Gomeopatiya surtmalar texnologiyasi
Gomeopatik surtmalar, asosan XI DFning 2 qismdagi "Surtma dorilar" moddasiga binoan tayyorlanadi. Bunda dori moddalarning fizik-kimyoviy xususiyati, asosda yoki suvda erishini hisobga olgan holda texnologiya tanlanadi. Ma’lumki, dori moddalarni asosga kiritilishi bo‘yicha 3 guruhga bo‘lish mumkin:
1. Asosda eriydigan moddalar bo‘lsa, oldin ular shu asosda eritiladi. Misol qilib tumovga qarshi surtma dorini keltiramiz:
Tarkib:
Mentolum
Oleum evkaliptum 10,0 dan
Vazelin 1000,0
Tayyorlanishi: suv hammomida vazelin eritiladi va issiq vazelinga /45-500 S/ mentol qo‘shiladi, erib ketgandan keyin evkaliptum moyi qo‘shiladi.
2. Suvda eriydigan dori moddalar kam miqdordagi suvda eritiladi. Atsidum nitrikum 10% surtmasini misol sifatida keltirish mumkin. Atsidum nitrikum 10% 1x dan surtma tayyorlash uchun, avval nitrat kislotasining 25% ligidan 10 qismi 15 qism tozalangan suv bilan aralashtiriladi. So‘ng tayyor bo‘lgan 1x dan 10 qism olib 9 qism lanolin va 81qism vazelin qo‘shiladi. Surtma yiringli yaralar, lishay, terini bichi-lishida ishlatiladi. Birlamchi gomeopatik tinktura va esensiyalardan emulsiya turidagi surtmalar tayyorlanadi. Buning uchun isitilgan hovonchada tinkturalarni spirti uchiriladi, keyin lanolin vazelinli asos qo‘shiladi.
3. Suvda ham, asosda ham erimaydigan dori moddalarni eritilgan asos-ning bir qismida dori modda yaxshilab eziladi, maydalanadi, chunki qancha qattiq dorivor modda mayda / kata-kichikligi mikronda o‘lchaniladi/ bo‘lsa shuncha surtmaning terapevtik ta’siri, faolligi yaxshi bo‘lishi ma’lum.
Misol tariqasida quyidagi gomeopatik surtmalarni keltirish mumkin:
1. Atsidum salitsilikum 3%
2. Atsidum benzoikum 2%
3. Grafites 1%
4. Sulfur sublimatum 10%
Shu surtmalarni tayyorlashda X1 DFdagi umumiy qoidalariga rioya qilamiz. Agar surtmada qattiq dori moddaning DMning konsentratsiyasi 5% dan kam bo‘lsa (1,2,3 misollar), unda Deryagin qoidasi bo‘yicha dori modda yarmicha asosga yaqin bironta suyuqlik bilan maydalanadi. Asos sifatida vazelin olsak, demak vazelin moyini olish mumkin. Salitsil kislota uchun 1,5g, benzoy kislota1g, grafitga- 0,5g yordamchi suyuqlik olinadi. Dori moddaning konsentratsiyasi 5% va undan yuqori bo‘lsa, u hovonchada eritilgan asosning ozgina qismi bilan maydalanadi.
|