Isitmani pasaytiradigan dori vositalarning qo‘shimcha ta’siri. Isitmani pasaytiradigan dori vositalar dorixonalarda shifokor dorixatisiz sotiladi va ota-onalar bolalarni davolashda keng qo‘llaydilar. Shifokorlar ham ushbu farmakologik guruhga mansub preparatlarni isitmasi 390 C va hatto 370 C gacha ko‘tarilgan barcha bemor bolalarga berishni tavsiya etadilar. Shifokorlarni zamonaviy davolash usullar bilan tanishtirilganidan keyin isitmani pasaytiruvchi dorilarni berish 2,5 martaga qisqardi.
Isitmani pasaytiruvchi dori vositalar simptomatik terapiyada keng qo‘llanilishi, ular etkazadigan zarar katta bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu sababli pediatriya amaliyotida bir qator isitmani pasaytiruvchi dorilarni berish taqiqlangan: atsetilsalitsil kislotasi bolalarda gripp, o‘tkir resperator virus infeksiyalar (ORVI) va suvchechak kasalliklarda berish mumkin emas, chunki ular Rey sindromini chaqiradi va bunda bolalar o‘limi 30% (5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda 50%) ni tashkil etadi.
Zaharliligi sababli bolalarga beriladigan isitma pasaytiruvchi dori vositalari ro‘yxatidan antipirin va fenatsetin olib tashlangan. Analgin (metamizol) anafilaktik shok, agranulotsitoz chaqirishi sababli ko‘p davlatlarda 60-70 yillardan boshlab qo‘llanilmaydi, biroq MDH davlatlarida hali ishlatilmoqda.
Bir necha yil oldin MDH davlatlarida turli yoshdagi bolalar uchun isitma pasaytiruvchi vosita sifatida nimesulid (nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar guruhiga mansub) preparat ro‘yxatga olingan. Ushbu preparat revmatizm kasalligida ham beriladi, u gepatotoksik xususiyatga egaligi (bemorlarda transaminaza miqdorini oshiradi) MDH davlatlardan tashqarida hech bir davlatda qo‘llanilmaydi.
Isitma pasaytiruvchi preparatlar guruhida nisbat eng kam zararli deb paratsetamol hisoblanadi. Ibuprofen bolalarga og‘riq bilan birga kechadigan isitma kasalliklarida beriladi. Biroq haligacha ko‘p ota-onalar bemor bolalariga isitmasini pasaytirish uchun aspirin, analgin va nimesulid kabi preparatlarni beradilar, bunda isitma pasaysa bolaning ahvoli yaxshilanadi deb hisoblaydilar. Biroq isitma – bu organizmning himoyalovchi-moslashuvchi reaksiyasi ekanligini va isitma pasaytiruvchi vositalar zarar ko‘rsatishini keng targ‘ibot etish zarur.
Isitma pasaytiruvchi vositalar bolaning immun tizimini rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi - Th-1 immunn javobga taalluqli γ-interferon, TNF-α va boshqa sitokinlarning sintezini to‘xtatishi infeksiya ko‘targan isitmani pasayshiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun isitma pasaytiruvchi dori vositalarni bemor bolaga hayotiy zarur ko‘rsatmaga binoan berish kerak. Isitmani pasaytirish uchun oddiy kompressdan foydalanish mumkin.
|