Magnitli plastir va shamchalar. Yuqori dispersli magnetitli to‘ldi-ruvchini plastir massasiga qo‘shib, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan plastirlar yaratilmoqda. Teri ustiga yopishtirilganda ularni miozit, radikulit, nevralgiyalarni davolashda samaradorligi yuqori bo‘ladi (magnit to‘ldiruvchilarni hisobiga). Masalan, yaratilgan indo-metatsinning magnitli plastirning og‘riq koldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’siri (oddiy plastirga nisbatan) kuchliroqligi in vivo tekshirishlarda tasdiqlangan.
Magnit maydonining afzallik tomonlaridan biri bu - pereferik qon aylanishini yaxshilash. SHu xususiyatiniti hisobga olib, Yaponiya olimlari tomondan gemoroyni davolash uchun magnitli shamchalar yaratilgan. Shamchalar 0,25 g parmidin ( ta’sir etuvchi modda) va gidrofob asosdan iborat bo‘lib, uning magnitli xossalarini ta’minlash maqsadida tarkibiga bariy geksaferrit kiritilgan.
Klinik sinovlarda magnitli parmidin shamchalarining, oddiy parmidin shamchalariga nisbatan, samaradorligi yuqori bo‘lishi aniqlangan (to‘g‘ri ichak yallig‘lanishi, gemoroy, proktitlarni davolashda). Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkin: magnit maydonining odamning organizmiga ta’siri ko‘p tomonlama bo‘ladi va dorilarni ta’sirini yo‘naltirish va samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi.
Magnitli dori turlari kuyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanmoqda:
Magnit maydonining odam organizmiga biologik ta’sir mexanizm-larini chuqur o‘rganish;
Mo‘t’adil magnitli dori turlarini yaratish;
Magnitli to‘ldiruvchilarni kengaytirish;
Magnit maydonining dori moddalar farmakologik faoliyatiga ta’sirini o‘rganish.
|