Ma’ruzaning qisqacha matni:
Farmatsevtika fanlarining majmuasida biofarmatsiya alohida o‘rinni egallaydi, chunki dorilar texnologiyasini rivojlanishi shu fanga chambarchas bog‘liq. Ayniqsa yoshiga qarab beriladigan dorilar, zamonaviy ( ta’siri uzaytirilgan va yo‘naltirilgan) dorilarni barpo etilishini biofarmatsiyasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Biofarmatsiya farmatsevtika fanining yangi tarmog‘i sifatida 1960 yilarda yuzaga chiqqan bo‘lishiga qaramay unga tegishli bo‘lgan eksperimental natijalar ancha oldindan ma’lum edi. Binobarin, dori moddalarning "so‘rilish" va ta’siriini organizmga yuborish yo‘li bilan bog‘liqligi bizning eramizdan oldingi tibbiyot olimlarini izlanishlaridan ma’lum bo‘lgan (Ibn Sino 5 kitob). Erdamchi moddalarning dorivor modda so‘rilishiga ta’siri kabi masalalar ham ko‘p yillardan beri e’tibor etiladi.
Sulfanilamid preparatlarning maydalik darajasi bilan biologik ta’siri o‘rtasidagi bog‘liqlikning 1940 yillarda aniqlanishi ham olimlar diqqat markazidan chetda qoldi.
Yil sayin bunday misollar ko‘plab yig‘ilib boraveradi. Birinchi marta katta shov-shuv sababchisi: Nyu-York kasalxonalaridan birida, antikoagulyant - bisgidroksikumarinning ikki firmadan olingan tabletkasi bir dozada bo‘lsa ham,biroq terapevtik faolligi 2 martagacha bir-biridan farqlanishi aniqlandi. Kimyo tarafdan tekshirilganda tabletkalarning hech bir farqi aniqlanmagan.
Xuddi shunday ma’lumotlar levomiitsetin, eritromitsin va x.q. tabletkalarida ham kuzatilgan. Tekshirilgan tabletkalar MTH to‘la to‘kis javob bersa ham, klinik sinovlar har xil natijalar berishi isbotlandi. Oldindan bu masalalarni olimlar diqqat markazidan chetda qolishiga asosiy sabab ularning bu masalaga faqat tovarshunosliik va analitik nazar bilan qarash edi. Biroq fan taraqqiyoti dori moddalar konsentratsiyasisi va ularning metabolitlarini organizm suyuqligiida (qonda, plazmada, siydik va boshqa suyuqliklarda) miqdorini aniqlash usullarini yaratish va o‘lchashga asbob-uskunalarni yaratish natijasida yuzaga keldi.
Dori shakliga tovarshunoslik ko‘zi bilan qarash va baho berish hozirgi zamon talablariga javob bermay qo‘ydi. Biofarmatsiya fanini yuzaga chiqishga asosiy sabablaridan biri bu yordamchi moddalar sifatida ishlatiladigan kimyoviy birikmalarini keskin ko‘payishidir. Yordamchi moddalar bilan olib borilgan tajriba va tekshiriishlar ularni organizmga va dori moddaning terapevtik terapevtik ta’siriga befarq degan tarixiy tushunchaning noto‘g‘riligini isbotladi. Erdamchi moddalar dori preparatlarining ta’sirini ko‘paytirishi, pasaytirishi yoki ta’sirini qisman yoki mutlaqo o‘zgartirishi mumkinligi isbotlandi.
Demak faqat dori moddaning ta’siri asosida dori shakli to‘g‘risida xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Dori moddaning ta’siriga dori turini shakllantiruvchi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatishi isbotlandi.Yuqoridagilarga xulosa qilib aytganda:
Biofarmatsiya - bu dori preparatlarining biologik ta’siriga (terapevtik samaradorligiga farmatsevtik omillar ta’siri) dori moddaning fizik-kimyoviy hossalari, dori shakli, tayyorlash texnologiyasi va yordamchi moddalar ahamiyatini o‘rganadigan fan.
Biofarmatsiya fanining asosiy vazifasi dori turlarining biosamaradorligini oshirish va qo‘shimcha ta’sirini kamaytirish.
|