• I-bob. Toshkent davlat transport universitetining tuzilma va boshqaruv organlari
  • Toshkent davlat transport universiteti




    Download 5.24 Mb.
    bet3/17
    Sana05.06.2023
    Hajmi5.24 Mb.
    #70017
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    TDTU o\'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni tahlil
    Jahongir PTA, 1, 4-amaliy ish 4s, 4-lab, LABORATORIYA MAShG, Хаёт фаолияти хавфсизлигининг назарий асослари, психологик паспорт лотин - копия, 4-qayta topshirish, 15, 5.1, Металларга резба кесиш , diplom ishi yakuniy ish (2) (2)
    Bitiruv ishining maqsadi. TDTU o'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni tahlil qilish, zamonaviy dasturiy vositalardan foydalangan holda optimal tarmoq texnologiyasidan foydalanish uchun loyxa tuzish va tuzilgan loyxa asosida dasturiy taminot yaratish mazkur bitiruv ishining maqsadi hisoblanadi.

    I-bob. Toshkent davlat transport universitetining tuzilma va boshqaruv organlari

    1.1. Toshkent davlat transport universitetining umumiy qoydalari va strukturasi


    Toshkent davlat transport universiteti (matn davomida “Universitet” deb nomlanadi) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 maydagi “Transport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi PQ-4703-son Qaroriga va O’zbekiston Respublikasi Transport vazirining 2020 yil 20 maydagi 96-sonli buyrug’iga muvofiq taʼsis etilgan. Transport sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxasisslar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish bo’yicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
    Toshkent temir yo’l muhandislari instituti, Toshkent avtomobil yo’llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti hamda Toshkent davlat texnika universitetining aviakosmik texnologiyalari fakulteti negizida tashkil etilgan bo’lib, respublikada transport sohasidagi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
    Universitet O’zbekiston Respublikasi Transport vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi va uning tasarrufidagi oliy taʼlim muassasasi hisoblanib, oliy taʼlimning asosiy va qo’shimcha davlat taʼlim dasturlarini bajarish bo’yicha taʼlim faoliyati bilan shug’ullanadi, shuningdek O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o’quv-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot hamda boshqa faoliyatni amalga oshiradi va taʼlim xizmatlarini ko’rsatadi.
    Universitet o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Taʼlim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus taʼlim vazirligining hamda Transport vazirligining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.
    Universitet ilg’or xalqaro taʼlim standartlari hamda o’quv dasturlariga muvofiq 2020/2021 o’quv yilidan boshlab taʼlimning kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etadi.
    Universitet yuridik shaxs maqomiga ega. Operativ boshqaruvida o’ziga xos maxsus mol-mulkka ega va o’z majburiyatlariga qonunchilikka belgilangan tartibda javob beradi, o’z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqidan foydalanishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda daʼvogar va javobgar bo’lishi mumkin. Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob, jumladan valyuta bo’yicha hisob raqamlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.
    Universitetning asosiy maqsad, vazifalari va xuquqlari.
    Har tomonlama rivojlangan, o’z Vatani fidoyisi, davlat va jamiyat oldidagi o’z masʼuliyatini his qiluvchi, mamlakatimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, demokratik va fuqarolik jamiyatini shakllantirish hamda zamonaviy standartlarning yuksak talablariga javob beradigan yuqori malakali yetuk kadrlar tayyorlash.
    Universitetning asosiy maqsadi hisoblanadi quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)
    Universitetda oliy taʼlim yo’nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoridagi quyidagi bilim sohalari bo’yicha o’qitish amalga oshiriladi:
    - 100 000 – “Gumanitar soha”;
    - 200 000 – “Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq”;
    - 300 000 – “Ishlab chiqarish-texnik soha”;
    - 600 000 – “Xizmatlar sohasi”.
    Universitetda asosiy taʼlim dasturlari ikki bosqichda amalga oshiriladi: bakalavriat (kunduzgi, sirtqi va maxsus sirtqi) va magistratura.

    Download 5.24 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 5.24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat transport universiteti

    Download 5.24 Mb.