Gomeopatik essensiyalarni 2- band bo‘yicha tayyorlash




Download 6,71 Mb.
bet33/517
Sana01.07.2021
Hajmi6,71 Mb.
#15312
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   517
Gomeopatik essensiyalarni 2- band bo‘yicha tayyorlash. Gomeopatik farma-kopeyasining qo‘rsatmasiga binoan, agar o‘simlik smola, efir moylari va kamfora birikmalarini saqlamasa va, maydalab press orqali siqilganda, 60% dan kam shira bersa, undan essensiya 2 - band bo‘yicha tayyorlanadi.

Essensiya tayyorlash uchun sarflanadigan etil spirtning miqdorini topish uchun oldin o‘simlikdagi shira miqdori quyidagi tenglama bo‘yicha hisoblanadi:

100 x a

X= _______________

100 - b

Shira miqdorini aniqlash uchun birinchidan, 1000S haroratda mayda-langan o‘simlik massasini namlik darajasi aniqlanadi /a/. Ikkinchidan, o‘simlikdan siqib olingan shira filtrlab 1000S haroratda quruq qoldig‘i topiladi /b/. Topilgan ko‘rsatkichlar tenglamaga qo‘yiladi va shirani miqdori hisoblanadi.

Essensiya tayyorlash uchun yangi yig‘ib olingan o‘simlik tortiladi, maydalanadi. Olingan xom ashyo, uning miqdorini yarmicha, 90%li spirt bilan namlanadi, yana maydalaniladi va bo‘tqasimon massaga aylantiriladi. Keyin massaga, tenglama orqali hisoblangan shiraning teng miqdorigacha, 90%li spirt qo‘shib aralashtiriladi va 8-14 kunga matseratsiya uchun qo‘yiladi. Belgilangan vaqt o‘tgach, massa siqib olinadi va ajratma og‘zi jips bekiladigan idishga quyilib, 8 kunga salqin joyga tindirish qoldiriladi va undan so‘ng filtrlanadi.

Hosil bo‘lgan essensiyalardagi dorivor moddaning miqdori 1/2 ga bo‘ladi. Ayrim o‘simliklarning maydalangan massasida shilimshiq ko‘p va chiqqan shira miqdori juda kam bo‘lsa, aniqlanayotgan o‘simlik miqdoriga teng qilib suv qo‘shiladi va tez, qattiq chayqatilib 24 soatga qoldiriladi, keyin filtrlanadi. Filtrlangan shirada 1000S haroratda quruq qoldiq aniqlanib /s/, shira miqdori quyidagi tenglama orqali hisoblanadi:

100 ( a+s)

X= _______________

100 - s

Tayyorlangan essensiyalardan spirtli tinkturalar olish mumkin. Buning uchun 2 qism essensiya va 8 qism 45%li spirt olib aralashtiriladi. Olingan tinktura 1-nchi o‘nlik suyultirish shkalasiga to‘g‘ri keladi.




Download 6,71 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   517




Download 6,71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gomeopatik essensiyalarni 2- band bo‘yicha tayyorlash

Download 6,71 Mb.