• “oliy ta’lim agreje”si
  • Toshkent farmasevtika instituti




    Download 261,56 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet20/22
    Sana08.01.2024
    Hajmi261,56 Kb.
    #132486
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Bog'liq
    5989992b68174

    Kurs 
    Davomiyligi 
    Daraja 
    (Tayanch)-Bazaviy 2 yil 
    kandidat (ta‘limning boshqa tizimida 
    bakalavr diplomiga mos keladi) 
    Asosiy 
    3 yil 
    litsentsiat (ta‘limning boshqa tizimida 
    magistr diplomiga mos keladi) 


    Qo‘shimcha 
    2 yil 
    doktor (mutaxassis) 
    Oliy 
    2 yil 
    oliy ta‘lim agrejesi 
    kandidatdarajasi - 2 yoki 3 yillik tayanch ta‘lim olganidan keyin 
    beriladi. Bu 1-tsikl
    hisoblanadi (keyin esa ta‘limning 2-tsikli, ya‘ni ixtisos (soha) 
    bo‘yicha tayyorlash boshlanadi; 
    “litsentsiat” - bakalavr darajasiga mos keladi, mutaxassisligi bo‘yicha 2 
    yoki 3 yillik qo‘shimcha ta‘lim olishi va ilmiy ish yozganidan keyin beriladi. 
    Ba‘zi fanlar bo‘yicha ko‘p muddatli o‘qishdan keyingina ushbu darajaga 
    erishish 
    mumkin: 
    muxandislik, 
    farmatsevt, 
    huquq 
    sohalari 
    bo‘yicha 
    mutaxassisliklari uchun - 3 yil yoki meditsina, jarrohlik va doyalik (akusherlik) 
    ixtisosligi bo‘yicha doktor unvoniga ega bo‘lishi uchun 4 yil o‘qishlari shart. 
    doktor‖ - magistr darajasiga to‘g‘ri keladi, mazkur darajaga ―letsentsiat‖ 
    darajasini olgandan keyingina kamida yana 1 yil tahsil olib, dissertatsiyani yozib, 
    albatta uni yoqlash talab etiladi. 
    “oliy ta’lim agreje”si - ushbu ierarxiya (ketma-ketlik)ning oliy darajasi 
    hisoblanadi va u doktorlik darajasini olib, 2 yil muddat o‘tishidan keyingina 
    berilishi mumkin. 
    Universitetlarda, shuningdek universitetdan keyingi ta‘lim yoki, odatda, 
    davomiyligi 2-3 yil bo‘lgan ―3-chi tsikl (bosqich) ta‘limi‖ bordir. Mazkur ta‘lim 
    turininig maqsadi insonlarga ko‘shimcha ta‘lim yoki daraja olish uchun imkoniyat 
    yaratish hisoblanadi. Ba‘zi fanlardan universitet darajasiga ega bo‘lish uchun 
    kechki yoki dam olish kunlari kurslari tashkil etilishi orqali yoshi katta bo‘lgan 
    kishilarga imkoniyat yaratiladi. Ba‘zi universitetlarda ta‘limning ―almashib 
    kelish‖i, ya‘ni ta‘lim olish jarayoni ishlab chiqarishdagi amaliyot bilan almashib 
    keladi va ―tanaffusli ta‘lim‖ kabi shakllari mavjud. Belgiya oliy maktab tizimi 
    uchun ta‘lim jarayoni bilan zamonaviy fanni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari 
    bo‘yicha amaliy tadqiqotlarning bog‘liqligi an‘ana bo‘lib qolgan. 
    Ilm, fanni rivojlantirish uchun universitetlarning byudjetidan 40% gacha 
    bo‘lgan miqdordagi mablag‘ ajrtiladi. Ilmiy tadqiqotlarining moliyalashtirilishi 
    vazirlik, sanoat va qishloq xo‘jaligida ilmiy- tadqiqotlarga ko‘mak Instituti 
    yo‘nalishlari bo‘yicha davlat mablag‘lari, ilmiy tadqiqotlar Milliy jamg‘armasi, 
    shuningdek turli xil kompaniya, jamg‘arma va assotsiyatsiyalar yo‘nalishi bo‘yicha 
    xususiy (shaxsiy) manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 
    1995 yil 8 avgustdagi ―Oliy maktablarda ta‘limni tashkil etish to‘g‘risida‖gi 
    Dekret ―uzun‖ va ―qisqa‖ tipdagi ta‘limni belgilab berdi. Shuni alohida ta‘kidlash 
    kerakki, oliy o‘quv yurti nomidagi ―institut‖ yoki ―universitet‖ so‘zlari mazkur 
    o‘quv yurti o‘z bitiruvchilariga oliy ma‘lumot beradi degani emas. Qisqa muddatli 
    ta‘lim 3 yillik (ba‘zi hollarda san‘at va tibbiyot sohalari bo’yicha 4 yil) muddatli 


    bir tsikldan iborat bo‘ladi. Nazariy qismini o‘qitish navbatma-navbat laboratoriya, 
    ustaxonalardagi amaliy mashg‘ulotlar bilan birgalikda olib boriladi. 
    Ko‘pincha fermer, buxgalteriya, hamshira, maktab o‘qituvchisi, mexanik, 
    kutubxonachi, fotograf, kotiba kabi mutaxassisliklarda o‘qishning 1-yilidan 
    boshlanadi. 

    Uzoq muddatli oliy ta‘lim, ba‘zi hollarda universitet darajadagi, uzoq 
    muddatli ta‘lim bilan ham nomlanadigan har biri davomiyligi 2 yildan iborat 2 
    tsikldan iborat. 
    Belgiya oliy o‘quv yurtlari tomonidan berilgan barcha diplomlar Evropa 
    Ittifoqi davlatlari, shuningdek Islandiya, Norvegiya, Turtsiya va Mal‘ta 
    mamlakatlarida e‘tirof etiladi. 
    Birinchi bosqich Gradue diplom berilishi bilan yakunlanadi. Ikkinchi 
    pog‘ona tahsilidan keyin Licencie diplomi beriladi. Institut va universitetlarning 
    ikkinchi pog‘ona bitiruvchilari uchun yagona bo‘lib, umumiy hisoblangan uchinchi 
    pog‘onadan keyin bitiruvchiga (Ingeneurdiplome) diplomli muhandis darajasi 
    beriladi. Aslida, oliy ta‘lim sektorlari oralig‘idagi chegaralar o‘zgalar uchun yopiq, 
    mahdud emas hamda talabalar navbatdagi ta‘lim bosqichini o‘z mutaxassisligiga 
    mos keladigan hohlagan oliy o‘quv yurtida davom ettirishi mumkin. 
    OO‘Yuga kirish imtixonlari mavjud emas: tahsil olish uchun yozilish tizimi 
    mavjuddir. Ba‘zi OO‘Yular kelajak talabalari uchun qo‘shimcha ravishda test 
    sinovlarini o‘tkazishadi. 

    Download 261,56 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 261,56 Kb.
    Pdf ko'rish