Liposomalar va kosmetologiya
Liposomalarning ishlatilishining yana bir sohasi - kosmetologiya.
1987 yilda yirik kosmetik firmalari "Kristian Dior" va “L ,Oreal” birinchi bo‘lib liposomalar yordamida kosmetik vositalarni taklif etishgan. "Kristian Dior" firmasi birinchi bo‘lib "Kaptyur" nomli, “L Oreal” firmasi esa “Niosomы” nomli liposomalar saqlagan gel( krem) yaratishgan. "Kaptyur" kremini yaratishda liposomalar tarkibida timusning ekstrakti, har xil biofaol moddalar (peptidlar-kollagen, elastin) kiritilgan bo‘lib, taklif etilgan liposomal krem ajinlarni yuqotish uchun mo‘ljallangan. YAratilgan liposomal kremlar, epidermisni tashkil qiluvchi hujayra membranalari bilan birikib, unga biofaol moddalarni beradi va natijada ajinlarni kamayishi kuzatiladi. Deyarli 20 yil davomida liposomalarasosida tayyorlangan kosmetik vositalarni soni bir necha yuzdan oshdi va yildan yil ularning soni kengaymoqda. Hozirgi vaqtda krem va gelladan tashqari liposomalar boshqa kosmetik vositalarda keng qo‘llaniladi: lab pomadalari, duxi, soch uchun konditsionerlar va sh.o‘.. Ularning afzalligi –ta’siri davomli va samaradorli.
16-Ma’ruza
|