Magnit maydonining manbalari sifatida har xil ferritli magnit-lar ishlatish tavsiya etladi. Hozirgi paytda sanoatda kuyidagi yangi ferritli magnitlar ishlab chiqarilmoqda: MDM 2-2, MDM 2-1.
1980 yillardan boshlab elastik magnitlar -EM ishlab chiqariladi. EM lar bu murakkab tarkibli materiallar. Ular tabiiy yoki siloksan kauchuk, vinilpirrolidon va har xil magnitli to‘ldiruvchilardan tashkil topgan. Asosan ularning tarkibiga bariyli ferrit - Ba Fe12O19 eki kobaltsamariy qotishmalari -SmCo5 kiritiladi. EM lar yuqori elastik xususiyatlarga ega bo‘lib, toksik reaksiyalardan holis bo‘lganligi uchun ular sirtga va odamning tanasiga kiritish uchun ham mo‘ljallangan.
Sirtga qo‘llaniladigan EM lar applikator sifatida bo‘lib parda, uzuk, marjon, bilakuzuk, kamar va sh.u. shakllarida yaratiladi va tananing kerakli joyiga o‘rnatilish mumkin.
|