• «Yulduz» topologiyasi
  • «Halqa» topologiyasi
  • Toshkent davlat transport universiteti




    Download 5.24 Mb.
    bet8/17
    Sana05.06.2023
    Hajmi5.24 Mb.
    #70017
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
    Bog'liq
    TDTU o\'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni tahlil
    Jahongir PTA, 1, 4-amaliy ish 4s, 4-lab, LABORATORIYA MAShG, Хаёт фаолияти хавфсизлигининг назарий асослари, психологик паспорт лотин - копия, 4-qayta topshirish, 15, 5.1, Металларга резба кесиш , diplom ishi yakuniy ish (2) (2)
    «Shina» topologiyasi
    «Shina» topologiyasi (ba’zi hollarda «umumiy shina» deb ham ataladi) o’z tashkiliy qismi bilan tarmoq komp’yuter qurilmalarining bir turda bo’lishini va barcha abonentlar teng huquqligini taqazo qiladi. Bunday ulanishda komp’yuterlar axborotni faqat navbat bilan uzata oladi, chunki aloqa yo’li bitta. Aks holda uzatilayotgan axborot ustma-ust bo’lishi natijasida o’zgaradi (konflikt, kolliziya holatlari). Shunday qilib, bu turdagi axborot almashinuvi yarim dupleks rejimida amalga oshiriladi (hal duplex), almashinuv bir vaqtning o’zida emas, navbat bilan ikki yo’nalishda ham amalga oshiriladi. «Shina» topologiyasida markaziy abonent bo’lmagani uchun puxtaligi boshqa topologiyaga nisbatan yuqoridir. Markaziy komp’yuter ishdan chiqqan holatda, boshqarilayotgan tizim ham o’z vazifasini bajarishdan to’xtaydi. Shina tarmog’iga yangi abonent qo’shish ancha oddiy bo’lib yangi abonentni tarmoq ishlab turgan vaqtda ham qo’shish mumkin. Boshqa topologiyadagi tarmoqlarga nisbatan shinada eng kam uzunlikda kabellar ishlatiladi. Shuni hisobga olish kerakki, har bir komp’yuterga (ikki chetdagi komp’yuterdan tashqari) ikkitadan kabel ulanadi, bu esa har doim ham qulay bo’lmaydi.
    «Yulduz» topologiyasi
    «Yulduz» – bu markazi aniq mavjud topologiya bo’lib, bu markazga barcha abonentlar ulanadi. Barcha axborot almashinuvi faqat markaziy komp’yuter orqali amalga oshiriladi, shuning uchun u tarmoqqa xizmat ko’rsatadi va bu komp’yuterning yuklamasi juda yuqoridir. Markaziy komp’yuterning tarmoq qurilmalari tashqi abonentlarning qurilmalariga nasbatan ko’p bo’ladi.
    «Halqa» topologiyasi
    «Halqa» topologiyasi–bu har bir komp’yuter aloqa yo’llari faqat ikkita boshqa komp’yuter bilan ulanib, biridan faqat axborot oladi va ikkinchisiga faqat axborot uzatadi. Har bir aloqa yo’llarida «Yulduz» topologiyasi kabi faqat bitta axborot uzatuvchi va bitta axborot qabul qiluvchi ishlatiladi. Bu holat tashqi terminatorlardan voz kechish imkonini beradi. «Halqa» topologiyasining muhim xususiyati shundan iboratki, har bir komp’yuter o’ziga kelgan signallarni tiklaydi, ya’ni repiter vazifasini ham bajaradi, shuning uchun butun halqa bo’ylab signalni so’nish muammosi bo’lmaydi. Muhimi halqadagi ikki komp’yuter o’rtasidagi so’nishdir. Bu holatda aniq ajratilgan markaz yo’q, tarmoqdagi hamma komp’yuterlar bir xil bo’lishi mumkin. Ko’pincha halqada maxsus abonent ajratilib, u axborot almashinuvini boshqaradi yoki nazorat qiladi. Ma’lumki tarmoqda bunday boshqaruvchi abonent mavjudligi tarmoqning ishonchlilik darajasini pasaytiradi, chunki uning ishdan chiqishi butun tarmoqda amalga oshirilayotgan axborot almashinuvini shu zahotiyoq to’xtatadi.

    Download 5.24 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




    Download 5.24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent davlat transport universiteti

    Download 5.24 Mb.