Emulsion asoslar. Bu asoslar moyning suvdagi yoki suvning moydagi emulsiyalarini hosil qiladi. Ular teridan suv bilan oson yuvilib, o‘zida erigan moddalarni tez ajratish xususiyatiga ega. Bu asosdan surtmalar tayyorlanganda kam yog‘ sarf bo‘ladi va surtmalar arzonga tushadi.
Emulsion asoslardan, surtmadagi dori moddasini tez so‘rilishi, shu asoslar tarkibidagi emulgator (SFM) hisobiga ta’minlanadi. Emulgatorlar sifatida lanolin, emulgator T-2, emulgator №1, tvin-80, spenlar, setil spirti keng qo‘llaniladi. Masalan, asos komponentlari sifatida PEG-300 va 4000, setil spirti, monooleat, tvin-80 va suv bo‘lishi mumkin. Bunday asoslar yumshoq konsistensiyaga ega bo‘ladi va bolaning nozik terisiga engil surtiladi. Masalan, bolalarga mo‘ljallangan antigistamin preparatlarni saqlovchi surtmalar uchun gidrofil asosni (PEG, propilenglikol, sorbitaning monopalmitati (spen-40) va suvdan iborat bulgan asos) ishlatish tavsiya etiladi. Undan tashqari, bolani terisini nozikligini hisobga olgan holda, surtmalar tarkibiga terini gaz-havo almashishiga to‘sik bo‘ladigan, terini quri-tadigan xususiyatga ega bo‘lgan moddalarni kiritilishi cheklangan bo‘lishi lozim.
|