Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




Download 6.71 Mb.
bet169/517
Sana01.07.2021
Hajmi6.71 Mb.
#15312
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   517
Liosomalar texnologiyasi

Hozirgi vaqtda liposomalarni 20 ga yaqin yaratish usullari taklif qilingan. Ulardan eng tarqalgan usul- muzlatish usuli (Bangem usuli). Bu usul bo‘yicha, dorivor moddalar liposomalar bilan birga muzlatiladi va krioprotektorlar yordamida quritiladi, (saxaroza, glyukoza).

Masalan, tuxum letsitini va xolesterindan (7:1) nisbatda tashkil topgan va insulin saqlaydigan liposomalarni olinishi Bangem usulida olib borilgan. Buning uchun xolesterin va tuxum letsitini to‘rtxloruglerodda eritiladi,rotor bug‘latgich yordamida eritma bug‘lantiriladi va insulin saqlovchi bufer eritma qo‘shib, aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan sistema suyuq azot bilan muzlatiladi (-193 S).

Muzlatilgan aralashma, sublimatsion quritgich kamerasida, krioprotek-torlar yordamida, erituvchidan bug‘lantiriladi va sentrifugalanadi( liposomalarni ajratish uchun). Hosil bo‘lgan liposomalarni 40S haroratda 15 sutka mobaynida turg‘unligi ta’minlandi. Liposomalarni turli omillar ta’sirida ( masalan ultratovush) dispergirlash yo‘li bilan ham olish mumkin. Masalan, strofantidin atsetat liposomal turini yaratishda letsitin va kardiolipin fosfolipidlari qo‘llanilgan. Olinish texnologiyasi: birinchidan fosfolipidlarning standart eritmalari tayerlanadi. Buning uchun letsitinning 10% li va kardiolipinni 0,5 % li spirtli eritmalari tayyorlanadi. So‘ng eritmalar, rotor quritgich yordamida, quyuqlashtiriladi va strofantidin atsetat eritmasi qo‘shilib, aralashtiriladi. Oxirida sistemaga ultratovush bilan 10 daqiqa davomida ishlov beriladi.

Liposomal preparatlar parenteral,peroral va transdermal yo‘llari bilan tanaga kiritilishi mumkin. Lekin liposomalarni parenteral yo‘l bilan ishlatishda bir muammo echilishi lozim - bu sterillash jarayoni. Sterillash usuli ta’sir etuvchi moddalarni va liposomalarni turg‘unligini ta’minlash kerak. Asosan krioradiatsiya usuli ishlatiladi, ya’ni radiatsiya nurlari bilan muzlatilgan liposomal sistemani sterillash.

Liposomalarni farmatsiya sohasida keng ishlatish uchun bir necha muommalar echilish shart:

-oddiy va engil olinish usullarini ishlab chiqish;

-liposomal preparatlarning turg‘unligini o‘rganish va saqlash muddatlarini uzaytirish;

- farmatsevtika sanoatida fosfolipidlarni ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish.



Download 6.71 Mb.
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   517




Download 6.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

Download 6.71 Mb.