• Vaziyatli masalalar
  • Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi




    Download 6,71 Mb.
    bet473/517
    Sana01.07.2021
    Hajmi6,71 Mb.
    #15312
    1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   517
    17-laboratoriya mashg’uloti.

    Mavzu: Yumshoq dori turlarini biosamaradorligini in vitro usulida aniqlash

    Mavzuni ahamiyati: Yumshoq dori turlaridan ta’sir etuvchi moddalarning biologik so‘rilish darajasini in vitro tajribalari yordamida aniqlash usullarini o‘zlashtirish. Yumshoq dori turlaridan ta’sir etuvchi moddalarning biologik so‘rilish darajasini in vitro tajribalari yordamida aniqlash usullarini moxiyatini tushuntirish.

    Vaziyatli masalalar:

    1. Lassar pastasini tayyorlashda farmatsevt xavonchada salitsil kislotani, rux oksidini va kraxmalni maydaladi, vazelin qo‘shib, yaxshilab aralashtirdi. Farmatsevtning xatosini ko‘rsating va to‘g‘ri variantni keltiring

    2. Farmatsevt shamchalarni juvalash usulida tayyorlashda kakao moyini eritdi va dori moddasini kiritib, shamcha massasini kerakli konsistensiyagacha sovutdi va shamchani juvaladi. Farmatsevtning shamcha tayyorlashdagi xatosini ko‘rsating va bunda shamcha samarasiga ta’sir etuvchi farmatsevtik omilni aniqlang

    3. Farmatsevt 10%li streptotsiya surtmasini vazelin asosida tayyorladi. U streptotsidni surtma asosi bilan maydalab aralashtirdi. Farmatsevt xatosini keltiring va streptotsid ajralish tezligiga ta’sirini ko‘rsating

    4. Vrach bemorga qo‘tirni davolash uchun 33%li oltingugurt surtmasini yozdi. Farmatsevt surtmani vazelin asosida tayyorladi. Uning xatosini ko‘rsating

    5. Bemor bexush xolatda. Vrach unga antibiotik buyurdi. Qo‘llash uchun eng to‘g‘ri dori shaklini tanlang

    6. Ona 1 yoshli bolasi bilan pediatrga murojaat qildi. Shu yoshdagi bola uchun to‘g‘ri keladigan va qulay dori shaklini tanlang

    7. Dori shakllari orasidan dori moddasini ajralish tezligi bo‘yicha ketma-ketligini aniqlang: kukun, mikstura, shamcha, in’eksion eritma, suspenziya

    8. Terapevtik samaradorlik tezligini pasayishi tartibida, quyidagi kiritish yo‘llarini joylashtiring: rektal, arteriya ichiga, vena orasiga, ingalyasion, oral

    9. Quyida keltirilgan preparatlardan suvda yaxshi eriydiganlarini tanlang: norsulfazol, norsulfazol-natriy, etazol, etazol-natriy, sulfapiridazin, sulfapiridazin-natriy, streptotsid, eruvchan streptotsid, eritromitsin, eritromitsin fosfat, barbital, barbital-natriy.

    10. Glyukoza eritmasi sterilizatsiyadan so‘ng rangsizligini sariq rangga o‘zgartirdi. Sababini keltiring



    Download 6,71 Mb.
    1   ...   469   470   471   472   473   474   475   476   ...   517




    Download 6,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi

    Download 6,71 Mb.