manfaati bilan bog’liq. Axborot muhofazasini ta’minlash: xuquqiy-meyoriy hujjatlar, texnik vositalar va kriptografik algoritmlar hamda protokollar negizida yaratilgan dasturiy, apparat-dasturiy va apparat-texnik vositalarning birgalikda qo’llash bilan samarali amalga oshiriladi.
    Kompyuterlar va kompyuter tizimlari axborotlar tizimining muhim bo’g’imidir. Internet tarmoqlari jamiyat faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, axborotlarni tez va sifatli almashinuvini ta’minlash jarayonlari texnologiyalarini rivojlanishiga ijobiy manba bo’lib kelmoqda. Yuqorida keltirilgan asosli mulohazalardan kelib chiqib, axborotlarni asli holidan o’zgartirilgan holda, ya’ni shifrlangan holda, saqlash va uzatish masalalarining muhim ekanligiga shubxa yo’qdir. Axborot tizimini tashkil etuvchi ma’lumotlar to’plamining qanday tuzilishda ekanligi hamda ma’lumotning muhim va ahamiyatliligidan kelib chiqadigan mahfiylik darajasi va shu kabi o’ziga xos kriptomuhofaza xususiyatlarini tahlil qilib, muhofaza maqsadini ifodalovchi shart asosida, har bir alohida axborotlar tizimiga mos keluvchi kriptografik uslub tanlanadi.
    Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlariga tayangan holda o’quv mashg’ulotlarini olib borishda o’quv-namoyish dastur-laridan bevosita foydalanish talabalar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Fanlarni olib borishda ko’rgazmali dasturlarni ko’plab tayyorlash va ularni keng targ’ib qilish hozirgi kunda juda aktual masalalardan hisoblanadi.

    Download 5.24 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 5.24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat transport universiteti

    Download 5.24 Mb.