Liposomal dorilarni olinish usullari
Liposomalarni hosil qilish uchun har xil usimlik yoki hayvon hujayralaridan olinadigan fosfolipidlar qo‘llaniladi. Ko‘pincha ulardan tuxum sarig‘i yoki soyadan olinadigan letsitin keng ishlatiladi.
Undan tashqari xolesterin va boshqa spetsifik fosfolipidlar, masalan kardiolipin - yurak mushaklaridan olinadigan spetsifik lipid, sulfatid va serebrozidlar ( uglevod tarkibli sitoplazmatik membranalarning komponenti), sintetik moddalar: N-palmitilserin, N-palmitilglitsin, fosfotidilxolin, fosfoditilserin, fosfatidiletanolamin, fosfati-dilinozit.
Masalan, adriamitsin liposomalarini yaratish uchun fosfotidilxolin, xolesterin va sulfatid aralashmasi 5:4:1 nisbatda olingan.
Xozirgi paytda fosfolipidlarni manbalari kengaymoqda. Masalan kungaboqarning fitoglikolipidlarini, qora mollarning bosh miyasining lipidlarini qo‘llash maqsadga muvofikligi aniqlandi.
|