Klizma – xukna – davolash yoki diagnostik maqsadlarda durvaza (ortki chiqaruv teshigi)dan to‘g’ri ichakka suyuqlik (dori modda, aralashma va b.) yuborish muolajasi
Klizmalarning yuqori samaradorligi bilan bir qator kamchiligi ham bor: maxsus apparat zarurligi, tayyorlashga uzoq vaqt sarflanishi va faqat ekstemporal retsepturada berilishi.
Rektiolalar. So‘nggi yillarda xorijiy davlatlarda bolalar amaliyotida rektiolalar keng ishlatilmokda.
Rektiolalar (rektal pipetkalari yoki mikroklizmalarda deb ham yuritiladi) – hajmli 3-5 ml, plastmassadan yasalgan elastik idishchalarga jihozlangan va bir marta ishlatish uchun mo‘ljallangan dori vositalar. Rektiolalarni afzallik tomonlari: uzoq muddat saqlash imkoniyatini, shamchalarga ko‘ra tezrok ta’sir ko‘rsatishi, ishlatilishi nisbatan gigienikligi, dozasi aniq bo‘lishi, ishlatilishi qulay. Rektiolalar tarkibida xloralgidrat, gormonlar, barbituratlar va har xil surgi dorilarni kiritish mumkin
Bu dori turlari rektal pipetkalari yoki mikroklizmalari deb ham yuritilib, 3-5 ml hajmli plastmassadan yasalgan elastik idishchalardir (1-rasm).
1-rasm. Rektiola - rektal pipetka
Uning ichki qismiga suyuq dorivor moddalar joylashtirish mumkin. Bir marta ishlatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Rektiolalarni afzallik tomonlari: uzoq muddat saqlash imkoniyatini, shamchalarga ko‘ra tezrok ta’sir ko‘rsatishi, ishlatilishi nisbatan gigienikligi, dozasi aniq bo‘lishi, ishlatilishi qulay. Rektiolalar tarkibida xloralgidrat, gormonlar, barbituratlar va har hil surgi dorilarni kiritish mumkin.
|