Magnitli surtmalar. Magnitli surtmalar ham dorivor terapiyada oxirgi yillarda qo‘llanilmoqda. Magnitli surtmalarni tayerlashda birinchi bosqichda magnitli pasta konsentrat ( MPK) olish lozim. Maxsus MPK har xil surtmalarni tayerlash uchun ishlatiladi. Magnit zarrachalari agregatsiyaga uchrashlari oqibatida, surtmalarni birhilligini ta’minlash imkoniyati bo‘lmaydi. MPKni oldindan tayyorlash maqsadi- magnitli to‘ldiruvchini dispersligini va asos bilan bir tekisda aralashishini ta’minlash. MPK olishda turli SFM qo‘llaniladi.
MPK tarkibi 56% kolloid magnetit, 44% olein kislota va vazelin moyining aralashmasidan (1:1) iborat. Magnetitning turg‘unligi uning zarrachalarini olein kislotasi bilan qoplanganligi oqibatida ta’minlanadi. Hosil bo‘lgan MPK keyinchalik har xil asoslar bilan aralashtirilishi mumkin va turg‘un dispers sistemani hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Misol sifatida 5% metiluratsil va 1% dioksidin tarkibli magnitli surtmaning keltirish mumkin. Ushbu surtmaning tayerlanishi kuyidagi bosqichlardan iborat:
1.Vazelin -lanolin tarkibli asosni tayerlash;
2.Asosnig bir qismiga ta’sir etuvchi moddalarni qo‘shish;
3.Hosil bo‘lgan aralashmaga MPK qo‘shib, asosning qolgan qismi bilan gomogenlashtirish;
4.Sterillash (gamma nurlari bilan).
Surtmaning 1,5 yil davomida turg‘unligi ta’minlanadi.
Taklif etilgan magnitli surtmaning samaradorligi tarkibiga magnitli zarrachalar kiritilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Ushbu surtma, ichak sistemasidagi operatsiyalar oqibatida sodir bo‘lgan svishlarni ichiga surtilib, ularni tez bitishiga yordam beradi. Surtma magnitli xususiyatga ega bo‘ganligi uchun, uni svishlarni ichida, magnit maydoni yordamida, harakatlantrish imkoniyati tug‘iladi. Undan tashqari, magnetit o‘zi ham bakteritsid va bakteriostatik xususiyatlarga ega bo‘lganligi uchun, svishlarning tez yopilishiga sabab bo‘ladi.
Biofarmatsevtik tekshirishlar natijalari ushbu magnitli surtmaning samaradorligini tasdiqlangan.
|