Gomeopatik tinkturalarni jonivor to‘qimalaridan olish. Buning uchun yig‘ilgan mahsulot boshqa keraksiz qismlardan tozalanib, yaxshilab yuvilib chinni hovonchada eziladi. So‘ng shisha idishga ezib maydalangan mahsulotlardan 1 qism solib, uning ustiga 10 qism spirt qo‘shib tez-tez aralashtirib turish sharti bilan 14 kunga qorong‘i, salqin joyga qo‘yiladi.
Ko‘rsatilgan muxlatdan so‘ng suyuq qismi ajratib olinadi, qoldiq siqiladi. Har ikki suyuqlikni birga qo‘shib 8 kunga qorong‘i va salqin joyda qoldirib, so‘ngra filtrlanadi. Tayyorlanayotgan tinkturaga zarur bo‘lsa ta’sir etuvchi modda, ya’ni bu erda hayvon to‘qimasi 1:10 bo‘lgunga qadar spirt qo‘shiladi. Tayyor tinktura 1X ga to‘g‘ri keladi.
Gomeopatik dorilarni tayyorlash uchun olingan spirtning quvvati va ishlatilishining ayrimlari keltirildi.
Apis/60% spirt bilan/ allergiyaga qarshi;
Arnika/90%/ allergiya, antigistamin ta’sirli;
Berberis /60%/ buyrak va o‘t bezidagi toshlarida
Kalendula/60% / kuygan, gangrena, yaralarni bitishida
Kantaris /90%/ shpanchivini, pielonefrit, sistit, uretrit siydik
yo‘llari kasalliklarida;
Kapsikum /90%/ bronxial astma, gastrit, enurez, gemorroy, gerpesda.
Xina /60%/ anemiya, og‘ir kasaldan keyin kuchsizlanishda
Sina /90%/ gijjalarida
Sinnamomum /60%/ yiringli kolitda
Kokkulyus /60%/ nefroz, uyqusiz,boshog‘riq, asablanishda
Kalotsint /90%/ migren, ishias, troynichnыy nerv shamollashida
Evkaliptum/90%/ tumov, tomoq, burun kasalligida.
Granatum /90%/ ich qotganda
Ignatsiya /60%/ psixika buzilishi, bir kulib, bir yig‘lab kayfiyati
buzilishida
Ipekakuana /60%/ bronxit, gastrit, faringitda
Ledum /bogulnik/ /60%/ revmatizm, xashorat chaqqanda
Nuks vomika /60%/ markaziy vegetativ nerv sistemaga, psixik
simptomlar vujudga kelganda.
|