Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6,71 Mb.
bet131/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   517
Strukturali tabletkalar

Retard turdagi tabletkalar. Bu turdagi tabletkalar o‘z tarkibida ta’sir etuvchi moddaning bir sutkali miqdorni saqlaydi va uni asta sekinlik bilan ajratib chiqarishga mo‘ljallangan. Bu tabletkalarda ta’sir etuvchi moddalar mikrokapsulalangan holda, ya’ni har bir modda zarrachasi yupqa polimer qobiq bilan qoplangan bo‘ladi.

Qoplangan polimer qobig‘ining tabiatiga qarab, bunday tabletkalar ma’lum рН sharoitida, yoki diffuziya, ion almashuv, qobig‘i yorilish hisobiga, belgilangan vaqtda mobaynida erish xususiyatiga ega.

Bunday tabletkalar mikrokapsulalarni qattiq yog‘ asosi bilan presslash yo‘li bilan olinadi.

Retard turdagi tabletkalar oshqozon ichak yo‘lidan o‘tib 16-18 soat mobay-nida to‘liq erib ketadi, lekin ularning ta’sir kuchi 1 sutkaga etish mumkin. Misol sifatida nitrong (nitroglitserin mikrokapsulalaridan tayyorlangan), Gemiton-retard, mirenil-retard, sonopaks-retard, kvilinorm-retard tablet-kalarini keltirish mumkin.



Durula turdagi tabletkalar.Bundaytabletkalar “karkasli” yoki “skeletli”deb ataladi, chunki ular qattiq erimaydigan skelet asosida olinadi. Ta’sir etuvchi modda qattiq erimaydigan skelet asosi bilan preslanib olinadi. Skelet materiali sifatida noorganik birikmalar ( gips, titan oksidi, bariy sulfat, kalsiy fosfat) va organik birikmalar (PE, PVX) ishlatiladi. SHu birikmalar presslashda tabletkada g‘ovakli tizim hosil qiladi. Durula turdagi tabletkalar tuzilishi 6- rasmda ifodalangan.

!


Download 6,71 Mb.
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6,71 Mb.