Gomeopatik tinkturalar texnologiyasi
Gomeopatik tinkturalar, quritilgan o‘simlik va yangi jonsizlantirilgan jonivor to‘qimalaridan spirt yoki spirt va suv aralashmasi yordamida ekstraksiya qilib olinadigan tiniq, rangli suyuqliklar.
Gomeopatik farmakopeyasining 4 – bandiga asosan quritilgan o‘simlik xom ashyosidan tinkturalar matseratsiya va perkolyasiya usulida tayyorlanadi.
Yangi jonsizlantirilgan jonivor to‘qimalaridan esa tinkturalar olinishi matseratsiya usulida amalga oshiriladi.
Gomeopatik tinkturalarni olishda xom ashyo va ekstragent (90% etil spirti) nisbati 1:10.
|