• “Doksil”
  • gentamitsin, penitsillin, kanamitsin, streptomitsin
  • ampitsillinning
  • Liposomal dorilarni qo‘llash sohalari




    Download 6,71 Mb.
    bet170/517
    Sana01.07.2021
    Hajmi6,71 Mb.
    #15312
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   517
    Liposomal dorilarni qo‘llash sohalari

    Liposomalarni keng ishlatiladigan sohalaridan biri bu-eksperimental onkologiya, chunki ximioterapiyada ishlatiladigan zaharli moddalarni dozalarni oshirishga va ularning salbiy ta’sirini kamaytirishga imkoniyat beradi. Liposomalarni tarkibiga kiritilgan sitostatik preparatlar kerakli a’zolarga, to‘qimalarga (ya’ni rak kasalligi bilan zararlangan) etib borish xususiyatiga ega bulganligi uchun, ularning boshqa a’zolarga salbiy ta’siri kamayadi.

    Misol tariqasida Gabizon A. tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini keltirish mumkin. Keng ishlatiladigan sitostatik adriamitsin jigar va qora taloq rak kasalligini davolashda ishlatiladi, lekin uning yurak mushaklariga salbiy ta’siri juda ham yuqori (kardiotoksik xususiyatlari).

    Adriamitsinni liposomal turi kon tomiriga yuborilganda, uning jigarda va qora taloqda konsentratsiyasi 10 marta yuqoriroq bulganligi va shuni hisobiga adriamitsinni yurak sistemasiga salbiy ta’siri kamayganligi kuzatildi.

    Leykoz, limfosarkomani davolashda ishlatiladigan aklarubitsin anti-biotikning liposomal shaklini qo‘llash ( parenteral) uning salbiy (kardiotoksik) ta’sirlarini va davolovchi dozalarini kamaytirish imkoniyatini beradi.

    1992y AQSh da rakka qarshi terapiyada qo‘llaniladigan kuchli pre-paratlarning (daunorubitsin va doksorubitsin) liposomal shakllari yaratildi. Bu moddalar keng spektra ega bo‘lgan sitostatik vositalar, ammo ularning salbiy reaksiyalari ham yuqori ( nekrozlar agar terini ostiga tushsa, allopetsiya, ichak-oshqozon sistemasini yallig‘lanishi, kardiotoksikligi). SHuning uchun ulardan liposomal shakllarini yaratilishi maqsadga muvofiq bo‘ldi va liposomalar tarkibida ularni tanaga kiritilish salbiy reaksiyalar darajasini ancha pasaishiga ( davolovchi ta’sirini kamaytirilmagan holda) imkoniyat berdi.

    Hozirgi paytda doksorubitsinning liposomal shakli “Doksil” va daunorubitsin ning liposomal preparati “ Daunozom” sifatida AQSH ishlab chiqishga qo‘yilgan.

    Undan tashqari sisplatin va vinkristin nomli sitostatik moddalardan ham liposomal dori shakllari yaratilgan (AQSh da).

    Liposomalarni yana bir afzallik tarafi - ular har xil hujayralarning ichiga kirish qobiliyatiga ega. Bu xususiyat juda ham muhim, chunki ko‘p dori moddalar hujayralarning sitoplazmatik membranasidan o‘ta olmaydi, yoki o‘tish qobiliyati (darajasi) juda ham past bo‘ladi. Bu esa dorivor moddalarni ta’sirini susayishiga olib keladi.

    Qator infeksion kasalliklarga sababchi bo‘lgan viruslar yoki bakteriyalar hujayralarni ichida rivojlanadi va tarqaladi. Ularga dori moddalarni ta’siri, ko‘pincha, samarali bo‘lmaydi, chunki hujayrani membranasi ularga to‘sqin bo‘ladi.

    Hozirga paytda qator kasalliklarni (malyariya, gepatit, SPID, brutsellyoz) davolash uchun mo‘ljallangan dori moddalarni liposomalarga kiritish buyicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Liposomalar shu dori moddalarni hujayrani ichiga kirishiga yordam beradi, chunki liposomalar hujayrani membranasidan oson o‘tish qobiliyatigi ega. Hujayraning ichida liposomalarning qobig‘i fermentlar bilan parchalanadiva dori moddalar ajralib, o‘zini ta’sirini sifatli darajada ko‘rsatadi.

    Hozirgi vaqtda qator antibiotik, sulfanilamid, rakga qarshi, antivirus preparatlarni liposom shaklida qo‘llash o‘rganilgan. Masalan hozirgi vaqtda gentamitsin, penitsillin, kanamitsin, streptomitsin antibiotiklarning liposomal shakllari yaratilgan.

    Leyshmanioz (parazitar) kasalligini davolovchi solyusurmin preparatining liposomalarga kiritilgan turi oddiy preparatga nisbatan samaradorligi 200 marta yuqori bo‘lishi tasdiqlandi, chunki u bemalol hujayralarning ichiga kirish xususiyatiga ega bo‘ldi. Liposomal shaklida qo‘llash preparatlarning samaradorligi oshirish imkoniyati bo‘ladi. Masalan, ampitsillinning liposomal shaklini 90 marta davolovchi ta’siri oshganligi aniqlangan. Levomitsetinning liposomal turining samaradorligi yuqori bo‘lishi kuzatildi.

    Hozirgi vaqtda qand diabetini samaradorli davolash uchun, insulindan ham liposomal turlarini yaratish buyicha katta izlanishlar olib borilmoqda. Insulinni liposomal shaklida qo‘llash uni peroral yo‘li bilan tanaga kiritish yoki ta’siri yo‘naltirish imkoniyatini beradi.

    Masalan, letsitin va xolesterin (7:1) nisbatda tashkil topgan liposomalarning tarkibiga kiritilgan insulinning samaradorligi aniqlandi.

    Liposomalarni yana bir afzalligi ular dori moddalarni transdermal so‘rilishini tezlatadi. Shuning uchun ularni sirtga qo‘llaniladigan dori turlarini biosamaradorligini oshirishda qo‘llash maqsadga muvofiq (krem, surtma). Masalan, har-xil allergik kasalliklarni davolashda korti-kosteroidlar, antibiotiklar va sulfanilamidlarni liposomalar shaklida qo‘llashga patent olingan (Germaniya). Natijalar shuni ko‘rsatadiki- teriga surtma yoki krem holida surtilganda liposomal preparatlarni bir necha barobar samaradorligi oshar ekan.

    Hozirgi paytda liposomalarga kiritilgan dori preparatlarining nomen-klaturasi yildan yil kengayib bormoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijasida yangi liposomal preparatlar tibbiyotga taklif etilmoqda. Ulardan ayrimlari :


    • "Reem" firmasi (Germaniya) tomonidan vena qon tomirlarini kengayishga qarshi liposomal dorini yaratilgan;

    • Italiyaning "Fidiya" firmasi tomonidan gipofiz faoliyatini kuchaytirish uchun mo‘ljallangan "Liposom forte" liposomal preparat taklif etilgan;

    -"Vitorgan" firmasi (Germaniya) "Nayparadent" (paradontozni davolash uchun) gomeopatik liposomal dori turlarini ishlab chiqaradi;

    • Rossiyada Lipotrast, ya’ni veragrafinning, (rengenokontrast modda) liposomal shakli yaratilgan;

    • Ukrainada “ Biolek” korxonasi tomonidan (Xarkov) “Lipodoks” nomli doksorubitsinning liposomalari olingan.

    • Jigar kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan qator liposomal preparatlar ham taklif etilgan ( Lioliv, Lipin);

    Respublikamizda ham shu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ularning natijasida hozirgi vaqtda:

    • biokimyo institutida grippning vaksinasining liposomali turi yaratildi;

    • bizning institutimiz va biokimyo institutlari hamkorligida piratsinni teri orqali liposomal yordamida kiritish va insulinning liposomal shaklini yaratish sharoiti o‘rganilgan;

    • Dori vositalarini sifatini nazorat qilish va standartlash markazida olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida misning koordinatsion birikmalarining va SFM asosida liposomal dori preparatlari yaratilgan.


    Download 6,71 Mb.
    1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   517




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Liposomal dorilarni qo‘llash sohalari

    Download 6,71 Mb.