Har ikkala tipdagi universitet etarli mablag‘ga egaligi sababli Belgiyadagi
hech bir o‘quv yurtlari tarmoqlariga davlat va katolik cherkovga tegishli emas.
Ular Erkin ilmiy tadqiqotlar printsipiga bo‘ysinadi va shiorlari ham bir xil:
―Qarong‘ilikni ilm bilan engish‖. BEU,
yuqorida qayd etilganidek, 1834 yili
tashkil topilgan va ta‘limi faqatgina frantsuz tilida, 1934 yildan boshlab golland
tilida olib boriladi. 1970 yili esa Niderland tilida o‘qitiladigan fakul‘tetlar
Erkin
universitetlariga ajratiladi. Shunday bo‘lsada har ikkala universitet o‘zaro
hamkorlik dasturini amalga oshiradi. Fakul‘tetlari:
huquq va kriminologiya;
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy fanlar;
psixologiya va pedagogika;
tabiiy fanlar;
tibbiyot va dorishunoslik;
faylasuf
va filologiya;
texnik (muhandislik) fanlar;
jismoniy tarbiya;
o‘qituvchilarni tayyorlash fanlararo guruh.
Shuningdek, universitetga tenglashgan o‘quv yurtlar tarkibiga Qirolning
harbiy maktabi ham kiradi. Universitet diplomi mavjudligi amaldagi qonunchilikka
muvofiq ma‘lum
davlat mansab, lavozimlarini egallash va jamoat ahamiyatiga ega
(advokat, vrach va boshqa) mutaxassisliklar bo‘yicha faoliyat yuritish uchun ruxsat
olish uchun kerakdir. Alohida holatlarda Belgiya universitetlari chet elliklarga
Belgiyada ishlash huquqiga ega bo‘lmagan diplom berishadi. Universitetda ta‘lim
olish eng kam muddati 4 yildir, lekin ba‘zi mutaxassisliklar bo‘yicha 10-12 yil
tahsil olishi mumkin.
Universitetdagi o‘qishlar ko‘p pog‘onalidir: universitetda ta‘lim
olishning
har bir davri yoki tsikli universitet ilmiy darajasini olish uchun quyidagi
darajalarini olishi bilan tugatiladi: