|
Toshkent farmatsevtika instituti dori turlari texnologiyasi kafedrasi maxsus dori turlari texnologiyasi
|
bet | 485/517 | Sana | 01.07.2021 | Hajmi | 6,71 Mb. | | #15312 |
1. Vazifa. Pedagogik texnologiyaning “klaster”, “elpig‘ich” usullaridan foydalanib “dorixonaning moddiy boyliklari” bog‘lamini yarating.
2. Vazifa. Kruvchinskiy usulini qo‘llab borat kislotani 10 % surtmasidan ajralib chiqish tezligiga asos ta’sirini o‘rganish
3.Vazifa. Olingan natijalar bo‘yicha jadvalni to‘ldirish va chizma chizib, xulosa qilish.
4.Vazifa. Agar-agar geliga diffuziya usuli bilan salitsil kislotani 5 % li surtmalarning biofaolligini baholash.
5.Vazifa. Dorivor moddaning 10 % borat kislota surtmasidan ajralib chiqish dinamikasiga yordamchi moddalar - asosning ta’sirini o‘rganish (Kruvchinskiy usuli bilan).
10 % borat kislotasining surtmasi vazelin, vazelin-lanolin (6:4), konsistent emulsion va PGSli emulsion asoslarda tayyorlanadi. Dori moddaning umumiy miqdori 5 % dan yuqori bo‘lganligi sababli, borat kislotasini maydalash uchun 1/2 qism eritilgan asos bilan 2 daqiqa davomida maydalanadi. So‘ng asosning qolgan qismi qo‘shiladi.
Aniqlash mohiyati: borat kislotasining ajralib chiqishi naychali dializ usulida yarim o‘tkazuvchan (sellofan) membranadan tozalangan suvga o‘tishi o‘rganiladi.Turli asoslarda tayyorlangan surtmalar 5,0 g dan tekis qilib sellofanga surtiladi va dializ nayiga mahkamlanadi.
|
| |