Ma’ruzaning qisqacha matni:
Tanada dorivor moddalarni kerakli a’zolarga va to‘qimalarga yo‘naltirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
1 - passiv yo‘l bilan etqazish;
2-aktiv ( faol) yo‘l bilan etqazish.
1- passiv, ya’ni sustkashlik bilan etqazishda dorivor moddani tarqalishi asosan tashuvchi vositani fizik-kimyoviy xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
2- aktiv, ya’ni faollashtirilgan etqazishda bu jarayon har hil tashqi omillar yordamida (masalan magnit maydoni yordamida) tartibga solinib turiladi.
Oxirgi yillarda tashqi omil sifatida magnit maydonini qo‘llash maq-sadga muvofiqligi tasdiqlandi. Magnit maydoni yordamida boshqariladigan ( magnitli) diagnostik va davolovchi preparatlarni yaratish va ishlatish dolzarb muammo. Magnitli dori turlarini yaratish quyidagi masalalarni echilishiga imkoniyat beradi:
1. rentgenologik tekshirishlarni o‘tkazish;
2. mikrotsirkulyasiya va qon aylanish tezligini aniqlash;
3. a’zolarga dorivor moddalarni yo‘naltirilgan ravishda etkazish;
4. shikastlangan a’zo yoki to‘qimalar yonida dorivor "depo"larni hosil qilish va dori moddalarni uzaytirilgan ta’sirini ta’minlash.
Undan tashqari, magnit maydoni qator tibbiy muammolarni echishda ham yordam beradi:
-magnit maydoni ta’siri yordamida jarroxlikda choksiz ulash;
-tanadan yot, metal tabiatli moddalarni chiqarish;
-ko‘krak deformatsiyasini magnitoxirurgik usulda davolash.
Oxirgi yillarda magnit maydonini klinik tibbiyotda ishlatilishi o‘sib bormoqda. Buni magnit maydonning odam organizmiga ijobiy biologik ta’sir ko‘rsatishiga bog‘liqdir.
Hozirgi vaqtda magnit maydoni qator biologik ta’sirga ega ekanligi aniqlangan:
magnit maydoni yallig‘lanish jarayonini kamaytiradi;
sedativ, gipotenziv, og‘riq pasaytiruvchi xususiyatlarga ega;
magnit maydonning antimikrob ta’siri mikroorganizmlarning ferment sistemasini ishdan chiqarish bilan bog‘liq;
magnit maydoni turli asab kasalliklarni ( vegetativ polinevritlar, umurtqa pog‘onasi osteoxondrozlari) davolashda qo‘llaniladi;
pereferik tomirlarda qon va limfa aylanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
peroral magnitli dori turlari yordamida oshqozon-ichak kasalliklarni davolash;
magnit maydonining ta’siri natijasida to‘qimalarni trofikasi (oziqlanishi) va mikrotsirkulyasiya, regeneratsiya jarayonlari faollashadi;
magnit maydoni immun sistemasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu xususiyatlariga ko‘ra, oxirgi yillarda “magnitofarmakologiya” – tibbiyotning bir yo‘nalishi shakllandi.
Magnit maydoni xirurgiya, stomatologiya, kardiologiya, travmatologiya sohalarida keng qo‘llaniladi. Lekin magnit maydonining asosiy afzallik tomoni (farmatsiya sohasiga tegishli)- bu dori moddalarni tanada tashish, ya’ni ma’lum bir kerakli joyga eltib etqazishda yordam berish.
|