Peroral ta’siri uzaytirilgan dori turlari. Spansulalar
Ta’siri uzaytirilgan peroral dorilar davomli dorilarning asosiy qismini tashkil etadi.
Spansula dori turi. Spansulalar deb qopqoqli qattiq jelatinli kapsulani ichini dori moddaning mayda mikrokapsula yoki mikrodrajesi bilan to‘lg‘azilgan dori turiga aytiladi.
Spansulalardagi dori moddaning ta’sir muddati uzaytirilishi, jela-tinli kapsulani ichiga, qobig‘i har xil qalinlikda bo‘lgan, dori moddaning mikrokapsulalarini joylashtirish hisobiga ta’minlanadi.
Spansulalarning tashqi ko‘rinishi va ularda dori moddalarni ta’siri uzaytirilish prinsipi rasm.4 va rasm 5 ifodalangan.
Ko‘pincha qobiqning qalin-yupqaligiga qarab mikrokapsulalar turli rangga buyaladi.
Demak, spansulalar- bu mikrokapsula yoki mikrodrajelardan tashkil topgan qattiq jelatinli kapsula. Mikrokapsulalar har xil qalinlikga ega bo‘lgan qobiq bilan qoplanganligi uchun, ular bir vaqtda erimayda va ulardan dori modda uzluksiz ravishda, qobiqlarni ketma ket erishi hisobiga, uning qondagi terapevtik konsentratsiyasi ta’minlanadi.
|