• Annotatsiya
  • Kalit so‘zlar
  • Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni axborot kompetentligini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati g‘aniyeva O. S




    Download 23,63 Kb.
    bet1/2
    Sana28.11.2023
    Hajmi23,63 Kb.
    #107034
      1   2
    Bog'liq
    Maqola 7


    INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI
    G‘aniyeva O.S. - Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi muhandisi
    Annotatsiya: Maqolada Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda fanlarni o‘qitish jarayonida yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalarni o‘qish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, axborotlarni tanlay olish mahorati, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirishga imkon beradi.
    Kalit so‘zlar: Axborot, axborot texnologiyalari, axborot kompetentlik, kommunikatsiya, integratsiyalashgan ta’lim, integrativ yondashuv, axborot tizimi, kompetensiya, axborot savodxonligi, innovatsiya, kasbiy axborotlar, pedagogik texnologiya.
    Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish, axborotli, ijtimoiy, kasbiy axborotlar bilan ishlash va boshqa turdagi texnologiyalardan faol qo‘llash va foydalanish – ta’lim jarayoni sifatining oshishiga, talabalarning kasbiy axborotlar bilan ishlash kompetensiyalarni bosqichma-bosqich rivojlantirishiga, o‘qitishning qulayligiga erishilishiga olib keladi.  Axborot bilan ishlash tizimi shiddat bilan shakllanib ketayotgan bir paytda
    bo‘lajak pedagoglarni bunga mutonosib jalb qilish zarur.
    O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonunida o‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning axborot vositalarini o‘quv jarayniga joriy etish, ta’limda zamon bilan hamnafas ta’lim texnologiyalarini yaratishni taqozo etadi. Ilmiy texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklarning qo‘llanilishi innnovatsiyani aks ettiradi. Innovatsiya – yangilanishni, o‘zgarishni amaliyotga joriy etish jarayoni va faoliyati bo‘lib, ingliz tilidan tarjima qilinganda innovatsiya kiritilgan yangilik ixtiro degan ma’nolarni anglatadi.

    O‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish foydalanuvchilarning tafakkur ko‘nikmalarini va murakkab vazifalarni hal qilish malakalarini rivojlantirishning yangi yo‘llarini ochib beradi, ta’limni faollashtirish uchun prinsipial yangi imkoniyatlarni taqdim qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari auditoriya va mustaqil mashg‘ulotlarni yanada qiziqarli va ishonchli, o‘rganiladigan axborotning katta oqimini oson o‘zlashtiriladigan qilish imkonini beradi.


    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta’limning boshqa texnik vositalariga qaraganda ta’limning turli modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek, har bir ta’lim oluvchining xatti-harakatlariga yakka tartibda reaksiya qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan foydalanish ta’lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag‘ishlash imkonini yaratadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta’lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega bo‘lgan ta’lim oluvchilar uchun yanada murakkab va o‘ta murakkab materialga o‘tish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunda ta’lim va innovatsion tadqiqotlar, individual sur’atlarda o‘qitish oson va tabiiy tarzda amalga oshiriladi.
    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining pedagogik axborot ta’lim muhiti– bu talaba, pedagok va axborot texnologiyalari vositalari o‘rtasidagi o‘quv axborotli xatti – harakatlar jarayoni paydo bo‘lishi va rivojlanishiga imkon beruvchi shart – sharoitlari majmuasi hamda muayyan fanlar bo‘yicha predmetli mazmuni muhiti komponentlari, namoyish qiluvchi jihozlar, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv ko‘rgazmali va boshqalar, jamlangan sharoitda talabaning faol bilish faoliyatini shakllantirish jarayonidir. Axborot kompetentligi rivojlantirish jarayoniga komponentlarning kiritilishi o‘rganilayotgan til mamlakatining tarixi, madaniyati, ijtimoiy-madaniy an’analari, milliy dunyoqarashi xususiyatlariga oid masalalarni kiritish zarurligini e’tirof etishga olib keldi.
    Dars beruvchining kreativligi va komptentligi bilan birgalikda uning dars berish maxorati tarkibida interfaol metodlar va treyninglarning mavjud bo‘lishi xam ta’lim beruvchi xam ta’lim oluvchi uchun qiziqarli zerikarsiz bo‘lishi, talabalarning o‘z soxasi bo‘yicha bilimlarini chuqur va qiziqish bilan egallashida va mustaqil izlanishlar olib borishi va o‘z ustida ijod qilishiga olib keladi. Bu esa davlat va jamiyat qurishda zamon tendensiyalari mos rivojlanishga olib kelishi shubxasizdir.
    Dunyoda integrativ ta’limning rivojlanishi ijtimoiy hamda axborot-kommunikatsiya bilan o‘zaro tizimli aloqadorligi, ilm-fanning istalgan yo‘nalishida kuzatilayotgan integrativ jarayonlarning barchasi jamiyatning zamonaviy ta’lim oldiga qo‘ygan talablarini qondirishga qaratilgan o‘quv-tarbiya jarayoning samarasini belgilaydi. Bugungi kunda talabalarimiz zamonaviy fikrlay olishi, Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni axborot kompetentligini rivojlantirishi, ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda axborot kompetentligi tushunchasi ilmiy va o‘quv jarayonida mustahkam o‘rin olgan.
    Axborotlar bilan ishlash kompetensiya” atamasini ishlatish dars berishdagi axborotlar bilan ishlash yondashuv bilan hamda urg‘uni Integrativ yondashuv asosida talabalarda axborot kompetentligini rivojlantirishga ko‘chirgan holda, integrativ yondashuvga yo‘naltirilgan o‘qitish usuli bilan bog‘liq. Integrativ yondashuv asosida talabalarda axborot kompetentligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuv ta’limning asosiy natijasi bilimlar, malakalar va ko‘nikmalar tizimi o‘z holicha emas, balki davlat tomonidan e’lon qilingan aqliy, ijtimoiy-siyosiy, kommunikatsiya, axborot va shu kabi sohalardagi asosiy kompetensiyalar majmui bo‘lishi lozimligini B.A.Gorina takidlaydi.
    Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, talaba-yoshlarning ijodkorlik faoliyatida axborot va pedagogik texnologiyalari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish va qo‘llash imkoniyatlari ahamiyati kattadir. Chunonchi, yoshlarning ongida sog‘lom immunitet shakllanishida va ularning vataniga kasbiga oilasiga sodiq va vafodor fidokor va ijodkor bo‘lib еtishishiga asos bo‘la oladi.

    Download 23,63 Kb.
      1   2




    Download 23,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni axborot kompetentligini rivojlantirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati g‘aniyeva O. S

    Download 23,63 Kb.