|
Rasm 4. Lontab turdagi tabletkalar tuzilishi
|
bet | 133/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
Rasm 4. Lontab turdagi tabletkalar tuzilishi
ta’sir etuvchi moddaning dastlabki miqdorini saqlovchi qobiq;
tabletkaning yadrosi, dorivor moddaning 2 va 3 dozalarni saqlaydi
Dupleks turdagi tabletkalar.Bu tabletkalarni takroriy yoki ketma-ketlik bilan ta’sir qiladigan dori turlari guruhiga kiritish mumkin.
Bunday tabletkalar dorivor moddaning ikkita dazasini o‘zida saqlaydi va ular bir biridan o‘zaro himoya qobiq bilan bo‘lingan bo‘ladi. Dupleks turdagi tabletkalar tuzilishi 8- rasmda keltirilgan.
Rasm 5. Dupleks turdagi tabletkalar tuzilishi
sirtki qobiq ( ko‘pincha shakarli); 2-dorivor moddani dastlabki dozasini saqlovchi , oshqozonda eriydigan qatlam; 3-himoyalovchi(enterosolyubil qobiq); 4-ta’sir etuvchi moddaning ikkinchi dozasini saqlovchi tabletkaning yadrosi, ichakda eriydi
Duplesk turdagi tabletkalar qobiq va yadrodan iborat va ta’sir etuvchi moddaning dastlabki dozasi qobiqda joylashgan bo‘lib, u oshqozonda eriydi. Keyingi qavat ( enterosolyubil) himoyalovchi, yadroni oshqozonda erimasligi ta’minlaydi. Tabletkaning yadrosi dorivor moddaning ikkinchi dozasini saqlaydi va ichak yo‘lida eriydi. Misol sifatida Gastripon dupleks preparatini keltirish mumkin.
Ko‘p qavatli tabletkalar yoki draje dori turlari.Bunday tabletkalar bir nechta qavatdan iborat bo‘lib ularga turli xil dorivor moddalar kiritilgan bo‘lishi mumkin. Misol sifatida meksaza preparatini keltiriz mumkin. Meksazaning birinchi qavatiga bromelin kiritilgan bo‘lib, u oshqozonda eriydi va oqsillarni parchalanishida ishtirok etadi. Ikkinchi qavatidagi pankreatin ichakning yuqori qismida erib, uglevod, eg‘lar va oqsillarni hazm bo‘lishiga yordam beradi. Tabletkaning uchinchi qavatidagi ta’sir etuvchi moda enteroseptol bo‘lib, ichakning pastki qismida eriydi va antibakterial xususiyatiga egadir.
Polimer dorivor pardalar
|
| |