Antitelalar va glikoproteidlar yordamida dorilarni tanada yo‘naltirish
Dorivor moddalarning 3-chi avlod tashuvchi vositalari sifatida glikoproteidlar va antitelalar ko‘llaniladi. Ularning asosiy vazifasi dori moddalarni yo‘naltirilgan ravishda hujayralarga etkazish.
ANTITELALAR - bu ayrim antigenlarlar (oqsil tabiatli toksinlar, bakterialar, viruslarlar)ga qarshi qon zardobida paydo bo‘ladigan oqsillarning bir fraksiyasi. Antitelalar, yuqori spetsifik xususiyatga ega bo‘lganligi uchun, ular yordamida dorivor moddalarni yo‘naltirilgan holda hujayralarga etqazish imkoniyati tug‘iladi, chunki antitelalar antigenlar yoniga to‘planish xususiyatga ega.
Masalan, rak kasalligi bilan shikastlangan hujayralar yuzasida spetsifik antigenlar hosil bo‘lar ekan. Shu antigenlarga qarshi hosil bo‘lgan antitelalarga sitostatik dorivor moddalarni biriktirib ularni kerakli hujayralarga etib borishini ta’minlash mumkin.
Sitostatik preparatlar saqlovchi nanokapsula va liposomalarni ham antitelalarga kovalent aloqa orqali bog‘lab kerakli a’zolarga va to‘qimalarga yo‘naltirish mumkin.
Xuddi shu usul trombolitik preparatlarini samaradorligini oshirish uchun ham ishlatilgan (ya’ni tromblar bilan birikish xussusiyati yuqori bo‘lgan antitelalar yordamida ularni yo‘naltirish).
GLIKOPROTEIDLAR -polisaxaridlar va oqsillar bilan birikmalari. Birikmalar(komplekslar) uglevod-peptid kovalent bog‘lanish yordamida hosil bo‘ladi. Glikoproteidlarni polisaxarid (ya’ni uglevod qismi) ayrim ho‘jayralarning yuzasiga va makromolekulalar bilan birikish xususiyatga ega.
Glikoproteidlar bilan birikish qobiliyatiga yuqori bo‘lgan retseptorlar gepatotsitlar, retikulotsitlar, makrofaglar, fibroblastlar, leykotsitlar yuzasida joylashgan bo‘ladi. Shuning uchun glikoproteidlar dorivor moddalarni aynan shu hujayralarga etqazish uchun qo‘llaniladi.
|