|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 374/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
Tashqi ko‘rinishi. Losonlarni tashqi ko‘rinishi MH da keltirilgan talabga javob berishi kerak. Asosan loson bu bir fazali yoki ko‘p fazali birxil suyuqlik (eritma, suspenziya yoki emulsiya). Aloxida e’tibor losonning rangi va hidiga beriladi. Bu ko‘rsatkichlar har bir mahsulotga o‘ziga xos bo‘ladi.
Etil spirtning konsentratsiyasi, %. Bu ko‘rsatkich spirtli losonlarga tegishli va uning me’yori losonning turiga bog‘liq. (XI DF da keltirilgan usullar yordamida amalga oshiriladi: haydash - distillyasion usulida yoki qaynash harorati bo‘yicha).
Spirtomer yordamida suyuq kosmetika mahsulotida etil spirtining konsentratsiyasini aniqlash uchun oldindan yuvilgan va yaxshilab quritilgan shisha silindrga aniqlanayotgan suyuq holdagi mahsulot solinadi va unga sekin-asta spirtomer tushiriladi. Spirtomer erkin, mualak holatda, o‘z massasi bilan suyuqlikda suzishi va shisha silindr devoriga tegmasligi lozim.
|
| |