Magnitli suyuqliklar
Magnitli suyuqliklar- bu magnitli materiallarning kolloid eritmala-ri yoki osilmalaridan tashkil topgan geterogen sistemalar. Dispersion muhit sifatida - suv, dori moddalarning suvli eritmalari, vazelin moyi, fiziologik eritma, 2% li albumin eritmasi, defibrinlangan hayvonlarning qoni ishlatiladi. Dispers faza esa yuqori dispersli karbonil temir, magnetit va boshqa magnitli to‘ldiruvchilarning zarrachalaridan iborat bo‘ladi.
Magnitli suyuqliklar rentgenologik tekshirishlarni, qon aylanish tezligini va mikrotsirkulyasiyani aniqlash hamda dorilarni a’zolarga etqazishda qo‘llaniladi.
Ko‘pincha ferromagnitli suyuqliklarni turg‘unligini oshirish uchun ularning tarkibiga turli SFM (sirt faol moddalar) kiritiladi.
Misol sifatida maxsus rentgenologik ferromagnit suyuqligini keltirish mumkin. Bu suyuqlik tarkibi 15% magnetit, 9,9% olein kislotasi, 37,5% yodolipol (yodlangan kungaboqar moyi) va 37,5% zaytun moyi iborat.
Magnitli suyuqlikning texnologiyasi quyidagilardan iborat:
1) Ferrofazani kolloid zarrachalarini hosil qilish. Buning uchun temirning suvda eruvchan tuzlari: FeCL3 va FeSO4 alohida suvda (150 ml ) eritiladi. So‘ng eritmalar bir biri bilan aralashtiriladi va NH4OH qo‘shiladi. Reaksiya natijasida magnetit (Fe3O4) cho‘kmasi hosil buladi.
2) 1 soat o‘tgach cho‘kma suv bilan yuviladi va unga SFM-olein kislotasi qo‘shiladi va sistema yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmaga yodolipol qo‘shilib, suv hammomida 30 daqiqa davomida qizitiladi.
3) Belgilangan vaqt o‘tgach, suvli faza quyib tashlanadi va cho‘kmadagi konsentrat 100oS gacha isitiladi (suvning qoldiqlarini bo‘g‘latish maqsadida).
4) Hosil bo‘lgan konsentratga zaytun moyi qo‘shiladi, aralashtiriladi va ultra tovush yordamida ishlov beriladi.
Bu suyuqlikni, magnit maydoni yordamida tananing kerakli joyiga yo‘naltirish imkoniyati bo‘ladi va ichak- oshqozon sistemasining tahlil uchun qiyin qismlarini nazorat qilishning samaradorligi oshadi. Yuqorida keltirilgan usulda olingan va SFM lar bilan turg‘un-lashtirilgan turli sitostatik preparatlar saqlovchi magnitli suyuqliklar ham ishlab chiqilgan.
|